O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi



Download 330,09 Kb.
bet83/163
Sana02.01.2022
Hajmi330,09 Kb.
#310300
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   163
Bog'liq
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish

Kam ta’minlanganlik jamiyatning katta qismi uchun xos bo‘lgan mo‘tadil turmush tarzini olib borish uchun moddiy boyliklarning yetishmasligi sababli yuzaga kelgan holatdir. Bu holat tuzilish, shakllari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan qat’i nazar barcha jamiyat uchun xosdir.

Kam ta’minlanganlikning sabablari, hajmi va shakllari har xil bo‘lib, ular quyidagicha:

  • kam ta’minlanganlikning (tirikchilik minimumining, ayniqsa, bozor

munosabatlari sharoitlarida) belgilangan chegarasi doimiy oshib borishi;

  • aholining turli qatlamlari uchun iste’mol narxlari o‘sishi tovonini to‘lash mexanizmining takomillashmaganligi;

  • aholining yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashuvi jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari;

  • shaxsning jamiyat ijtimoiy tarkibidagi o‘rni - insonning jamiyatning u yoki bu guruhiga (yoshi, ma’lumoti, kasbi, yashash joyi) mansubligi.

Kam ta’minlanganlikning qator mezonlari va ko‘rsatkichlari mavjud. Kam ta’minlanganlikning ko‘pchilik tashkilot va olimlar tomonidan qabul qilingan mezoni o‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad va tirikchilik minimumining o‘zaro nisbatidir (kamroq, teng, birmuncha yuqoriroq). Shuningdek, mamlakat bo‘yicha o‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad va o‘rtacha ish haqining o‘zaro nisbati ham mezon bo‘lishi mumkin. Kam ta’minlanganlarga o‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqining 1/3 qismidan kam bo‘lganlar kiritiladi. Bundan tashqari “kam ta’minlanganlik” tushunchasiga oila xarajatlarida oziq-ovqat mahsulotlariga sarflanadigan xarajatlar ulushi bo‘yicha ham aniqlik kiritish mumkin. Agar oziq-ovqatga xarajatlar 50 foizidan ortiqroq bo‘lsa, oilani kam ta’minlanganlar qatoriga kiritiladi (boy oilalarda bu miqdor 5-6 foizini tashkil qiladi).

Shuningdek, kam ta’minlanganlik darajasini daromadlarning aholi orasida taqsimlanishi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot miqdori, o‘lim, balog‘at yoshidagi aholining savodxonlik darajasi va kutilayotgan umrning davomiyligini tahlil qilib ko‘rish orqali ham aniqlash mumkin.

Mamlakatdagi kam ta’minlanganlik darajasining asosiy ko‘rsatkichi tirikchilik minimumidan past darajaga ega bo‘lgan aholining ulushi bilan hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich iste’mol tovarlari va xizmatlariga bo‘lgan narxlarning o‘sishi, inflatsiyaning umumiy darajasi, aholi daromadlari va xarajatlari tarkibining o‘zgarishi, majburiy to‘lovlar ulushining oshishiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Masalan, kommunal xizmatlarining to‘liq to‘loviga o‘tish oila budjetida to‘lovlar ulushining o‘sishiga, aksincha, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga sarf qilinuvchi mablag‘lar ulushining pasayishiga olib keladi.

Kam ta’minlanganlikning asosiy sabablaridan biri shaxsning jamiyat ijtimoiy tarkibidagi o‘rnidir. Gap shundaki, aholining qator guruhlari ijtimoiy jihatdan zaif himoyalangan hisoblanadi va kam ta’minlanganlikning asosini tashkil qiladi. Bular nafaqaxo‘rlar, pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz onalar, bevalar, yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar, qochoqlar va majburiy migrantlardir. Ulardan tashqari kam ta’minlanganlarning katta qismini ishsizlar, to‘liqsiz ish kunida band bo‘lganlar yoki majburiy ta’tildagi xodimlar, ish haqi bo‘yicha qarzi bor, moliyaviy jihatdan nochor korxonalar va inqirozga uchragan korxonalarning ishchilari va xizmatchilari kabi guruhlar tashkil qiladi. O‘quvchi yoshlar ham qisman kam ta’minlanganlar guruhiga kiradi.

Kam ta’minlanganlikning tabiiy holatini ko‘p bolali, to’liqsiz oilalar, uzoqqa cho‘zilgan kasallik sababli kambag‘allashgan, tabiiy ofatlar tufayli mulkini yo‘qotgan shaxslar, moslashuvi qiyinlashgan shaxslar (aroqxo’r, narkomanlar, qamoqdagilar va jazo muddatini o‘tab bo‘lganlar) guruhi tashkil qiladi.

Kambag‘al bo‘lib qolishning eng kam xavfi oilada jon boshiga to‘g‘ri keladigan yuqori daromadga ega shaxslar, poytaxt markazida yashovchi guruhlar, rahbarlar, xususiy sektorda ishlovchilar, mehnat bozorida talabga ega ixtisosliklar bo‘yicha oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumotga ega shaxslar va mehnatga kirishayotgan 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlarda (katta yoshdagi xodimlarga qaraganda joy topish osonroq) kuzatiladi.

Kam ta’minlanganlik ko‘p darajali hodisa hisoblanib, uning mohiyati faqatgina daromadlar yoki iste’moldan iborat bo‘lib qolmaydi. Agar inson taraqqiyoti uning munosib va sog‘lom turmush kechirish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo‘lsa, unda bu ma’noda kam ta’minlanganlik bunday imkoniyatlarning yo‘qligi yoki jiddiy cheklanganligidir.

Kam ta’minlanganlik insondagi uchta asosiy yo‘nalish, ya’ni sog‘liq (uzoq umr ko‘rish orqali), bilim va yashash sharoitlari bo‘yicha yetishmovchiliklarning turli jihatlarida aks etadi va bu maxsus ko‘rsatkich kambag‘allik indeksi orqali topiladi. Qayd qilish kerakki, kambag‘allik indeksi daromadlarning iste’molga nisbati bo‘yicha aniqlanadi. BMT sutkasiga 1 yoki 2 AQSH dollaridan kam daromad bilan yashovchi aholini kambag‘allar guruhiga kiritadi.

Bundan tashqari kam ta’minlanganlikni baholashda uy xo‘jaliklarining tekshiruv ma’lumotlariga ham asoslaniladi. Bu tekshiruvlar har yili o‘tkazilishi va unda 10000 uy xo‘jaligidagi reprezentativ tanlovni qamrab olishi lozim. Kam ta’minlanganlikning oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli bo‘yicha chegarasini belgilashda aholi jon boshiga sutkasiga 2101 kilokaloriya iste’molga xarajatlar qiymati bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Bu chegaradan pastroq xarajatlarning o‘rtacha darajasiga ega bo‘lgan uy xo‘jaliklari kam ta’minlanganlar kategoriyasiga kiritiladi. Uy xo‘jaliklaridagi iste’mol qiymatini aniqlash paytida oilaviy xarajatlarning bir maromdaligi, shu bilan birga, bevosita uy xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulot iste’moli ham hisobga olinadi.

Kam ta’minlanganlar toifasiga kiritilgan uy xo‘jaliklarida bu holatga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar qatoriga quyidagilar kiradi:

  • aholining qishloq joylarida istiqomat qilishi;

  • 16 yoshgacha bo’lgan bolalar soni uch yoki undan ortiq bo’lgan oilalarning mavjudligi;

  • oila boshliqlarining o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lganligi.

Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ish bilan bandlik har doim ham kam ta’minlanganlikdan xalos bo‘lishga yordam bermaydi. Ya’ni iste’mol uchun kam xarajatlarga ega uy xo‘jaliklarining katta qismi (50 foiz atrofida) budjet sohasida ishlovchi xodimlarga, korxonalarning kam haq to‘lanuvchi xodimlariga to‘g‘ri keladi. Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan xodimlarda kam ta’minlanganlikka uchrash ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Aholining ko‘pchilik toifalari uchun kam ta’minlanganlik muammosini mustaqil ravishda hal qilib bo‘lmaydi, chunki aholining bir qismi ijtimoiy qabul qilmaslikning alohida zonasiga tushib qoladi. Shu bilan birga, bozor kimlarnidir oldinga chiqib ketishiga imkon bersa, boshqalarni hamma narsadan mahrum qiladi.

Kam ta’minlanganlikni davlat siyosatining quyidagi tamoyillariga tayangan holda bartaraf etish mumkin: halol, yaxshi haq to‘lanuvchi mehnat uchun keng imkoniyatlar yaratish va mehnatga layoqatli fuqarolarni o‘zini o‘zi mehnati bilan faol mustaqil ta’minlashga rag‘batlantirish.

Kambag‘allik bilan kurashish va uning oldini olish bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilishi mumkin:

  • alohida xodim va umuman, aholining turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy choralar (bu daromadlar, bandlik siyosati, investitsiya, soliq, manzilli ijtimoiy yordam);

  • ob’yektiv ravishda turli xavflardan aholini himoya qilish (mehnatga layoqatning yo‘qotilishi, kasallik, nogironlik, ishsizlik, qarilik, o‘lim, boquvchisini yo‘qotish) va bolalarga nafaqalar, aholining alohida guruhlariga imtiyozlar berish tizimining samaradorligini oshirish;

  • ijtimoiy yordam tizimini takomillashtirish (moddiy yoki tibbiy yordam, bepul ovqatlanish, nogironlar huquqlarini himoya qilish, uyda, kunduzgi muassasalarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, muhtojlarga uy-joy taqdim qilish).

Ta’kildash lozimki, kam ta’minlanganlarga to‘lov ko‘rinishida yordam ko‘rsatish ish haqining rag‘batlantiruvchi vazifasining pasayishiga olib keladi, boqimandalik kayfiyatining rivojlanishi, ish bilan bandlik tarkibining yomonlashuvi o‘z ahvolini yaxshilashga intilishdan to‘la mahrum bo‘lgan odamlarning paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi. Shuning uchun ijtimoiy himoyaning faol siyosati asosiy vazifasi qiyin vaziyatda qolganlarga bevosita yordam ko‘rsatishdan ham ko‘ra, bunday vaziyatga tushib qolish xavfini qisqartirish, aholining bozor sharoitlariga ijtimoiy moslashuvi, ijtimoiy barqarorlik, ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, hududiy ijtimoiy dasturlar ishlab chiqishdan iborat.

Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hududiy manzilli dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularda quyidagilar nazarda tutilgan:

  1. muayyan mehnat turlari bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga ularning oilalarini yetarli darajada ta’minlash imkonini beradigan, tijorat banklarining imtiyozli foizi stavkasi bo‘yicha quyidagi maqsadlarga mikrokreditlar taqdim etish:

  • hunarmandchilik faoliyati uchun tikuv mashinalari, gazlamalar va sarflanadigan materiallar, anjomlar, mustaqil shug‘ullanishni ta’minlash uchun maishiy texnika, kompyuter va boshqa texnikani, shuningdek, turli asboblarni sotib olish;

  • shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish (kichik issiqxonalarni tashkil etish, chorva mollari, parrandalarni sotib olish, qo‘ralar va parrandaxonalarni qurish, bog‘dorchilik anjomlari va asbob-uskunalarini sotib olish), turar joylarni ta’mirlash;


  1. Download 330,09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish