O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Qang‘, Dovon va Kushon davlatlari



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

 
Qang‘, Dovon va Kushon davlatlari 
 
 
Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Salavkiylar sulolasi bilan doimiy ravishda olib 
borilgan  kurashlar  natijasida  mil.avv.  III  asrning  boshlarida  Qang‘  davlati  paydo  bo‘ldi. 
Keyinchalik Yunon-Baqtriya davlati hamda ko‘chmanchi qabilalar bilan kurashlar natijasida 
Qang‘  davlati  yanada  mustahkamlandi  va  ayrim  manbalarda  O‘rta  Osiyodagi  yirik 
davlatlardan biri sifatida eslatiladi. Bu davlatning asosiy negizini Sirdaryoning o‘rta oqimida 
yashovchi qang‘lar tashkil etganlar. Mil. avv. II asrning boshlariga kelib Qang‘ davlatining 
yerlari  birmuncha  kengayib  sharqda  Farg‘ona  vodiysi  (Dovon),  shimoli-sharqda  usun, 
yuyechji qabilalari bilan shimoli-g‘arbda Sarisu daryosi, g‘arbda, Sirdaryogacha borgan. Bu 
katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu vodiysining quyi oqimidagi 
yerlarni  o‘z  ichiga  olib  Qang‘  davlatining  asosiy  yerlari  hisoblangan,  Mil.avv.II-I  asrlarda 
qang‘liklar  Amudaryo  va  Sirdaryo  oralig‘idagi  yerlarni  va  Xorazmni  o‘zlariga 
bo‘ysundiradilar. 
 
Qadimgi  manbalarda  Qang‘  davlat  hokimiyati  qay  tarzda  idora  qilinganligi  haqida 
aniq ma’lumotlar berilmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (mil.avv. 202-mil. 25 yy.) faqat bir 
marta Qang‘uy (Qang‘) podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi  eslatib 
o‘tiladi.  Tadqiqotlar  natijalaridan  xulosa  chiqaradigan  bo‘lsak,  Qang‘  davlati  kengashida 
qabila  boshliqlari,  harbiy  sarkardalar  faol  ishtirok  etganlar.  Podsho  saroyi  qoshidagi 
kengashda  davlatning  ichki  hamda  tashqi  siyosati  va  boshqa  barcha  muhim  masalalar 
maslahat bilan hal qilingan. 
 
Qang‘  davlatiga  qarashli  yerlar  bir  necha  viloyatlarga  bo‘linib  ularning  har  birini 
alohida hokim boshqargan. Viloyat boshliqlari jobu yoki yobu (Xitoy manbalarida-chjavou) 
deb  atalgan.  Qang‘  hukmdorlari  mamlakatni  ana  shu  jobularga  tayanib  idora  etgan.  Bu 
viloyatlarning  ko‘pchiligi  Qang‘  davlatining  kuchaygan  davrlarida,  ya’ni,  mil.avv.  II-I 
asrlarda  tobe  etilgan.  Xitoy  manbalarida  qang‘arlarga  qarashli  beshta:  Susye,  Fumu,  Yuni, 
Gu,  Yuyechyan  viloyatlari  eslatib  o‘tiladi.  Tadqiqotchilar  ularni  qadimgi  Toshkent, 
Sug‘diyona va Xorazm hududlarida joylashgan deb hisoblaydilar. 
 
Manbalarda Qang‘ podsholarining ikkita: yozgi va qishgi qarorgohlari eslatiladi. Ular 
yozni  O‘trorda  (hozirgi  Qozog‘istondagi  Aris  va  Turkiston  oralig‘ida)  qishni  esa  Qanqa 
(Qanxa,  hozirgi  Toshkent  viloyati  Oqqo‘rg‘on  tumanida)  o‘tkazganlar.  O‘troq  aholidan 
tashqari  Qang‘  davlatining  chegaralarida  bir  qancha  qabilalar  mavjud  bo‘lib,  ular 
dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug‘ullanib kelganlar. Ular bahor va 
yoz mavsumlarida o‘z chorvalari bilan ko‘chib, yozgi  yaylovlarda  yashaganlar. Qishda esa 
chorvalari  bilan  o‘z  an’anaviy  qishlov  joylariga  qaytib  kelganlar.  Qang‘lar  podsholari  va 
beklari  yirik chorvadorlar bo‘lib, ular issiq kunlarni  yaylov  joylarida,  yozgi  qarorgohlarida 
o‘tkazganlar. 
 
Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi aholining ma’lum qismi mil.avv. III-milodiy V 
asrlarda  o‘troq  hayot  kechirganlar.  Arxeologik  tadqiqotlar  natijalariga  qaraganda,  O‘tror, 


 
55 
Oqtepa,  Qorovultepa,  Qovunchi,  Choshtepa,  Mingo‘rik  xarobalari  o‘rnida  qang‘arlarning 
qo‘rg‘onlari va ko‘xna shaharlari bo‘lgan. Shahar va qishloqlarda  yashovchi  o‘troq xalqlar 
ko‘chmanchi  va  yarim  ko‘chmanchi  aholiga  nisbatan  yuqori  turganlar.  Toshkent  vohasida 
yashovchilar  asosan  dehqonchilik  va  bog‘dorchilik  bilan  shug‘ullanganlar.  Ular  arpa, 
bug‘doy,  tariq,  no‘xat,  sholi  va  boshqa  donli  ekinlar  yetishtirganlar.  Mevali  daraxtzor  va 
uzumzorlari  ko‘p  bo‘lgan.  Sirdaryoning  o‘rta  oqimida  yashovchi  qang‘arlar  asosan, 
dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. 
 
Qoramozor,  Qurama  va  Chotqol  tog‘larida  temirchilik,  misgarlik  hunarining 
rivojlanishi uchun kerakli ma’danlar bo‘lgan. Bu joylardan juda ko‘plab mis, temir, kumush 
va  boshqa  metallar  olingan.  Ustalar  turli  metallarni  bir-biriga  qo‘shib,  mustahkam  qurollar 
yasashni  ham  o‘zlashtirganlar.  Shuningdek,  kundalik  ehtiyoj  buyumlari  ishlab  chiqarilib 
ichki va tashqi savdo uchun turli mahsulotlar tayyorlangan. 
 
Qang‘  shaharlari  qalin  va  baland  devorlar  bilan  o‘ralgan.  Devorlarning  tashqarisida 
qal’a  atrofi  gir  aylantirilib  chuqur  va  keng  qilib  handaq  qazilgan.  Shaharlar  ichida 
mustahkam  istehkom  (ark)  va  shahristonlarning  ham  baland  mudofaa  devorlari,  bir  necha 
darvozalari  bo‘lgan.  Yirik  shaharlardan  tashqari,  Toshkent  vohasida  yuzga  yaqin  aholi 
yashaydigan katta va kichik qo‘rg‘onlar ham mavjud bo‘lgan. 
 
Qang‘arlarga xos madaniyat Toshkent vohasidagi Qovunchitepadan topib o‘rganilgan 
bo‘lib,  fanda  Qovunchi  madaniyati  nomi  bilan  mashhurdir.  Arxeologik  topilmalar 
ma’lumotlariga  qaraganda  bu  madaniyat  asosan  Toshkent  vohasi,  Sirdaryo  o‘rta  oqimi, 
Yettisuv  va  Shimoliy  Farg‘onada  keng  tarqalgan.  Sirdaryoning  o‘rta  oqimida  yashovchi 
xalqlarning  So‘g‘diyona,  Farg‘ona  va  Tyanshan  tog‘ining  shimoli-sharqiy  qismida 
yashovchi  xalqlar  bilan  yaqin  aloqada  bo‘lganligi  tufayli  Qovunchi  madaniyati  ancha 
taraqqiy etgan. 
 
Milodiy  V  asr  o‘rtalariga  kelib  qang‘arlar  yeridagi  o‘troq  va  qisman  o‘troq  aholi 
O‘rta Osiyoda yangidan tashkil topgan Yeftalitlar davlatiga tobe bo‘ldilar. 
 
Mil. avv. I ming yillikning so‘nggi choragida O‘rta Osiyoning shimoliy va shimoli-
sharqiy  hududlarida  ham  qadimgi  (antik)  davlatlar  rivojlanadi.  Xususan,  mil.  avv.  II-I 
asrlarga  oid  Xitoy  manbalari  dehqonchilik  va  chorvachilik,  ayniqsa  yilqichilik  keng 
rivojlangan 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish