Ixtiyoriy (ko‘ngillilar) ijtimoiy yordam turi ixtiyoriy istak asosida amalga oshirilib, u nomoddiy tavsifga ega ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish shaklida namoyon bo‘ladi. Bu yerda ko‘ngillilarning mehnati va xizmatlaridan foydalaniladi. Ixtiyoriy yordam sub’yektlari sifatida ko'ngillilar - fuqarolarning o'zlari, nodavlat, jamiyat tashkilotlari yoki maxsus ko‘ngillilar guruhni tashkil etish, birgalikda yig‘ilib, biror-bir yaxshi ish qilish har bir jamoaning qo‘lidan kelishini unutmaslik lozim. Ko‘ngillilarning yordam ko‘rsatish ob’yektlari faqatgina kam ta’minlangan fuqarolardan iborat bo‘lmasligi mumkin. Ko‘pincha ular qatorida, o‘zining ijtimoiy mavqeyi va moddiy holatidan qat‘i nazar yordamga muhtoj bo‘lgan insonlarni uchratish mumkin. Yordam ko‘rsatish ob’yekti, uning shakli, miqdori, muddatlari va h.k.lar ko‘ngillilar tomonidan mustaqil belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |