O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
41 
4-mavzu. O‘zbek xalqining etnik shakllanishi.
1
  
 
Etnogenez va uni o‘rganish masalalari 
 
 
Hozirgi  kunga  kelib,  Respublikamizda  milliy-ma’naviy  qadriyatlarni  tiklash  va 
rivojlantirish, milliy mafkura g‘oyalarini fuqorolarimiz ongiga yanada chuqurroq singdirish 
va yanada teran anglatish kuchayib, O‘zbekiston xalqlarining o‘z o‘tmish va kelib chiqishiga 
qiziqishi  ortib  bormoqda.  Xususan,  o‘zbek  xalqining  etnik  tarixi,  uning  xalq  sifatida 
shakillanishi  masalalari  dolzarb  ekanligi  yurtboshimiz  I.A.Karimovning  “Tarixiy  xotirasiz 
kelajak yo‘q“ asarida (1998) har tomonlama asoslab berildi. Bu yo‘nalishda tarixchilarimiz 
oldiga  yechimi  hayotiy  zarur  bo‘lgan  vazifalar  qo‘yildi.  Jumladan,  yurtboshimiz 
ta’kidlaganidek,  “Movaraunnahr  sarhadlariga  uzoq  tariximiz  davomida  ne-ne  bosqinchilar 
kirib  kelmagan,  ko‘p  yillar,  balki,  asrlar  davomida  yutrimizda  ne-ne  o‘zga  sulolalar 
hukmronlik  qilmagan  deysiz...  Erondan  Ahmoniylar,  Yunonistondan  Aleksandr  keldi, 
Arabistondan Qutayba, Mug‘ulistondan Chingizxon keldi, rus istilochilari keldi. Lekin xalq 
qoldiku?...,  ana  shunday  har  tomonlama  mudhish,  chetdan  qaraganda  xalqimiz,  uning 
madaniyati,  milliy  tafakkuri,  urf-odatlari,  turmush  tarzi,  hech  bir  mubolag‘asiz  aytish 
mumkinki, nasl-nasabi yo‘q bo‘lib ketishi kerak bo‘lgan sharoitda baribir, qator yo‘qotishlar 
bilan  bo‘lsa  ham,  millatimiz  o‘zligini  saqlab  qololdimi,  yo  yo‘qmi?  Olimlarimiz  ana  shu 
savolga javob bersinlar”. 
 
Etnogenez  yoki  birorta  xalqning  kelib  chiqish  tarixi  masalalari  tarix  fanining 
yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqligi ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgani 
ma’lum. Ammo, tarix fanining boshqa yo‘nalishlariga (arxeologiya, etnografiya, antropoliya 
va bosh.) nisbatan o‘zbek xalqi etnogenezi  hamon  jiddiy tadqiqotlar talab etadi. Etnogenez 
va  etnik  tarix  masalalari  tarixiga  nazar  tashlaydigan  bo‘lsak,  bu  yo‘nalishdagi  ayrim 
kuzatishlarni yunon, xitoy, rim, arab, eroniy va turkiy tillarda yozilgan qadimgi hamda o‘rta 
asr  mualliflari  va  sayyohlari  asarlarida  uchratish  mumkin.  Ular  o‘z  asarlarida  xalqlarning 
tashqi  qiyofasidagi  umumiylik,  ba’zi  urf-odatlarning  yaqinligi  va  tillarning  o‘xshashligini 
ta’kidlaganlar. Ammo ular bu jarayonlarning asl sabablarini ochib bera olmaganlar. XIX-XX 
asr boshlarida olib borilgan tadqiqotlar nisbatan samarali bo‘lishiga qaramay, bu tadqiqotlar 
ham  xalqlarning  etnik  kelib  chiqishi,  madaniyati  va  tillaridagi  o‘xshashlik  sabablari  va 
mohiyatini to‘la ochib bera olmadi. 
 
So‘nggi  20-25  yil  ichida  Respublikamiz  hududlarida  olib  borilgan  arxeologik, 
antropologik  va  etnografik  tadqiqotlar  natijalarini  umumlashtirgan  antropolog  olim  T.Q. 
Xo‘jayov  har  bir  xalqning  etnogenezini  o‘rganishda  quyidagi  tamoyillarga  asosiy  e’tibor 
berishni taklif etadi: 
 
1)  biror  xalqning  kelib  chiqishi  tarixi  ko‘p  qirralik  jarayon  bo‘lib,  u  o‘z  ichiga  shu 
xalqning madaniyati va ijtimoiy tuzilmasi, uning biologik xususiyatlari, o‘zining jamiyatda 
tutgan o‘rnini tushunish, tili va o‘zligini tanishni qamrab oladi; 
 
2) etnogenez masalasiga bir tomonlama qarab, uni soddalashtirish bilan chegaralanib 
qolmasdan, shu xalqning kelib chiqish tarixida ma’lum ahamiyat kasb etgan barcha tarkibiy 
qismlar ham e’tiborga olinishi shart; 
 
3)  etnogenez  murakkab  va  uzoq  davom  etgan  jarayon.  Binobarin,  bu  jarayonni 
bosqichma-bosqich tiklash maqsadga muvofiqdir. 
 
Shuningdek,  A.A.  Asqarov  o‘zbek  xalqi  etnogeneziga  bag‘ishlangan  so‘nggi 
yillardagi  (2002-y.)  ishlaridan  birida  har  bir  xalq  etnogenezi  va  etnik  tarixini  o‘rganishda 
quyidagi nazariy va ilmiy metodologik tamoyillarga amal qilish talab etilishini ta’kidlaydi: 

birinchidan, etnogenez va etnik tarixni o‘rganishda tadqiqotchi birinchi navbatda 
o‘rgananyotgan  xalq  etnogenezisi  qachondan  boshlanganligini  aniqlab  olmog‘i 
                                                 
1
 Ushbu mavzuni tayyorlashda K.SH.Shoniyozovning yangi chop etilgan ma’lumotlaridan foydalanildi. 


 
42 
kerak.  Chunki  etnos  faqat  kishilik  jamiyati  taraqqiyotining  ma’lum  bir 
bosqichida  paydo  bo‘ladi.  Etnogenezning  boshlang‘ich  nuqtasi  esa  etnosning 
qadim zamonlarda yashagan «ajdodlariga» borib taqaladi. Bu jarayon mil.avv. II 
ming yillik oxirlarida yuz berdi. 

Ikkinchidan,  etnos  bu  biologik  hosila  emas,  balki  ijtimoiy  hodisadir.  U  kishilik 
taraqqiyoti  ma’lum  bir  bosqichining  hosilasidir.  Etnos  o‘zining  shakllanish 
jarayonida  bir  xil  sabablarga  ko‘ra  uning  tarkibiga  yangidan-yangi  etnik 
qatlamlar qo‘shilib boradi. Yer yuzining barcha xalqlari kelib chiqishi jihatidan 
ko‘p  etnik  qatlamlidir.  Darhaqiqat,  o‘zbek  xalqi  etnogenezining  ilk 
bosqichlaridan,  to  xalq  sifatida  shakllanib  bo‘lguniga  qadar  uning  asosiy 
tarkibini  tashkil  etgan  mahalliy  (avtoxton)  so‘g‘du-xorazmiy  va  qadimgi 
turkiyzabon qatlamlardan tashqari o‘ziga turli davrda har xil miqdorda mahalliy 
va tevarak atroflardan kelib qo‘shilgan etnik guruhlarni singdirib yubordi.  

Uchinchidan,  har  bir  xalqning  etnik  tarixini  o‘rganish,  etnik  birlikning 
shakllanish  jarayonini  ilk  bosqichidan  boshlashni  taqozo  etadi.  Chunki  etnik 
birlikning  paydo  bo‘lishi,  rivojlanishi  va  uning  etnosga  aylanishi  juda  qadim-
qadimgi  zamonlardan  boshlanib  hozirgi  kungacha  davom  etayotgan  butun  bir 
tarixiy jarayondir. 

To‘rtinchidan,  har  bir  xalqning  etnik  tarixi  bilan  shug‘ullanganda  nafaqat  etnik 
birlikning  boshlang‘ich  jarayonini,  balki  uning  keyingi  davrlarini,  unga  xos 
muhim etnik belgi va alomatlarni aniqlab, o‘rganib borish talab etiladi.  

Beshinchidan,  etnogenetik  jarayonni  o‘rganishda  masalaga  har  tomonlama 
yondoshish,  ya’ni etnogenezga aloqador fan  yutuqlaridan foydalanish muammo 
yechimiga obyektiv ilmiylik bag‘ishlaydi. Etnogenez muammolarini hal etishda 
foydalanilayotgan  birlamchi  manbalarning  nisbati  va  xususiyatini  bilish 
muhimdir.  Bu  manbalar  antropologiya,  arxeologiya,  etnografiya,  yozma 
yodgorliklar, tilshunoslik, epigrafika va boshqalardir. 
Yuqoridagi tamoyillarga to‘la rioya qilingan holdagina, ayrim xalq etnogeneziga oid 
muammolarni ilmiy nuqtai nazardan mukammal va har tomonlama ochib berish imkoniyati 
paydo bo‘ladi. Ammo O‘rta Osiyoda, xususan O‘zbekiston hududlarida qadimgi davrlardan 
sodir  bo‘lib  kelayotgan  etnik  jarayonlarni  har  tomonlama  yoritishdan  avval  ayrim  fanlar 
sohasida  qo‘lga  kiritilgan  yutuqlarni  oxiriga  yetkazish  bilan  undan  boshqa  soha 
mutaxassislari ham foydalanishi mumkin bo‘lgan darajasiga chiqarish maqsadga muvofiqdir. 
So‘nggi yillardagi arxeologik izlanishlar qadimgi aholining moddiy va ma’naviy madaniyati, 
uning  turmush  tarzi,  uy-ro‘zg‘or  ashyolari,  an’anaviy  xo‘jaligi  va  boshqalar  haqida  muhim 
ma’lumotlar olish imkonini berdi. Bu jarayon esa  yangi  antropologik  ma’lumotlar to‘plash 
va ularni tahlil etishga asos bo‘ldi. 
 
Etnogenez  jarayoni  turli  xalqlarning  ajdodlari  tarixidan  boshlanadi.  O‘zbek  xalqi 
ajdodlarining tarixi juda katta tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lida 
ajdodlarimiz  murakkab  etnogenez  jarayonlarini  boshdan  kechirganlar.  Bu  jarayonlar 
antropologik  qiyofalar,  qabilalar,  xalqlar  va  elatlarning  aralashib  ketishi,  madaniy 
an’analarning qo‘shilib yangi asosda rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. 
 
Tarixiy  adabiyotlardan  bizga  ma’lumki,  fanning  ko‘pgina  tarmoqlariga,  jumladan, 
xalqlar  haqidagi  fanga  bundan  2-2,5  ming  yil  ilgari  qadimgi  Yunonistonda  asos  solingan. 
Shuning uchun ham  zamonaviy  fanda  yunon tilidan olingan so‘zlar ko‘p  uchraydi.  Bunday 
so‘zlarni  xalqlar  haqidagi  fanlarda  ham  uchratish  mumkin.  Qadimgi  yunonlarda  “xalq“ 
tushunchasini ifodalovchi bir necha so‘zlar bo‘lgan. Shulardan biri “demos” bo‘lib, bu so‘z 
orqali  aholining  asosiy  qismi  tushunilgan  (mas.  “demokratiya”-”xalq  hokimiyati”, 
“demografiya”-  ”xalqlarni  ta’riflash”  va  boshq.).  Shunday  so‘zlardan  yana  biri  “etnos” 
bo‘lib, aynan tarjimasi “xalq“ demakdir. Etnografik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, har qanday 


 
43 
etnos o‘z shakllanishining dastlabki pallasida bir-biri bilan iqtisodiy jihatdan o‘zaro bog‘liq 
odamlar jamoasidan iborat bo‘ladi. 
 
Ayrim  etnoslarni  bir-biridan  farqlovchi  muhim  belgilaridan  biri  bu  madaniy 
xususiyatlardir.  Bu  xususiyatlarni  har  bir  xalq  o‘z  tarixiy-madaniy  rivojlanish  jarayonida 
o‘zlashtiradi  va  avloddan  avlodga  qoldiradi.  Fanda  bu  jarayon  “etnik  an’analar”  deyiladi. 
Bunday  an’analar  har  bir  xalqning  ijtimoiy-iqtisodiy  va  tabiiy  geografik  shart-sharoitlari 
bilan  bog‘liq  bo‘lgan  u  yoki  bu  tarixiy  davrlarda  shakllanadi.  Etnosni  qisqacha  qilib, 
uyushgan til-madaniy jamoasi deyish mumkin. Ilmiy adabiyotlarda “etnik jamoa” degan so‘z 
ham  ko‘p  ishlatiladi.  Faqatgina  alohida  xalqlarni  emas,  balki  ularning  kelib  chiqishida 
qarindoshchiligi bo‘lgan guruhlarni ham etnik jamoa deb atash mumkin. 
 
Tadqiqotchilarning fikricha, qarindosh-urug‘chilik etnik jamoalari asta-sekinlik bilan 
urug‘  jamoalariga  aylanib  boradi.  Urug‘-birga  yashab,  hamkorlikda  mehnat  qilgan 
qarindoshlar  uyushmasi  bo‘lib,  ma’lum  xalqlarning  etnik  shakllanishidagi  dastlabki 
bosqichlardan biri sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
 
 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish