O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi



Download 330,09 Kb.
bet13/163
Sana02.01.2022
Hajmi330,09 Kb.
#310300
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163
Bog'liq
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish

Siyosiy funksiya davlatga ijtimoiy himoyalashga xos bo‘lgan vositalar bilan ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish imkonini beradi. Jamiyatdagi ijtimoiy osoyishtalikning holati ijtimoiy ta’minot o‘zining siyosiy funksiyasini qanchalik samarali bajarishiga bog‘liq.

  • Demografik funksiya ijtimoiy himoya tizimining ko‘plab demografik jarayonlarga: aholi umr ko‘rishning uzunligiga, aholining takror barpo bo‘lishiga, tug‘ilishni rag‘batlantirishga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Pensiya ta’minotining o‘ta past darajasi keksaygan shaxslar o‘limi sonining ortishiga olib kelishi muqarrar. Bolali oilalarga ijtimoiy yordam samarali tizimining mavjud emasligi, so‘zsiz, mamlakatda tug‘ilish darajasini pasaytiradi.

      1. Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning asosiy shakllari

    Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning samarali tizimini faqatgina uning turlari hamda ko‘p sub’yektli tashkiliy-huquqiy shakllarini uyg‘unlashtirish, undagi ishchi, ish beruvchi va fuqarolar (fuqarolik jamiyatidagi o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmalarini tashkil etgan), shuningdek, davlat hokimiyati organlarining faol va mas’uliyatli ishtiroklari asosida shakllantirish mumkin (1.1-jadval).

    Aholini ijtimoiy muhofaza qilish shakllari an’anaviy va innovatsion turlarga bo‘linadi.

    Ijtimoiy muhofazaning an’anaviy shakllari jumlasiga quyidagilar kiradi:

    1. Aholi daromadlarini indeksatsiyalash. Bunda narxlarning o‘sishi munosabati bilan aholining asosiy real daromadlari (ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar)ni oshirish choralari tushuniladi.

    2. Daromadlar bo‘yicha eng kam ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash. Ular ichida eng asosiysi yashash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning eng kam miqdori hisoblanadi.

    3. Davlatning minimal standartlari va normativlari yordamida ijtimoiy sohani tartibga solish. Bunda birinchi galda budjetdan ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy, mehnatga layoqatsiz aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va h.k. sohalarga mablag‘lar ajratish tushuniladi.

    4. Imtiyozlar (chegirmalar va subsidiyalar) berish. Umumiy amal qiluvchi tartib bilan solishtirilganda aholining alohida guruhiga amal qiladigan ustunlik imtiyoz deb nomlanadi. Imtiyozning tub muammosi uning moliyaviy ta’minlanmaganligidir, shuning uchun hozirgi vaqtda imtiyozlarni manzilli subsidiyalar shakliga o‘tkazish tendensiyasi ko‘rib chiqilmoqda. Ana shunday subsidiyalarning asosiy turlaridan biri uy-joy subsidiyasi bo‘lib, u jamiyatning kam ta’minlangan qatlamlariga o‘sib borayotgan turar joy haqi yukini pasaytirishga yo‘naltirilgan.

    5. Narxlarga dotatsiyalarni belgilash, iste’mol narxlarini davlat tomonidan tartibga solish. Umumdavlat miqyosida narxlarning tor doirasi, asosan, davlat mulki hisoblangan tabiiy monopoliyalar va sektorlar (gaz, elektr energiyasi, xalqaro tashuvlar, aloqa) faoliyati bilan bog‘liq narxlar tartibga solinadi. Mahalliy miqyosda uy-joyni saqlab turish, shahar transporti, dori-darmonlarning ayrim turlari va eng zarur mahsulotlar narxlari tartibga solinadi.

    6. Majburiy ijtimoiy sug‘urtalash. Jamiyatning ishlovchi a’zolariga amal qiladi, unda uchta tomon ishtirok etadi: ish beruvchi, xodim, davlat. Tizimning vazifasi qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra mehnat qobiliyati va ish haqi yo‘qotilgan hollarda (qarilik, kasallik, jarohatlanish, ishsizlik) turmush darajasini saqlab turishdan iborat.


    Download 330,09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish