O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

Qo‘shinlar.  Ahmoniylar  davlatida  muntazam  qo‘shin  mavjud  bo‘lib,  uning  asosini 
tarkibida o‘n ming jangchi bo‘lgan «abadiy o‘lmas» polk tashkil etgan. Qo‘shinlarning bosh 
qo‘mondoni  shahanshoh  edi.  Harbiy  tuzilmada  keyingi  o‘rinda  «xazarpat»-mingboshi 
turgan.  Ahmoniylar  qo‘shinlari  quyidagi  qismlardan  iborat  bo‘lgan:  1.  –  «abadiy  o‘lmas» 
polk;  2-piyoda  qo‘shinlar;  3-otliq  qo‘shinlar  (suvoriylar);  4-satraplar  qo‘shinlari;  5-yunon 
yollanmalari;  6-ko‘ngilli  qo‘shin.  Qo‘shinning  qismlari  10,100,1000,  10000  kiishilik 
harbiylardan iborat bo‘lib, har bir qismning tayinlab qo‘yilgan boshlig‘i bo‘lgan. 
Yilda bir marta shahanshohning shaxsan o‘zi qo‘shinlarni ko‘rikdan o‘tkazib, yaxshi 
xizmat qilganlarni taqdirlagan, harbiy qoidalarni buzganlarni jazolagan. Butun davlat hududi 
to‘rtta  harbiy  okrugga  bo‘lingan.  Har  bir  okrug  harbiy  boshlig‘i  markazdan  tayinlanib 
bevosita  shahanshohga  bo‘ysungan.  Bosib  olingan  hududlar  va  chegara  rayonlarda  harbiy 
gornizonlar  joylashtirilgan.  Ahmoniylar  qo‘shinlarining  harbiy  tartibi  haqida  Gerodot  va 
Kursiy Ruf batafsil ma’lumotlar beradilar. Bu ma’lumotlarga ko‘ra, ularning asosiy harbiy 
qurollari qilich, gurzi, o‘q-yoy, qalqon, xanjar, harbiy bolta va nayzalardan iborat bo‘lgan.  
Yuqorida  ta’kidlanganidek,  Ahmoniylar  bosib  olgan  barcha  hududlar  satrapiya 
hokimliklarga  bo‘lingan  bo‘lib  ularni  fors  podsholari  tomonidan  tayinlab  qo‘yilgan  satrap-
hokimlar  boshqarganlar.  Gerodot  ma’lumotlariga  ko‘ra,  Baqtriya  XII  satrapiya  bo‘lib  300 
talant (talant-Bobil pul birligi bo‘lib, 1 talant 30 kg dan ziyodroq kumushga teng), saklar va 
kaspiylar  XV  satrapiya  bo‘lib  200  talant  Xorazm,  So‘g‘d,  Parfiya  va  Ariya  XVI  satrapiya 
bo‘lib  300  talant  miqdorda  yillik  soliq  to‘lar  edilar.  Shuningdek,  O‘rta  Osiyoliklar  soliq 
sifatida  qimmatbaho  toshlar,  chorvachilik  va  dehqonchilik  mahsulotlarini  ham  fors 
podsholariga berib turganlar. 
 
Mil. avv. VI-IV asrlar O‘rta Osiyo viloyatlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot 
ancha  rivojlanadi.  Bu  davrda  Baqtriya  yirik  davlat  bo‘lib,  fors  podsholarining  Sharqdagi 
yirik  markazlaridan  biri  edi.  So‘nggi  yillarda  O‘rta  Osiyoning  janubida  olib  borilgan 


 
36 
arxeologik  qazishmalar  natijasida Qadimgi  Baqtriya hududidan o‘ttizdan ziyod  ahmoniylar 
davriga  oid  manzilgohlar  ochilgan.  Ularning  har  birida  o‘zlashtirilgan  maydonlar  va 
sug‘orish  tartibidan  tashqari  turar  joylar  va  xo‘jalik  xonalari,  mehnat  va  harbiy  qurollar, 
kulolchilik buyumlarining qoldiqlari mavjuddir. 
 
Bu  davr  Baqtriya  aholisining  asosiy  mashg‘uloti  dehqonchilik  edi.  Qalayimir, 
Kuchuktepa,  Qizilcha,  Bandixon  kabi  ko‘plab  yodgorliklardan  dehqonchilik  bilan  bog‘liq 
bo‘lgan  mehnat  qurollari-o‘roqlar,  ketmonlar,  yorg‘uchoq  va  dehqonchilik  mahsulotlari 
qoldiqlarining  topilishi  dehqonchilikdan  dalolat  berib,  dehqonchilik  asosan  sun’iy 
sug‘orishga asoslanganligini ko‘rsatadi. 
 
Baqtriyaning  poytaxti  qadimgi  Baqtra  (Hozirgi  Balx)  shahrida  qazish  ishlari  olib 
borilib, u yerdan topilgan kulolchilik buyumlari ko‘hna shaharning eng qadimgi qatlamlari 
mil. avv. I ming yillikning o‘rtalariga oid ekanligidan dalolat beradi. 
 
Bu  davrda  Baqtriyada  badiiy  hunarmandchilik  ham  yuqori  darajada  bo‘lgan.  1877 
yilda  Kobadiyon  bekligi  (Tojikiston)  dan  oltin  va  kumushdan  iborat  katta  xazina  topilgan. 
“Amudaryo xazinasi” nomi bilan mashhur bo‘lgan bu xazinada oltin va kumushdan quyilgan 
jang  aravalari,  jangchilar  qiyofasi,  hayvonlar  tasvirlarini  uchratish  mumkin.  Bu  xazina 
mahalliy ustalar ijodi bo‘lib, mil. avv. V-IV asrlarga oiddir. 
 
Mil.  avv.  VI-IV  asrlarda  So‘g‘diyona  hududlarida  ko‘plab  shahar  va  qishloqlar 
bo‘lib, ular fors podsholariga katta-katta soliqlar to‘lab turar edilar. Arxeologik  tadqiqotlar 
natijasida  Zarafshon  va  Qashqadaryo  vohalaridan  bu  davrga  oid  Uzunqir,  Yerqo‘rg‘on, 
Daratepa, Sangirtepa, Lolazor, Afrosiyob, Xo‘ja Bo‘ston kabi 50 dan ziyod ko‘hna shahar va 
manzilgohlar ochib o‘rganilgan. 
 
So‘g‘diyonaning  poytaxti  bo‘lgan  Afrosiyob  (Samarqand)da  shahar  hayotining 
rivojlanishi So‘g‘diyona va butun O‘rta Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy hayotning yuksalishi 
hamda inqirozi bilan muvofiq tarzda kechgan. So‘g‘diyonaning “ikkinchi poytaxti” bo‘lgan 
Yerqo‘rg‘onni  (Qashqadaryo)  tadqiqotchilar  yunon-rim  tarixchilari  tomonidan  eslatilgan 
Ksenippa viloyatining markaziy shahri deb hisoblaydilar. 
 
So‘g‘diyona  hayotida  dehqonchilik  katta  ahamiyatga  ega  edi.  Shunisi  muhimki, 
dehqonchilik  sun’iy  sug‘orishga  asoslangan  bo‘lib,  bu  haqda  yozma  manbalar  ma’lumot 
beradi.  Xususan,  Straboning  yozishicha,  Politimet  (Zarafshon)  daryosi  vohadagi  eng  katta 
suv  manbayi  bo‘lib,  sug‘oriladigan  yerlarga  kanallar  orqali  suv  chiqarilgan.  Qo‘hna 
shaharlarda esa hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanib borgan. 
 
Mil.  avv  I  ming  yillikning  o‘rtalarida  Xorazm  ham  rivojlanish  jarayonini  boshdan 
kechiradi. Xorazm tadqiqotlari natijalariga qaraganda VI-IV asrlarda bu hududda yirik-yirik 
manzilgohlar  mavjud  edi.  Bu  davrda  Xorazmda  inshootlar  qurilishida  xom  g‘isht,  paxsa 
ishlatilgan. Manzilgohlar va turar joylardan topilgan topilmalarning boy va qashshoqligi bu 
yerda mavjud bo‘lgan ijtimoiy va mulkiy tengsizlikdan dalolat beradi. Shaharlar aholisining 
asosiy  mashg‘uloti  hunarmandchilik  bo‘lgan.  Ko‘plab  topilgan  sopol,  bronza,  temir 
buyumlar  fikrimiz  dalilidir.  Xorazmda  bu  davrda  mahalliy  o‘troq  aholidan  tashqari 
ko‘chmanchi chorvadorlar ham yashagan bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy harbiy to‘qnashuvlar, 
iqtisodiy va madaniy munosabatlar bo‘lib turgan. 
 
O‘rta Osiyo xalqlari ahmoniylar madaniyat yodgorliklari bunyod etilishida katta hissa 
qo‘shdilar.  Bu  davrda  O‘rta  osiyo  xalqlari  ilk  marta  zarb  qilingan  tanga  pullar  bilan 
tanishdilar.  O‘rta  Osiyo  hududidan  ahmoniylar  pul  tartibiga  oid  oltin  dariklar  va  boshqa 
tangalar  topilgan.  Ahmoniylar  davrida  ko‘pgina  Sharq  xalqlarining  siyosiy  birligi  -  butun 
jahon  tarixida,  iqtisodiy  va  madaniy  rivojlanishida  muhim  davr  bo‘lib  qoldi.  Bu  o‘rinda 
O‘rta Osiyo hududidagi xalqlar va qabilalarning ham hissasi nihoyatda katta bo‘ldi. 
 
Ma’lumki,  ahmoniylar  davlati  turli  xalqlar  va  elatlarni  bosib  olib  birlashtirish  yo‘li 
bilan  tashkil  topgan  edi.  Bu  davlat  tarkibidagi  xalqlar  doimiy  ravishda  o‘z  ozodligi  va 
mustaqilligi  uchun  kurash  olib  bordilar.  Undan  tashqari  ahmoniy  hukmdorlarining  taxt 
uchun kurashlari ham davlatni zaiflashtirib bordi. Mil. avv. IV asrning o‘rtalaridan boshlab 


 
37 
esa,  Bolqon  yarim  orolidagi  shahar-davlatlar  kuchaya  boshlaydi.  Bu  davrda  Makedoniya 
podshosi  Fillip  II  Bolqon  yarim  orolida  o‘z  mavqeini  mustahkamlab  oldi  va  ahmoniylarga 
qarshi kurashga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. 
 
Fillip  II  o‘z  davriga  mos  harbiy  islohotlar  o‘tkazib  tartibli  va  yaxshi  qurollangan 
qo‘shin  tuzishga  muvaffaq  bo‘ldi.  Mil.  avv.  336  yilda  ahmoniylar  davlatiga  qarshi  kurash 
boshlandi. Ammo, Fillip II ning o‘ldirilishi tufayli bu kurash to‘xtab qoldi. O‘sha yili taxtga 
Fillip II ning o‘g‘li 20 yoshli  Iskandar (Aleksandr) o‘tirdi. Bu paytga kelib, yunon shahar-
davlatlarida  Iskandarga  qarshi harakatlar boshlangan bo‘lib,  yosh  podsho  bu harakatlarning 
barchasini shafqatsizlik bilan bostirdi. Iskandar ahmoniylarga qarshi urushga jiddiy kirishib 
Kichik  Osiyodan  Parmenion  boshliq  qo‘shinlarni  chaqirtirdi.  Harbiy  kengash  tuzib 
quruqlikda va suvda harakat qilayotgan qo‘shinlar oldiga aniq vazifalar qo‘ydi. 
 
Mil.  avv.  334-yilning  bahorida  makedon  qo‘shinlari  “urush  olovini  Osiyoga,  Osiyo 
baxtini esa o‘zimizga qaratamiz” shiori ostida forslarga qarshi yurish boshladi. Mil. avv 334-
yil  may  (Granik  daryosi  yonida),  333-yil  noyabr  (Issa  shahri,  Suriya  chegarasida),  331-yil 
oktyabr (Gavgamela, Shimoli-sharqiy Mesopotamiyada) bo‘lgan hal qiluvchi janglarda fors 
qo‘shinlari  to‘la  mag‘lubiyatga  uchradi.  Arrianning  ma’lumot  berishicha  ahmoniylarning 
so‘nggi  hukmdori  Doro  III  Baqtriyaga  qochib  ketadi  va  Baqtriya  satrapi  Bess  tomonidan 
fitna uyushtirilib o‘ldiriladi. 
 
Mil.  avv.  330-329-yillar  qishida  Makedoniyalik  Iskandar  qo‘shinlari  Hinduqush 
dovonidan  o‘tib  Shimoliy  Baqtriya  yerlariga  chiqib  keladilar.  Bess  o‘z  qo‘shinlari  bilan 
Iskandarga  qarshi  chiqdi.  Ammo,  tajribali  yunon-makedon  qo‘shinlaridan  mag‘lubiyatga 
uchradi.  Iskandar  Baqtriyaning  poytaxti  Baqtra  shahri,  Aorn,  Drapsak  kabi  mustahkam 
qal’alarni egalladi. 
 
Mil. avv. 329-yilning bahorida Makedoniyalik Iskandar qo‘shinlari Oks (Amudaryo) 
bo‘ylariga  yetib  kelib  katta  qiyinchilik  bilan  daryoni  kechib  o‘tdilar.  Daryodan  o‘tgan 
qo‘shinlarning dastlab Ptolemey Lag boshchiligidagi ilg‘or qismi keyin esa asosiy qo‘shinlar 
Navtaka  viloyatiga  (Sharqiy  Qashqadaryo)  kirib  boradilar.  Bu  yerdan  esa  Iskandar 
qo‘shinlari  So‘g‘diyonaning  poytaxti  Marokandaga  (Samarqand)  yo‘l  oldilar.  Kursiy  Ruf 
ma’lumotlariga  qaraganda,  yunon-makedon  qo‘shinlari  Maroqandani  egallashda  unchalik 
qarshilikka  uchramadilar  va  “shaharda  o‘z  garnizonlarini  qoldirib,  yaqin  atrofdagi 
qishloqlarni yondirib va vayron etib”, shimoli-sharqqa tomon harakatlana boshladilar. 
 
Maroqandadan so‘ng yunon-makedon qo‘shinlarining yurishi nihoyatda og‘ir kechdi. 
Mahalliy so‘g‘diy aholi dushmanni o‘ta norozi kayfiyatda kutib oldi hamda bir tan- bir jon 
bo‘lib unga qarshi chiqdi. Ular o‘z yerlarining ozodligi va mustaqilligini mardonavor turib 
chet  el  bosqinchlaridan  himoya  qildilar.  Iskandar  Ustrushonaning  (Samarqand  va  Jizzax 
oralig‘ida) tog‘li hudud aholisini qiyinchilik bilan yenggach dasht ko‘chmanchilari (saklar) 
va  o‘troq  aholi  (so‘g‘diylar)  o‘rtasida  chegara  hisoblangan  Yaksart  (Sirdaryo)  tomonga 
harakat  qila boshladi.  Yunon-makedonlar daryo  bo‘yida to‘xtab bu  yerdagi  shaharlarga o‘z 
harbiy qismlarini joylashtira boshladilar. Ko‘p o‘tmay bu shaharlar aholisi Iskandarga qarshi 
qo‘zg‘olon ko‘taradilar. Daryoning o‘ng qirg‘og‘idagi saklar ham o‘z qo‘shinlarini bir yerga 
to‘play boshlaydilar. Xuddi shu paytda Baqtriya va So‘g‘diyona hududlarida ham Iskandarga 
qarshi qo‘zg‘olonlar boshlanib ketadi. 
 
Iskandar  dastalab  Yaksart  bo‘yida  o‘z  mavqeini  mustahkamlashga  qaror  qilib,  bu 
yerdagi  qo‘zg‘olonlarni  bostirdi.  So‘g‘diyonada  mil.  avv.  329  yil  kuzida  Spitaman 
boshchiligidagi  qo‘zg‘olonni  (Maroqandada)  bostirish  uchun  sarkarda  Farnux 
boshchiligidagi  qo‘shinlarni  jo‘natdi.  O‘zi  asosiy  kuchlar  bilan  saklar  ustiga  yurish  qildi. 
Ammo bu yurish muvaffaqiyatsiz tugadi. 
 
Farnux  boshchiligida  Maroqandaga  jo‘natilgan  qo‘shinlar  Spitaman  tomonidan 
mag‘lubiyatga  uchradi.  Iskandarning  o‘zi  asosiy  kuchlar  bilan  So‘g‘diyonaga  qaytishga 
majbur bo‘ldi. O‘rta Osiyo hududlarida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar yunon-makedon zulmidan 


 
38 
ozod  bo‘lishga  qaratilgan  bo‘lib,  Iskandarning  “varvar”larni  osonlikcha  bosib  olmoqchi 
bo‘lgan rejalarini puchga chiqardi. 
 
So‘g‘diyonaning  tog‘li  hududlaridagi  bosqinchilar  qadami  yetmagan  joylarda 
qo‘zg‘olonchilar  yashirinib  olgan  edilar.  So‘g‘diyonaning  deyarli  barcha  aholisi  Spitaman 
tomonida  bo‘lib,  uning  g‘alabalariga  katta  umid  bog‘lagan  edilar.  Iskandar  esa,  mil.  avv. 
329-28  yillar  qishlovini  Baqtriyada  (ba’zi  manbalarda  Navtakada  deyiladi)  o‘tkazar  ekan 
vaqtni behuda ketkazmadi. U bu yerda Xorazm hukmdori Farasman bilan muzokaralar olib 
bordi. Natijada Iskandarning Xorazmga yurish rejasi to‘xtatildi.  
 
Mil  avv.  328-yilning  bahoridan  yunon-makedonlarga  qarshi  kurash  yana  avj  oldi. 
Mahalliy aholi  yirik shaharlar, qal’alar, tog‘li hududlarda kurashni davom  ettirdilar. Ahvol 
jiddiylashganidan  xavotirga  tushgan  Iskandar  30  ming  qo‘shinini  5  guruhga  bo‘lib,  bu 
guruhlarga  ishonchli  sarkardalar-Gefestion,  Ptolemey  Lag,  Perdikka,  Ken  va  Artabozlarni 
boshliq etib tayinladi. 
 
Yunon-makedonlarning shafqatsiz urushlari natijasida ko‘pgina mahalliy aholi qirilib 
ketdi. Qolganlari ham tog‘li hududlarda kurashni davom ettirdilar. Bu o‘rinda Spitamanning 
jasorati haqida to‘xtalish joizdir. U doimo raqiblarining zayif joylarini izlar va ularga aynan 
o‘sha  joylardan  zarbalar  berar  edi.  Spitaman  so‘g‘diy  va  baqtriyalik  zodagonlar,  hamda 
saklar  bilan  ittifoqlikda  dushmanga  qarshi  kurashishga  harakat  qildi.  Manbalarning 
ma’lumot berishicha mil. avv. 328-yilning oxirida Spitaman o‘z vatandoshlari xiyonatining 
qurboni  bo‘ladi.  Spitaman  tajribali  davlat  arbobi  va  sarkarda  bo‘lib,  u  bosqinchilarni  Ona-
yurtidan  haydab  chiqarishi  uchun  imkoniyati  bo‘lgan  barcha  tadbirni  ko‘rdi,  choralardan 
unumli foydalanishga harakat qildi. U mohir sarkarda bo‘lib dushmanning kichik xatosidan 
ham unumli foydalanar va uning zayif tomonlarini topishga harakat qilardi. Ammo, Iskandar 
harbiy kuch-qudrati jihatdan Spitamandan ustun edi. 
 
Spitaman  halok  bo‘lganidan  so‘ng  asosan  tog‘  qal’alari  qo‘zg‘olon  o‘choqlariga 
aylanadi. Yozma manbalarda eslatilgan “So‘g‘d qoyasi” (yoki “Arimaz qoyasi”), “Xoriyen 
qoyasi” shular jumlasidandir. 
 
Makedoniyalik  Iskandar  mahalliy  aholini  kuch  bilan  yengish  nihoyatda  og‘ir 
ekanligini  anglab  yetganidan  so‘ng  turli  yo‘llar  bilan  ularga  yaqinlashishga  qaror  qildi. 
Mahalliy  xalq  vakillariga  nisbatan  siyosatini  tubdan  o‘zgartirdi.  Xususan,  zardo‘shtiy 
kohinlariga  birmuncha  erkinliklar  berib  o‘zi  ham  bu  dinni  qabul  qildi.  Qo‘zg‘olon 
boshliqlari  Oksiart,  Sisimitr,  Xoriyen  kabilarni  avf  etib,  mol-mulklarini  qaytarib  berdi. 
Hatto,  qo‘zg‘olonga  qatnashganlarga  mukofotlar  tarqata  boshladi.  Mahalliy  aholi  bilan 
qarindoshlik  munosabatlarini  o‘rnatib  Oksiartning  qizi  go‘zal  Roksanaga  (Rohshanak) 
uylandi. Natijada mahalliy zodagonlarninng deyarli barchasi  Iskandar hokimiyatini  tan olib 
uning  xizmatiga  o‘tib  ketdilar.  Mil.  avv.  327-yilning  oxirida  So‘g‘diyonadagi 
qo‘zg‘olonning so‘nggi o‘choqlari ham bostirildi. 
 
Yunon-makedon  bosqinchilariga  qarshi  uch  yil  davomida  kurash  olib  borar  ekan, 
O‘rta  Osiyo  xalqlari  mislsiz  jasorat  namunalarini  ko‘rsatdilar.  Ular  yunonlar  o‘ylaganidek, 
“varvarlar” va madaniyatdan orqada qolgan emas, balki o‘z davrining yuksak harbiy san’ati 
va  madaniyatiga  ega  ekanliklarini  namoyish  etdilar.  Iskandar  qo‘shinlari  butun  Sharq 
davlatlarini  o‘zlariga  bo‘ysundirganlarida  So‘g‘diyona  va  Baqtriyadagi  kabi  qattiq 
qarshilikka  uchramagan  edilar.  Bu  holni  Iskandar  tarixini  yozgan  ko‘pgina  qadimgi  davr 
tarixchilari ham e’tirof etadilar. 
 
O‘zbekiston  hududlarida  yashagan  mahalliy  aholi  qadimgi  davrlardan  boshlab 
bosqinchilarga qarshi ayovsiz kurash olib borib o‘z ozodligi va mustaqilligi yo‘lida bir tan-
bir jon bo‘lib harakat qilganlar. Ammo kuchlar nisbati va harbiy texnikaning teng emasligi 
ko‘p hollarda bosqinchilar ustunligini ta’minlagan. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish