8-bob. XODIMLARNI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH MEXANIZMI
Xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishning mohiyati
Xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimi xodim hayotidagi zarur manfaatlar sohasi bo‘lib, uning miqdoriy va sifatiy tavsiflari davlat va jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va madaniy taraqqiyoti darajasi haqida dalolat beradi. Xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish huquqi - bu xalqaro hamjamiyatda tan olingan va davlat tomonidan kafolatlanadigan xodimning munosib hayot kechirishi uchun yetarli fiziologik, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatidir. Xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimi ko‘p jihatdan mamlakatdagi tartib, jamiyatdagi osayishtalik darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barqarorligi va dinamikasi bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |