1.1 Imij tushunchasi axamiyati va yaratilish texnalogiyalari
О‘zbekiston xalqaro maydonda о‘z nufuzini yuksaltirish yо‘lidan bormoqda. Mamlakatimiz izchillik bilan islohotlarni amalga oshirar ekan, milliy reytingimizni belgilayotgan agentliklar ularni munosib baholamoqda.
Avvalo, reyting nima uchun kerak, degan tabiiy savol tug‘iladi. Reyting turlicha bо‘lishi mumkin, biznes reytingi, investitsiyaviy jozibadorlik reytingi va boshqalar. Har qanday davlat reytinglarda ishtirok etsa va u yuqori о‘rinda bо‘lsa, bu ushbu davlatning ochiqligi, shaffofligi hamda iqtisodiy salohiyatini namoyon etadi. Shundan kelib chiqib aytish kerakki, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash uchun keng kо‘lamli islohotlar olib borayotgan va rivojlanish pallasida bо‘lgan davlatlar, albatta, reytinglarda munosib о‘rinlarni egallashga intilishi tabiiy. Negaki, bugungi zamonaviy dunyoda hamkorlik о‘rnatish istagida bо‘lgan davlatlar va tashkilotlar umume’tirof etilgan reytinglarga, albatta, e’tibor qaratadi.
Bugun О‘zbekiston ochiqlik siyosatini olib borishi natijasida xalqaro maydonda о‘z obrо‘-e’tiborini mustahkamlab bormoqda. Bu, avvalo, qо‘shni davlatlar va nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyati, shuningdek, davlat organlarining xalq manfaatlarini tо‘la ifoda etishiga qaratilayotgan e’tiborning samarasidir.
Sо‘nggi qisqa vaqt mobaynida mamlakatimizda amalga oshirilgan inson huquqlarini ta’minlash, sо‘z erkinligi, biznes yuritishda yengillik va imtiyozlar berish, korrupsiyani batamom tugatish borasidagi islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etildi. Natijada О‘zbekiston xalqaro reytinglarda yuqori о‘rinlarga kо‘tarilib, о‘z ijobiy imijini yaxshilab bormoqda. Dunyo mamlakatlari, xalqaro tashkilotlar va investorlar mamlakatimizga istiqbolli hamkor sifatida munosabat bildirmoqda. Oddiy aytganda, О‘zbekiston xorijiy arenada ishonchli hamkor qiyofasida namoyon bо‘lyapti. Lekin, ishonch bilan aytish kerakki, mamlakatimiz bundan-da yuqori kо‘rsatkichlarni qayd etishga qodir.
Ma’lumotlarga kо‘ra, davlatlar mavqeini belgilab beradigan 100 dan ortiq xalqaro reyting va indekslar bor. Ming afsuski, ba’zi bir reytinglarda umuman о‘ringa ega emasmiz yoki quyi pog‘onalardan о‘rin olganmiz. Sabab esa bu borada tizim va faoliyat olib boruvchi organ bо‘lmagan. Aslida о‘sha reytingda bizning real holatimiz yuqori о‘rinni egallashga munosib bо‘lishi mumkin.
Mamlakatning xalqaro ijobiy imiji milliy manfaatlarni samarali ilgari surishning asosiy omili va davlat farovonligini yuksaltirish hamda barqaror rivojlanish, milliy iqtisodiyotning jahon miqyosida raqobatbardoshligini oshirish bilan bog‘liq bо‘lgan strategik masalalarini hal etishdagi eng muhim shartlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |