Quyi keng unlilar tavsifi
A unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (ari), o‘rtasida (daftar) va so‘z oxirida (qora) keladi.
2) q, x, g` tovushlaridan keyin kelganda til orqaroq - orqa qator unlisi kabi talaffuz qilinadi: qaxr, g`azab, xabar.
3) ba’zi so‘zlarda sheva ta’sirida o tovush kabi aytiladi: baho – boho, shavla – shovla. Adabiy tilda a tarzida talaffuz etiladi.
O unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (olim), o‘rtasida (toza) va so‘z oxirida (bobo) keladi.
7-ma’ruza:Undosh tovushlar tasnifi
Reja:
Undoshlar haqida ma’lumot.
2. Undosh tovushlar tasnifi
a) Undosh tovushlarning hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra tasniflanishi
b) Undosh tovushlarning hosil bo‘lish usuliga ko‘ra tasniflanishi
s) Undosh tovushlarning ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra tasniflanishi
Foydalangan va mustaqil o‘qishga tavsiya etilayotgan adabiyotlar: 1,2,3,4,5,6 va boshqalar.
Undosh tovushlar tizimi tilda konsonantizm deb yuritiladi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 24 ta undosh tovush mavjud: b, v, g, d, j (jurnal so‘zidagi birinchi tovush), dj (joy, jiyda kabi so‘zlardagi birinchi tovush), z, y, k, l, m, n, ng (tong so‘zidagi oxirgi tovush), p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g`, h. Sirg`aluvchi j, f tojik va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarda keladi: foyda, oftob, fabrika, tafakkur, jurnal, ajdar. Undoshlar ham uch tomondan tasnif qilinadi:
1. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra undosh tovushlar uch asosiy guruhga bo‘linadi:
1) lab undoshlari bevosita lablar ishtirokida hosil bo‘luvchi tovushlar bo‘lib,
ularga b, p, m, v, f undoshlari kiradi.
Lab undoshlarining ba’zilari ikki lab orasida paydo bo‘ladi: ba’zilari esa (masalan, avtobus, avtor, vagon, virus, passiv kabi so‘zlardagi v; telefon, kefir, fabrika, fakt, fazo, farmon, fason kabi so‘zlardagi f) pastki lab bilan ustki tishlar orasida hosil bo‘ladi. SHunga ko‘ra lab undoshlarini ikki turga bo‘lish mumkin:
a) lab-lab undoshlari: b, m, p;
b) lab-tish undoshi: v, f.
2) til undoshlari bevosita til ishtirokida hosil bo‘luvchi tovushlar bo‘lib, ularga quyidagi tovushlar kiradi: g, d, j (jyuri so‘zidagi kabi), dj (jiyda so‘zidagi kabi), z, y, k, l, n, ng (ong), r, s, t, x, ch, sh, q, g` (jami 18 ta).
Undoshlar tilning qaysi qismida hosil bo‘lishiga ko‘ra ham bir-biridan farq qiladi: t, d, n kabi tovushlar tilning old qismi bilan tish va milk orasida; k, g kabi undoshlar tilning orqa qismi bilan qattiq tanglayning orqa qismi orasida; y undoshi tilning o‘rta qismi bilan qattiq tanglayning orqa qismi orasida; q, g` tovushlari esa til ildizi bilan yumshoq tanglayning orqa qismi orasida (bo‘g`izga yaqin joyda) hosil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, til undoshlari o‘z navbatida 4 guruhga bo‘linadi.
a) til oldi undoshlari: d, j (jurnal),dj (jahon), z, l, n, r, s, t, ch, sh (jami 11 ta );
b) til o‘rta undoshi: y;
v) til orqa undoshlari: k, g, ng (jang);
g) chuqur til orqa undoshlari: q, g`, x.
Do'stlaringiz bilan baham: |