Agroturizm, dala (qishloq) gastronomik turizmi; Sayohat qilinayotgan davlatning, ekologik toza mahsulotlari (meva va sabzavotlar, poliz mahsulotlari, uzumchilik) ni, hosilini yig’ish yoki qadoqlashni o’z ko’zi bilan ko’rish va mahsulotlarni ta’tib ko’rish tushiniladi.
Shahar gastronimik turizmi, mahalliy mahsulotlarni qayta ishlaydigan va ishlab chiqaradigan korxonalar, milliy taomlar tayyorlaydigan ovqatlanish shaxobchalarida, oziq-ovqat do’konlariga va boshqa ob’yektlarga, tashrif buyurib, ularni o’rganish va ta’tib ko’rishni o’z ichiga oladi.
Hozirgi vaqtda, dunyoning ko’p mamlakatlarida, gastronomik turizm rivojlangan; Fransiya va Bolgariya davlatlaridagi uzumchilik va vinochilik sohasiga sayohatlar, Gollandiya, Shveytsariya va Italiya davlatlaridagi pishloqchilik faoliyatini o’rganish va ta’tib ko’rish sayohatlari. • Germaniya, Avstriya, Belgiya, Chexiya davlatlaridagi pivochilikga ixtisoslashgan sayohatlar shular jumlasidandir!
Gastronomik sayyohlar; • odatiy sayyohlikdan zerikkan sayyoh; Ovqatlanish ratsioniga o’zgartirish kiritayotgan sayyoh; Gurmanlar (oziq-ovqatlarni baholovchi va ta’tib ko’ruvchilar) • kasb-kori gastronomiya bilan bo’g’liq mutaxassislar (restoratorlar, oshpazlar, umumiy ovqatlanish korxonalari xodimlari) • sayyohlik agentlari (sayyohlik turlari tashkil qilishlari uchun, milliy taomlarni o’rganadilar)
– Gastronomik turizm o‘zi nima? O‘zbekiston Gastronomik Turizm bozoriga kira oladimi?
– Bir narsaning farqiga borish vaqti keldi. Ya’ni, yurtimizga kelgan sayyohning turli taomlarni tatib ko‘rishi va gastronomik turizm o‘rtasidagi farqni. Gastronomik turizm tom ma’noda ovqat turizmi hisoblanadi. Ya’ni yurtimizga gastronomik turizm bo‘yicha tashrif buyuradigan sayyoh aynan milliy, qadimiy va ko‘cha taomlarini tatib ko‘rish uchun, ularning tayyorlanish sirlarini o‘rganish uchun keladi. Afsuski, bu industriyaga endi kirib borayotgan paytimizda pandemiya imkoniyatlarimizni chegaralab qo‘ydi. Viloyatlararo gastroturlarning xaritalari, gastronomik tur yo‘nalishlarini tashkil etayotgan edik. Biroq hozir ham harakatdan to‘xtaganimiz yo‘q, karantin sharoitida mutaxassislarning malakasini
oshirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqdamiz.
7
Gastronomik turizmni rivojlantirish uchun Respublikamizda barcha imkoniyatlar yetarli, milliy va qadimiy oshxonamizning rang-barangligi sayyohlarni o‘ziga jalb eta oladi. Biroq xizmat ko‘rsatish sohasi borasida
oqsash ko‘zga tashlanadi. Shu sohadagi kamchiliklarni bartaraf etsak, mazkur sohada muvaffaqiyatga erisha olamiz.
– O‘zbekiston Gastronomik Turizmi Assotsiatsiyasi milliy taomlarimizni fast fudga aylantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirayotganligini eshitdik. Aytingchi, bu ma’lumot qanchalik asosli?
– Biz milliy taomlarimiz orasida sog‘lom ovqatlanish guruhiga kiradigan, organizm uchun foydali, oqsil moddalarga boy, tez tayyorlanadigan milliy taomlari-mizni “fast fud” ko‘rinishida zamonaviy o‘ramlarda yetkazib berish xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni istagan tadbirkorlarga konsalting xizmatlarini ko‘rsatamiz. Masalan, shunday loyihalarimizdan biri “Tuxumbarak №1” loyihasi bo‘lib, bugungi kunda Xorazm vohasining milliy taomi tuxumbarakni qadimiy retsept asosida tayyorlab, tez yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Tuxumbarak xamirining yupqaligi, ichiga solingan qiymasining oqsil va vitaminlarga boyligi kechgacha ofisda o‘tirib faoliyat yuritadigan kishilarni to‘q saqlaydi.
– Prezidentimiz Parlamentga murojaatnomasida nodavlat notijorat tashkilot(NTT)larning sherikchilik asosida turli loyihalarni amalga oshirish lozimligini aytib o‘tgandilar. Bu borada tashkilotingizda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
– O‘zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi 2019-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etib, turizmning tarixiy-ilmiy, ekologik, faol, gastronomik va boshqa turlarini xorijiy auditoriya o‘rtasida ommalashtirish orqali O‘zbekistonning sayyohlik hamda madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish yo‘nalishidagi “gastrotourism.uz” saytini yaratish, ommalashtirish va O‘zbekistonning gastronomik jozibadorligini oshirish” nomli loyihasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Fond mablag‘lari asosida O‘zbekistonning gastronomik jozibasini targ‘ib etuvchi “gastrotourism.uz” sayti yaratildi. Sayt dizayni va kontentlari to‘ldirildi. Saytda xorijlik sayyohlar uchun O‘zbekistonga tashrif chog‘ida tatib ko‘rish kerak bo‘lgan brend taomlar haqida o‘zbek, ingliz va rus tillarida ma’lumotlar kiritildi. Sayt targ‘ibotiga bag‘ishlangan 33 ta info-javon va O‘zbekiston Gastronomik turizmi targ‘ibotiga oid bukletlar tayyorlandi hamda Qoraqalpog‘iston turizm departamenti bilan Nukus xalqaro aeroportida joylashgan “Turistik axborot markazi”, I.V.Saviskiy nomidagi davlat san’at muzeyi, “Tashkent” va “Jipek joli” mehmonxonalari, O‘zbekiston Mehmonxonalari
8
assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi Residence park hotel Tashkent, Tourist Inn Hotel, Corner Hotel Tashkent, Sayyoh Hotel mehmonxonalarning mehmon kutish joylari (resepshn)ga joylashtirildi. Qolgan info-javonlar bosqichma-bosqich viloyatlardagi karantindan so‘ng ochilayotgan mehmonxonalarga joylashtirilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 2020-yil mazkur fondning ijtimoiy sheriklik loyihasi g‘olibi bo‘ldi. Mazkur loyiha O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish korxonalarida xizmat ko‘rsatuvchi ofitsiantlarning onlayn malakasini oshirishga qaratilgan. O‘zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi!
– Uyida noqonuniy taom tayyorlab “dostavka” qilib (yetkazib) berayotganlar bugungi kunda juda ko‘payib ketganligi rostmi? O‘zbek milliy taomlari oshxona turizmi bundan qanchalik zarar ko‘radi?
– Uyidan taom tayyorlash masalasi nozik masala. Yaqinda Prezidentimiz imzolagan farmonda o‘z-o‘zini band qilish huquqiga ega mutaxassisliklar ro‘yxatiga uyidan donalik taom tayyorlab sotuvchilar ham kiritilganligini ko‘rdik. Albatta, yurtimizda kambag‘allikni tugatish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar qatorida qabul qilingan mazkur farmon ayni muddaodir. Sababi, milliy taom yoki shirinliklarni mahorat bilan tayyorlaydigan biror mutaxassislik diplomiga ega bo‘lmagan yoki o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlamasdan uyda o‘tirib qolgan uy bekasi bo‘lgan opa-singillarimiz yoxud novvoylik, somsapazlik, qandolatchilik bilan yillar davomida shug‘ullanib kelgan aka va ukalarimiz bor.
Mazkur qarorga asosan ularga endilikda mehnat daftarchasi ochish va pensiya jamg‘armasiga o‘z savdosidan muayyan foizni to‘lab borish, nafaqa yoshiga yetganda davlatdan nafaqa olish imkoniyati yaratildi. Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanadigan shaxslardan daromad solig‘i olinmaydi. Biroq masalaning yana bir tomoni borki, bu oziq-ovqat xavfsizligi, sanitariya-gigiena masalasi. Masalan, bir oila uchun ishlatiladigan oddiy muzlatkich va idish-tovoqlar qanchalik sifatli, inson hayoti uchun xavfsizligi oshxonaning tozaligi, uy beka-sining farosatiga bog‘liq. Oilada biror mahsulotning buzilishi yoki noto‘g‘ri saqlanishidan sog‘liqqa zarar yetsa, bu ichki tartibda hal etiladi. Lekin kuniga o‘n, yigirma yoki undan ortiq kishilarga uydan turib taom tayyorlab yetkazib berishning mas’uliyati katta. Mijozlarning sog‘lig‘i birinchi o‘rinda turadi. Buning uchun, eng avvalo, oziq-ovqat xavfsizligiga rioya etish, pandemiya sharoitida sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilish zarur. Masalan, oshxonada tayyor yoki yarim tayyor mahsulotlarni muzlatkichga qo‘yish uchun ishlatiladigan idish-tovoqlarning ba’zilari sifatsiz xom-ashyodan tayyorlanganligi yoki ba’zi (antiprigar) qoplamali tova yoki
9
qozonlar yaroqlilik muddati tugaganligi sababli mahsulot bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib inson sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradi. Agar bu xizmatdan sayyohlar foydalansa, masalaning ko‘lami yanada kengayishi mumkin. Shuning uchun mening tavsiyam, shu kabi faoliyat bilan shug‘ullanishni istagan fuqarolar oshpazlik bo‘yicha qisqa validatsiyadan o‘tib sertifikatga ega bo‘lsalar maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi sayti yoki bizning saytimiz orqali murojaat yo‘llasalar, kifoya.
Validatsiya nima? “Validatsiya” bu – muayyan pazandachilik sohasida faoliyat yuritgan mutaxassislik diplomiga ega bo‘lmagan fuqaroni texnik talablar bo‘yicha sinovdan o‘tkazish va bu jarayonda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha malakasini oshirishdan iborat.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |