O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 173,5 Kb.
bet8/12
Sana29.11.2022
Hajmi173,5 Kb.
#874370
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Gastranomik turizm refarat4

Qashqadaryo viloyatida eko, ekstremal, astro, etno, agro, gastranomik turizm turlarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar mavjud boʻlib, qoʻshimcha ravishda trekking, chodirli kemping, parashyutdan sakrash, alpinizm, otda sayr qilish kabi xizmatlar tashkil qilinadi. Kelgusi besh yilda Shahrisabz shahridagi “Shahrisabz tarixiy markazi”da “Shahrisabz gilamlari va doʻppilari” xalqaro muzeyi, Qamashi tumanida “Langar ota” ziyoratgohi yaqinida «Hattotlik» maktabini yaratish va Shahrisabz tumanining “Miraki», “Suvtushar”, «Koʻl», “Gʻyelon” qishloqlari, Kitob tumanining“Bashir”, “Qaynar” va “Varganza” qishloqlari, Yakkabogʻ tumanining “Tatar” va Mirishkor tumanining“Jeynov” qishloqlarida “turizm qishloqlari” tashkil qilinadi.
Samarqand viloyatida 1 607 ta moddiy madaniy meros obyektlari mavjud boʻlib, viloyatda ziyorat, tarixiy-madaniy, ekstremal, ekologik, togʻ va tibbiyot turizmi turlari rivojlangan. 2020-yilda respublikada dastlabki “Konigil” turizm qishlogʻi tashkil etildi. 2022-2026-yillarda viloyatda “Samarqand turistik markazi” va MICE-turizm obyektlari barpo etiladi. Madaniy meros obyektlari raqamlashtiriladi, Samarqand shahridagi Amir Temur barpo ettirgan“Bogʻibaland” mahallasi hamda “Sharq” mahallalari “turizm mahallasi”, Urgut tumanidagi “Tersak” hamda Payariq tumanidagi “Choshtepa” qishloqlarida “turizm qishloqlari” tashkil etiladi. Nurobod tumanida Hazrati Dovud ziyoratgohi atrofida osma dor yoʻllari, Nurbuloq termal zonasi va sogʻlomlashtirish markazlaririvojlantiriladi. Mahalliy va xorijiy ziyoratchilar uchun Samarqand shahrida tematik xiyobon, Imom al-Moturidiy maqbarasiniziyorat markaziga aylantirish, oliy taʼlim muassasalari qoshida ziyorat turizmi yoʻnalishida qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi. Sirdaryo viloyati agro, eko hamda tibbiyot turizm yoʻnalishlarida yuqori salohiyatga ega. Viloyatda “Barxan», “Chinor”, «Kalgansir» ekoturizm maskanlari oʻz faoliyatini olib bormoqda.
Kelgusi yillarda viloyatda yoʻl boʻyi infratuzilmasini rivojlantirish orqali turizm va savdo xizmatlari tashkil qilinadi, Sirdaryo daryosi boʻyida yengil konstruksiyali joylashtirish vositalari va koʻngilochar xizmatlar istiqboldagi sayyohlarga taqdim etiladi. Agroturizm yoʻnalishida intensiv bogʻlar, sitrus mevalar yetishtiriladigan issiqxonalar, anorchilik va baliqchilik xoʻjaliklari faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali sayyohlarga qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatiladi. Surxondaryo viloyatida arxeologik, eko, agro, ziyorat, tibbiyot, gastronomik, ekstremal turizm yoʻnalishlarini rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.
14

2022-2026-yillarda viloyatning Sariosiyo tumanida “Sangardak”, Sherobod tumanida “Chorbogʻ”, Oltinsoy tumanida «Xoʻjaipok» va Boysun tumanida “Omonxona” hamda “Sayrob” turizm qishlogʻi tashkil etish, Termiz shahrida “Gastronomik koʻcha”“Turizm koʻchasi”, “Kushonlar davlati tarixi” muzeyini barpo etish, arxeologik va ziyorat turizmi obyektlarni saqlab qolish, Boysun tumanidagi Xoʻjamayxona darasida“geologik park” tashkil etish, tibbiyot turizmiga qoʻshni davlatlar fuqarolarini jalb etish yuzasidan ishlar olib boriladi. Toshkent viloyatida agro, eko, togʻ, tibbiyot, gastronomik, ekstremal, tarixiy-madaniy, ziyorat turizmi istiqbolli yoʻnalishlari hisoblanadi. Viloyatning soʻlim tabiati yilning toʻrt fasli davomida sayyohlarni oʻziga jalb qiladi. Viloyatdagi «Amirsoy» togʻ-changʻi kurorti yirik investitsion loyihalardan biri hisoblanadi. Toshkent viloyatidagi turizm obyektlari boʻylab sayohat qilish uchun «Oltin xalqa» turizm yoʻnalishi ishlab chiqilgan.


2022-2026-yillarda Toshkent viloyatining Ohangaron tumani «Ovjazsoy» va “Ertoshsoy» turizm qishloqlari, Angren shahrining «Yangiobod” MFY hududlarida “turizm mahallasi”ni tashkil etish, Parkent tumani Soʻqoq qishlogʻida “gastronomik turizm koʻchasi” tashkil qilish yuzasidan amaliy choralar koʻriladi. Shu bilan birga, mahalliy aholi bandligini taʼminlash va sayyohlarga maqbul narxlarda joylashtirish xizmatlarini taqdim etish maqsadida oilaviy mehmon uylari tashkil qilishga alohida eʼtibor qaratiladi. Toshkent shahrida biznes (ishchi), tarixiy-madaniy, MICE, gastronomik, etno, shopping turizmni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Kelgusi 5 yilda shaharda xizmat koʻrsatish sohasi rivojlantiriladi va xizmat sifati yaxshilanadi. Toshkent shahrining tarixda mavjud boʻlgan 12 ta ramziy darvozasini tiklash choralari koʻriladi.
Toshkent shahrida xorijiy tajribadan kelib chiqib “Kechki turizm bozorlari”, Yangihayot tumanida«Ekstremal turizm zonasi”, Yashnobod tumanidagi yer usti metrosi boʻylab zamonaviy «Food truck»larni tashkil etish, Olmazor tumanida ziyoratchi turistlarga xizmat koʻrsatuvchi “Halol turizm markazi» faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda Ramazon oyida xorijiy tajribadan kelib chiqib, yarmarka va turli koʻngil ochar tadbirlarni Suzuk ota, Xasti Imom, Shayx Zayniddin ziyoratgohlari hududida tashkil qilinadi. Xorazm viloyatiga sayyohlar tarixiy-madaniy, tibbiyot, gastronomik, etno, agro, eko, ziyorat turizm yoʻnalishlarida tashrif buyuradi. Bogʻot va Xonqa tumanlarida uzumchilik rivojlanganligi bois agroturizm yoʻnalishida degustatsiya markazi tashkil qilinadi.
Shovot tumanida joylashgan «Yusuf Hamadoniy», Xiva shahridagi “Sayid Mohi Roʻyi Jahon”, Yangiariq tumanidagi “Shayx Muxtor vali”, Xazorasp tumanidagi “Shoh Pir” kabi ziyoratgohlar obodonlashtiriladi va qoʻshimcha xizmatlar yaratish orqali sayyohlar oqimi oshiriladi. Mavjud tabiiy va
15

sunʼiy koʻllarni qamrab olgan «Khorezm EcoRing» ekoturizm halqasi tashkil qilinadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida tarixiy-madaniy, arxeologik, eko hamda etno turizm yuqori salohiyatga ega boʻlib, hududda «Aqchakoʻl»«Ashshikoʻl» sohil boʻyi rivojlantirilmoqda. “Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervati» salohiyatidan samarali foydalaniladi, Chimboy tumanida etnoturizm va hunarmandchilik rivojlantiriladi. Madaniy meros obyektlarini taʼmirlash, muhofaza qilish va zaruriy infratuzilmani yaxshilash choralari koʻriladi. Ellikqalʼa tumanidagi Guldursun, Sahtiyon va Moʻynoq tumanidagi Doʻstlik fuqarolar yigʻinlari hududida “turizm qishlogʻi” tashkil qilinadi. Bularning bari Oʻzbekistonda turizm industriyasining jadal surʼatlarda oʻsishiga turtki beradi.



Download 173,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish