O’zbеkistоn хаlq tа’limi vаzirligi


-ma’ruza: Unli va undosh tovushlarning o‘zaro munosabati



Download 1,67 Mb.
bet96/145
Sana21.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#31650
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   145
Bog'liq
Она тили ва адаб. УМК

6-ma’ruza: Unli va undosh tovushlarning o‘zaro munosabati.
Unli tovushlar tasnifi va tavsifi


Reja:
1.Unli va undosh tovushlarning farqli tomonlari
2. Unli tovushlar tasnifi
3. Unli tovushlar tavsifi
Foydalangan va mustaqil o‘qishga tavsiya etilayotgan adabiyotlar:1,2,3,4,5,6 va boshqalar.

Nutq tovushlari ikki xil: unli tovushlar, undosh tovushlar. Bular quyidagicha farqlanadi: 1) unli tovushlar hosil bo‘lishida o‘pkadan chiqayotgan havo og`iz bo‘shlig`ida hech qanday to‘siqqa uchramasdan o‘tadi, undosh tovushlarni hosil qilishda esa o‘pkadan chiqayotgan havo og`iz bo‘shlig`ida turli to‘siqlarga uchraydi va buning natijasida shovqin hosil bo‘ladi. 2) unli­ tovushlarni cho‘zib talafuz qilish mumkin, undoshlarni esa cho‘zib talaffuz qilib bo‘lmaydi. 3) unli tovushlar talaffuzida tovush paychalari albatta titraydi, undoshlar talaffuzida esa tovush paychalari titrashi ham (jarangli va sonorlarda), titramasligi ham (jarangsizlarda) mumkin.


Unli tovushlar va ularning tasnifi. Har bir til o‘zining unli tovushlar tizimiga ega. Bu tizim vokalizm deb ataladi. O‘zbek tilidagi unli tovushlar (a, i, o, u, o‘, e) uch tomondan tasnif qilinadi:
1.Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra;
Og`iz bo‘shlig`ida eng faol organ tildir. U unli tovushlarni talaffuz qilishda oldinga (tish yoki milkka tomon) va orqaga qarab harakat qiladi. Tilning bu harakati gorizontal harakat hisoblanadi. Shuning uchun unlilar tilning gorizontal harakatiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
1) old qator unlilar: a, e, i;
2) orqa qator unlilar: o, o‘, u.
2.Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra;
Unli tovushlar talaffuzida tilning tanglayga tomon ko‘tarilishi va tushishi vertikal harakatdir. Bu harakat tufayli og`izning ochilish darajasi har xil bo‘ladi. Chunonchi, i, u unli tovushlarini hosil qilishda til tanglayga yaqin turadi, shuning uchun ham og`izning ochilish darajasi tor bo‘ladi; aksincha, a, o tovushlarini hosil qilishda til tanglaydan ancha uzoqlashadi (quyida turadi), shuning uchun til bilan tanglay o‘rtasidagi oraliq keng bo‘ladi; e, o‘ tovushlarini hosil qilishda esa til bilan tanglay o‘rtasidagi oraliq o‘rtacha (tor ham emas, keng ham emas) bo‘ladi. Ko‘rinadiki, tilning vertikal harakati og`izning ochilish darajasini (tor, keng, o‘rta keng) belgilaydi. SHuning uchun unlilar tilning vertikal harakati (yoki og`izning ochilish darajasi)ga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi:
1) yuqori tor unlilar: i, u;
2) o‘rta keng unlilar: e, o‘.
3) quyi keng unlilar: a, o.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish