Birinchidan, shuni uqtirish lozimki, o‘zbek xalqi o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ldi, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi, egasi, xo‘jayini bo‘lib qoldi.
Ikkinchidan, O‘zbekiston mustaqilligi respublikada adolatli, demokratik, insonparvar jamiyat qurish uchun yo‘l ochib berdi, o‘z milliy davlatchiligini barpo qilishga imkoniyat yaratdi.
Uchinchidan, mustaqillik tufayli O‘zbekiston xalqaro miqyosda o‘zini tanitish, ayni chog‘da xalqaro huquq me’yorlari asosida jahondagi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Jahon xaritasida O‘zbekiston yangi, yosh mustaqil davlat sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |