О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan “O‘zbek milliy madaniyati va san’ati tarixida Navro‘z umumxalq bayramining o‘rni” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi axborot



Download 18,11 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi18,11 Kb.
#498233
Bog'liq
Axborot xati Navro\'z. O\'zbek tili va adabiyoti


О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan “O‘zbek milliy madaniyati va san’ati tarixida Navro‘z umumxalq bayramining o‘rni” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi


AXBOROT XATI

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5953-sonli Farmoni, farmon ilovasining 225-bandi va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 101-F-son farmoyishi konferensiyaning o‘tkazilishiga asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Shunga muvofiq O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan 2022-yil 17-mart kuni “O‘ZBEK MILLIY MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXIDA NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMINING O‘RNI” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.


Bugungi kunda Navro‘zi olam – Sharq xalqlari tomonidan ming yillar davomida asrab-avaylanib kelinayotgan azaliy-abadiy bayram hisoblanadi. Asrlar mobaynida turli xalqlarda Navro‘z bayramini o‘tkazish marosimlari ularning turmush tarziga, mafkurasiga, diniy e’tiqodiga moslashib borgan. Hatto mamlakatimizning turli viloyatlarida ham Navro‘z bayrami bilan bog‘liq rang-barang an’ana va urf-odatlar shakllangan. Shu bilan birga tilimiz va adabiyotimizda ham Navro‘zga aloqador birliklar, adabiy asarlar talaygina. Konferensiya orqali til, adabiyot, folklor, madaniyat va san’atimiz tarixida Navro‘z bilan bog‘liq an’analarni, urf-odatlarni va til birliklarini to‘plash hamda Navro‘z lingvomadaniy korpusini yaratish maqsad qilindi.

  • Ma’ruza va muhokomalarda institutning barcha fakultet va yo‘nalishlari qamrab olinadi.

  • Muhokamalarda soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistratura va bakalavr yo‘nalishlari talabalari ishtirok etadilar. Ayniqsa, yosh tadqiqotchilar o‘zlarining ilmiy izlanishlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Konferensiya materiallari elektron shaklda chop etiladi va o‘quv mashg‘ulotlari hamda yaratilayotgan o‘quv adabiyotlari uchun asosli manba bo‘lib xizmat qiladi.

Konferensiya maqolalari quyidagi shu’balar bо‘yicha qabul qilinadi:
1-shu’ba. О‘zbek lingvomadaniyatida Navro‘z umumxalq bayramining o‘rni.
2-shu’ba. О‘zbek adabiyoti, madaniyati va amaliy san’atida Navro‘z.
3-shu’ba. “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi renessans” g‘oyasining hayotga tatbiqida milliy urf-odatlarimizning o‘rni.
Konferensiyada ishtirok etishni xohlovchilar o‘z maqolalarini 2022-yil 14-martga qadar quyidagi tartibda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasiga taqdim etishlari so‘raladi.


Maqolalarni elektron taqdim etish shartlari:

  • maqolalar 4-7 bet hajmda (elektron shaklda) o‘zbek, qoraqalpoq, rus yoki ingliz tillarida qabul qilinadi. Maqolaning annotatsiyasi va kalit so‘zlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida berilishi talab etiladi;

  • maqolalarda foydalanilgan manbalarga snoska qo‘yilishi shart [1, 62]. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati maqola so‘ngida ko‘rsatib o‘tiladi;

  • maqola matnlari MS Word 2010 dasturida, Times New Roman 14 shrift, 1,5 intervalda puxta tahrir qilingan holda, A4 formatda, yuqori, past va o‘ng tomondan 2 sm, chap tomondan 3 sm qoldirib rasmiylashtiriladi.

Maqolaning nomi katta harflar bilan qoraytirilib, qog‘ozning o‘rtasida joylashtiriladi. Muallifning ismi, familiyasi, ish joyi, lavozimi o‘ng tomonga keltiriladi. Maqolada berilgan ma’lumotlar va matn mazmunining to‘g‘riligiga muallif javobgar hisoblanadi.
Konferensiya 2022-yil 17-mart kuni soat 14:00 da institut rektorati binosining A 3-9 xonasida o‘tkaziladi.
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi, 127-A uy. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi.
Telefon raqamlar: (71) 230 28 10, (99) 380 41 15 – Abdujabborova Xilola Raxmatilla qizi, (90) 911 62 63 – Kozimova Zumriniso Ismoilovna.
Maqolalarni taqdim etish uchun telegram manzil: https://t.me/+CLcoQo9oyO5hMWFi
Download 18,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish