6.2-jadval
Ijtimoiy sug‘urta tizimining taxminiy modeli
Majburiy ijtimoiy sug’urta
|
Ixtiyoriy (qo’shimcha)
|
Umumiy
|
Kasbiy (qo’shimcha, majburiy)
|
Hududiy (qo’shimcha, majburiy)
|
ijtimoiy sug’urta (jamoaviy va shaxsiy)
|
Pensiyalar kasalligiga ko‘ra tibbiy ishsizlik bo’yicha
|
Kasbiy (muddatidan oldin) pensiya
|
Hududiy (muddatidan avval) pensiyalar
|
Pensiyalar
|
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar
|
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar
|
Keksalar va nogironlarni parvarishlash
|
Tibbiy
|
Sug’urtalanuvchilar manfaatlarining bir xilligi va umumiyligi - umumiy qayta taqsimlashga erishishning asosiy shartidir. Shu sababli keng tarqalgan tizim aholining ko‘magi va roziligiga tayanadi, ijtimoiy boqimandalikning vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi, bu esa jamiyatda iqtisodiy barqarorlik va hamjihatlikka erishishga asoslanadi.
Ijtimoiy sug‘urta tizimini isloh qilishning yo‘nalishlaridan biri boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirish bilan bog‘liq. Ijtimoiy sug‘urta sohasida xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlarida me’yoriy, muvofiqlashtirish, metodologik va qayta sug‘urtalash funksiyalarini mustahkamlash, shuningdek, noyob diagnostik va tibbiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
Hududiy boshqaruv organlari vazifalari ijtimoiy sug‘urta faoliyatining tezkor faoliyati uchun shart-sharoit yaratishdir, bunga sug‘urta badallarini to‘plash, sug‘urtalanuvchilarga to‘lov va kompensatsiyalar berish, ijtimoiy va kasbiy xatar darajasini baholash, sug‘urtalash tariflariga qo‘shimcha va chegirmalar belgilash, tibbiy va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash kabilar kiradi.
Moliya sohasida markaz va hududlar vazifalarini muvofiqlashtirish quyidagi mexanizmlar yordamida ta’minlanishi mumkin: sug‘urta tariflari va qayta sug‘urtalashning bazaviy darajalarini belgilash, soliq chegirmalari nisbatlarini aniqlashtirish.
Ishchilar va ish beruvchilarning sug‘urta badallari (ish haqidan mahsulot tannarxiga kiritilgan ishchi kuchi haqining bir qismini to‘lash) zarur mahsulotning bir qismini tashkil etadi. Ya’ni, sug‘urta badallari soliq bo‘lmagan to‘lov turi
bo‘lib, davlat budjeti hisobidan moliyalanmaydi, muayyan ijtimoiy xatarlardan himoyalash maqsadlarigagina yo‘naltiriladi (ishsizlik, kasallik, keksalik, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa) va amalda bunday xatarlar kelib chiqqanda, xodimlar uchun o‘zgargan ish haqi vazifasini o‘taydi.
Ijtimoiy sug‘urtaning bunday ma’nosini qonunchilik orqali belgilab qo‘yilishi asosiy ijtimoiy sub’yektlar (ish beruvchilar va ishchilar)ning ijtimoy sug‘urtalashning tegishli fondlarini shakllantirishdan manfaatdorligini keskin oshirish imkonini beradi. Va aksincha, ijtimoiy sug‘uratalash fondlari moliyaviy manbalarining o‘z xususiyatlarga ega emasligi, davlat budjeti hisobidan shakllantirilishi (fondlarni shakllantirishga soliq yondashuvi) ijtimoiy sug‘urtaning tabiatiga zarar yetkazadi, mehnatga layoqatli aholini boqimandalarga aylantiradi, davlat esa “homiy”ga aylanadi. Bundan tashqari davlat ijtimoiy maqsadlarga mo‘ljallangan mablag‘larni boshqa maqsadlarga yo‘naltirish imkoniga ega bo‘ladi.
Bozor munosabatlariga o‘tish bilan ishlovchilarning ijtimoy sug‘urta fondlarini moliyalashda bevosita ishtirok etishi zarurligi ayon bo‘lib bormoqda. Bunda ishlovchilar va ish beruvchilarning ulushbay haq to‘lash tajribasi diqqatga loyiq. Mamlakatimiz va xorijiy mutaxassislar fikriga ko‘ra, bu chora jamoatchilik ongidagi ijtimoiy himoyaga “bepul” tizim degan qarashlarni jiddiy ravishda o‘zgartirish imkonini beradi. Bozor iqtisodiyotida ijtimoiy himoya mexanizmlarida faol shaxsiy ishtirok etish psixologiyasini shakllantirish va ijtimoiy sug‘urtalash fondlari mablag‘laridan foydalanish samaradorligini nazorat qilish zarurligi nuqtayi nazaridan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizning demografik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari pensiya sug‘urtasining aralash turidan foydalanish, bunda mablag‘larni qayta taqsimlash va kapitalizatsiya qilish usullaridan, shuningdek, aralash - imtiyozli pensiya ta’minoti (ish beruvchilar va davlat mablag'lari hisobidan) foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi.
Ijtimoiy sug‘urtaning muhim elementi ijtimoiy sug‘urtaning asosiy ob’yektlari mas’uliyatini qayta taqsimlash hisoblanadi. Shuni e’tiborga olish kerakki, 70 yil davomida biz to‘plagan davlatning ijtimoiy sug‘urtalash sohasidagi barqaror an’analar, aholining aksariyat qismi ish haqining past darajasi va odamlarning ijtimoiy adolat haqidagi tushunchasi moliyaviy taqsimlashning yangi nisbatlari qo‘llaniladigan ijtimoy sug‘urtaning yangi modeliga o‘tishni taqozo qiladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Ijtimoiy sug‘urta deganda nimani tushunasiz?
Ijtimoiy sug‘urtaning asosiy vazifalarini tushuntirib bering.
Ijtimoiy sug‘urtaning qanday turlari mavjud?
Sug‘urtaning qanday milliy modellarini bilasiz?
Sug‘urta tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari aytib bering?
7-bob. KAM TA’MINLANGAN OILALARNI IJTIMOIY
MUHOFAZA QILISH TIZIMI
Kam ta’minlanganlik: tushunchasi, mezoni va shakllari
Do'stlaringiz bilan baham: |