O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi



Download 330,09 Kb.
bet14/163
Sana02.01.2022
Hajmi330,09 Kb.
#310300
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163
Bog'liq
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish

1.1-jadval

Ijtimoiy muhofazaning asosiy shakllari

Tashkiliy-huquqiy shakllar tavsifi

Ijtimoiy muhofazaning asosiy shakllari

Shaxsiy o'zini-o'zi himoyalash

Ijtimoiy xayriya tadbirlari

Ijtimoiy hamjihatlik

Davlat ijtimoiy ta’minoti va yordami

Ijtimoiy himoyaning firma (korxona) tizimlari

Tashkillashtirish tamoyillari

Fuqarolarning o'zining moddiy farovonligi uchun javobgarligi

Jamiyatning muhtoj qatlamlariga yordam ko'rsatishda ishtirok etish

Hamjihatlikda o'z- o'zini himoyalashda ijtimoiy hamkorlik

Davlatning davlat xizmatchilari va aholining kam ta’minlangan qatlamlari oldidagi javobgarligi

Korxona ishchilarini ijtimoiy himoyalashda ishchi va ish beruvchilarning ijtimoiy hamkorligi

Tashkillashtirish shakllari

Shaxsiy daromad va jamg'armalar, shu jumladan, ko'chmas mulk sotib olish, shaxsiy sug'urta

Xayriya tashkilot va muassasalari

Majburiy va ixtiyoriy ijtimoiy (jamoaviy) sug'urta

Ijtimoiy kam daromadli toifalar uchun davlat yordami shakllari

Korxona xodimlari uchun firma yordami shakllari

To’lov va xizmat turlari

Turar joy, tibbiy xizmat, ovqatlanish va boshqa kundalik ehtiyoj uchun to'lovlar

Tekin ovqatlanish, qariyalarni parvarishlash

Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davrida yordam puli, nafaqalar, tibbiy yordam

Nafaqa, pensiya, tibbiy davolanish

Ishga borish uchun transportda yurish, davolanish va reabilitatsiya xizmatlari uchun haq to'lash

Moliyaviy manbalar

Oylik maosh, xizmat puli, shaxsiy jamg'armalar, tadbirkorlik faoliyatidagi daromadlar, qimmatbaho qog'oz va ko'chmas mulkdan olinadigan foyda

Xususiy va yuridik shaxslarning ehsonlari, fuqarolarning xayriya tadbirlari

Ijtimoiy sug'urta jamg'armalariga majburiy sug'urta to'lovlari (badallari)

Budjet, shu jumladan, munitsipal manbalar (o'z-o'zini boshqarish organlari manbalari)

Korxona va tashkilotlarning daromadlari

Huquqiy ta’minot

Fuqarolik-huquqiy qonunchilik

Ijtimoiy himoya sohasidagi qonunlar

  1. Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy yordam. Ijtimoiy ta’minot jamiyatning mehnatga layoqatsiz a’zolari: qariyalar, nogironlar, boquvchisini yo‘qotganlar, bolalarni saqlab turishga yo‘naltirilgan.

Ushbu saqlab turish qonunga muvofiq ikkita manbadan: budjet va ijtimoiy sug‘urta fondlari hisobidan amalga oshiriladi. Budjet hisobidan majburiy tartibda sug‘urtalanmagan mehnatga layoqatsiz toifalar (mehnat stajiga ega bo‘lmagan qariyalar, bolalar va b.) yoki mehnat faoliyatining kasbiy xususiyatiga ega bo‘lganlar (harbiy xizmatchilar va ularga tenglashtirilgan toifalar, davlat xizmatchilari, chernobilchilar va b.) ta’minlanadi. Sug‘urta mablag‘lari hisobidan mehnat pensiyalari va sug‘urtalanganlar uchun nafaqalar to‘lanadi, odatda, bu yollanma xodimlar. Budjet hisobidan ijtimoiy ta’minot tizimiga qariyalar, nogironlar, bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ham kiradi: qariyalar va nogironlar uylari, reabilitatsiya markazlari, tibbiy xizmatlar, protezlash, bepul dori-darmonlar.

Ijtimoiy yordam doimiy xususiyatga ega emas va ijtimoiy qo‘llab- quvvatlashga muhtoj bo‘lgan barcha shaxslarga amal qilmaydi. U o‘ta aniq, vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lib, qonunda belgilangan belgilar yig‘indisini nazarda tutishi mumkin: ariza berilishini hamda muhtojlik, daromadlar va mol- mulk miqdorining tekshirilishini ko‘zda tutadi; insonlarga fuqaroning hayot- faoliyatini ob’yektiv tarzda buzuvchi inqirozli (kam ta’minlanganlik, nazoratsizlik, ishlashga layoqatsizlik, doimiy yashash joyining yo‘qligi, oiladagi nizolar, yolg‘izlik va doimiy parvarishga bo‘lgan ehtiyoj va h.k.) vaziyatda ko‘rsatiladi.

  1. Ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklik. Barcha darajadagi jamoaviy shartnomalar majmuyi (bosh, tarmoq, hududiy kelishuvlar, muayyan korxonalardagi jamoa shartnomalari) xodimlar va ularning oila a’zolarini davlat darajasida nazarda tutilgan ijtimoiy kafolatlardan tashqari ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish imkonini beradi.

  2. Ijtimoiy-mehnat qonunchiligining to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilish me’yorlari. Ushbu me’yorlar, asosan, mehnat huquqlarini himoya qilish: ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, ish vaqtining rejimi, mehnatga haq to‘lashning ayrim bo‘limlari bilan bog‘liq.

Ushbu sohadagi eng muhim qonunchilik manbayi Mehnat kodeksi hisoblanadi. Lekin ijtimoiy himoya bo‘limlarining kombinatsiyasi ushbu bo‘limlarning uyg‘unlashuvi va o‘zaro bo‘ysunishi qanaqa bo‘lishidan qat’i nazar muayyan iste’molchilar uchun uchta shaklda amalga oshiriladi: naqd va naqdsiz pulli to‘lovlar (ijtimoiy transfertlar, subsidiyalar, dotatsiyalar va turli xildagi imtiyozlar); natural tushumlar (oshxonada bepul ovqatlanish, sanoat tovarlarini tarqatish, vaqtinchalik uy-joy, protezlar va h.k.); bepul va imtiyozli xizmatlar (birinchi galda ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va h.k.). Eng asosiysi, aholi davlat himoyasidan o‘zini o‘zi himoya qilishga o‘tishga qodir bo’lishi kerak: ana shunda mutlaq bitta shakl - o’zini o‘zi ta’minlash uchun mehnat qilish orqali va tadbirkorlik yo‘li bilan ishlab topilgan daromad ustunlik qiladi.

Ijtimoiy himoyaning innovatsion shakllari jumlasiga quyidagi yangi bazaviy standartlarning o‘rnatilishini kiritish mumkin: eng kam va o‘rtacha ish haqi, pensiyalar, ijtimoiy to‘lovlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash xarajatlarining ulushi. Ijtimoiy siyosatning asosida qulay hayot kechirish uchun yetarli bo‘lgan yashash uchun zarur mablag‘larning eng kam budjeti emas, balki uning qulay hayot kechirish uchun yetarli bo‘lgan oqilona budjeti yotishi kerak. Eng kam ish haqi rasmiy-statistik ko‘rsatkichdan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga real ta’sir etish vositasiga aylanishi darkor. Bugungi kunda u o‘z ahamiyatini yo‘qotgan va mavhum kattalik hisoblanadi, uning tovarlar va xizmatlar bozoridagi mavjud iste’mol tavsiflariga hech qanday aloqasi yo‘q. U kamida yashash uchun zarur mablag‘larning eng kam miqdoriga mos kelishi, doimiy ravishda o‘sishni nazarda tutishi va albatta, indeksatsiya qilinishi kerak.

Pensiyalarning yetarli darajasi insonlarni iqtisodiy ta’minlashning muhim muammosi hisoblanadi. Eng kam pensiyaning pensionerning yashash uchun zarur mablag‘larning eng kam miqdoriga barqaror nisbatini ta’minlash muhim rol o‘ynaydi. O‘rtacha ish haqining o‘sishi va Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari tushumining ortishiga qarab pensiyalarni doimiy indeksatsiyalash amalga oshiriladi. Biroq oylik pensiyalar o‘rtacha miqdorining pensionerning yashash uchun zarur mablag‘larning eng kam miqdori va hisoblab yozilgan ish haqining o‘rtacha miqdoriga nisbati pasayib bormoqda.

Ijtimoiy himoyaning innovatsion shakllari jumlasiga yana muassasalar, bo‘limlar, ijtimoiy xizmatning yangi turlari (ijtimoiy-sog‘lomlashtirish, ijtimoiy- reabilitatsiya bo‘limlari, gerontologik markazlar, ijtimoiy taksilar, sensor xonalar va h.k.) ham kiradi.

Rejalashtirish va maqsadni belgilash; tuzish, tahlil qilish va tuzatishlar kiritish; yakuniy hisobga olish, nazorat va boshqa usullardan foydalangan holda mijozlar soni, ularning toifalari, tadqiqot o‘tkazilayotgan davrda amal qilib turgan qonun hujjatlariga muvofiq bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi va assortimentini prognoz qilish; ijtimoiy xizmatlarning potensial iste’molchilari va ehtimoliy raqiblar to‘g‘risida axborot yig‘ish amalga oshiriladi.

Bozor munosabatlariga o‘tish, iqtisodiy va ijtimoiy qayta qurishlar ijtimoiy himoya tizimining sezilarli o‘zgarishiga sabab bo‘lib, kambag‘allik muammosini o‘zgacha tus olishi va davlat budjetiga bo‘lgan bosimning kuchayishiga olib keladi. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarning budjet taqchilligi ijtimoiy xarajatlarning qisqarishi, jamoat sektorining kam ta’minlangan fuqarolarni qo‘llab quvvatlashda bo‘lgan ishtiroklarining zaiflashishiga sabab bo‘ladi. Natijada hukumatda o‘ziga xos “chuqurlar” paydo bo‘lib, ularni nodavlat, jamoat, xayriya tashkilotlari yordamida to‘ldirish mumkin.

Ijtimoiy himoyaning nodavlat shakllari har bir jamiyatda mavjud bo‘lgan hukumat va fuqarolar o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, qaysidir ma’noda ijtimoiy siyosat, davlat boshqaruvi, budjet taqchilligi, jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlariga zid ravishda hukumat xarajatlarini o‘stirishga bo‘lgan harakatlardagi turli yetishmovchiliklarni to‘ldirib boradi.

Nodavlat notijorat tashkilotlar o‘ziga xos bir qator belgilarga ega. Masalan, ular ma’lum bir jamiyat ehtiyojini qondirish uchun jamoaviy faoliyatga, quyidan bo‘lgan ta’sir natijasida, ommaviy aholi qatlamini jalb qilish orqali vujudga keladigan nodavlat tizimlarga mansubdir. Moliyalashtirish manbalarining ko‘pligi ularda hukumat va tijorat sektoriga qaram bo‘lmaslik imkoniyatini paydo qiladi.

Bundan tashqari erkin harakat qilish holati bo‘yicha ular bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, bu ularga hukumat yoki biznes vakillari tomonidan fuqarolarning u yoki bu qiziqishlari va huquqlari bo‘yicha qo‘yilgan cheklovlarni bartaraf etish imkoniyatini beradi.

Notijorat tashkilotlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan eng muhimi o‘z daromadini maksimallashtirish maqsadining yo‘qligidadir, olinayotgan daromad mazkur tashkilotlarning o‘z ustavi bilan belgilagan maqsadlariga erishish, ya’ni, jamoaviy, siyosiy, xayriya, madaniy va boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi. Barcha noiqtisodiy manfaatlar aholi guruhlari, jamoaviy harakatlar manfaatlari bilan birlashib ketgan bo‘lib, bu holatni demokratiyaning bir unsurining himoya qilinishi sifatida baholash mumkin. Moliyaviy manbalarni uchta asosiy guruhga ajratish mumkin: tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar; xayriya (sovg‘a yoki vasiyatlar); grantlar; tashkilotchi va tashkilot a’zolarining badallari; bundan tashqari yana budjet manbasini ham aytib o‘tish mumkin bo‘lib, odatda, mazkur manba budjet ijtimoiy dasturlari, ijtimoiy buyurtmaning moliyalashtirilishida namoyon bo’lib, bu yerda mazkur loyihani amalga oshiruvchi - moliyalashtirish manbayi sifatida namoyon bo‘ladi.

Nodavlat-notijorat tashkilotlarining faoliyati ko‘pincha ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Mazkur turdagi tashkilotlarda faoliyat olib boruvchi ko‘ngillilar harakati ko‘pgina Yevropa mamlakatlari va AQSHda o‘ziga xos o‘ringa ega. Ko‘ngillilar qatlami turlicha: pensionerlar, yoshlar o‘zlarining shaxsiy vaqtlarining bir qismini jamiyat qiziqishlari uchun sarf etadilar. Bundan tashqari Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya va boshqa bir qator mamlakatlarda ko‘ngillilar ishtirokida turli xayriya maqsadlari uchun katta miqyosdagi tadbirlar o‘tkazish orqali mablag‘lar yig‘iladi.

Aholini ijtimoiy himoya qilishning quyidagi nodavlat shakllari mavjud: shaxsiy xayriya, korporativ ijtimoiy yordam; institutsional xayriya; ixtiyoriy yordam; xalqaro (gumanitar yordam).

Ijtimoiy himoyaning eng qadimiy nodavlat shakllaridan biri bu shaxsiy xayriyadir. Uning chegaralari insonning butun umri davomida bir marotaba qilgan ehsonidan tortib, insonning hayot tarzini aks ettiruvchi xususiy, avlodlar nomini ulug‘lovchi xayriya fondlarigacha belgilangandir. Yordam ko‘rsatish sub’yektlari: xayriya qiluvchi fuqarolar, shaxslar. Ushbu yordam sub’yektiv ahamiyatga ega bo‘lib, xayr-saxovat harakatini namoyon etuvchi individ yondashuviga bog‘liq. Mazkur holat har doim ham ochiq namoyon bo‘lmaydi, u haqida faqatgina yordam ko‘rsatuvchi sub’yektning o‘zi yoki yordam ko‘rsatiluvchi ob’yektgina bilishi mumkin, xolos, shuning uchun bu holatni aniq hisob-kitob qilish imkoniyati mavjud emas. Xayriya yordami ko‘rsatish sabablari ham turli - tuman ko‘rinishga ega bo‘lib, ularning asosida yaqin kishisiga yordam ko‘rsatish, o‘z gunohlarini “yuvish”ga bo‘lgan harakatlar kabi diniy sabablar yoki achinish, savob ishlar qilish va shunga o‘xshash bo‘lgan boshqa istaklar sabab bo‘lishi mumkin. Shaxsiy xayriyaning iqtisodiy asosi sifatida individning shaxsiy resurslari namoyon bo‘ladi.


Download 330,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish