O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda O‘rta Osiyo



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda O‘rta Osiyo 
 
 
Mil.  avv.  555-540-330-yillar  O‘rta  Osiyoning  tarixiy-madaniy  viloyatlari  ulkan 
Ahmoniylar  davlati  tarkibiga  kirar  edi.  O‘rta  Osiyo  viloyatlari  va  unga  qo‘shni  bo‘lgan 
hududlarning  bosib  olinishi,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  tarixi  haqida  ko‘pchilik  olimlar 
turli  yillarda  tadqiqot  ishlari  olib  bordilar.  Bu  tadqiqotlarning  aksariyati  ahmoniylar  Eron 
hududlari  tarixi  bilan  bog‘liqdir.  Mavjud  ilmiy  tadqiqotlar  ahmoniylar  davri  mixxat 
yozuvlari  va  ayrim  yunon-rim  tarixchilarining  asarlari  hamda  arxeologik  tadqiqotlar 
natijalariga asoslanadi. 
 
Mil.  avv.  IX-VII  asrlarda  G‘arbiy  Eronning  ko‘pgina  hududlari  Ossuriya  va  Urartu 
davlatlari tarkibiga kirar edi. Mil. avv. VII asrning ikkinchi choragiga kelib Eron hududidagi 
eroniy tilli qabilalar asosida markazi Hamadonda bo‘lgan Midiya podsholigi tashkil topadi. 
Bu davlatning Sharqdagi hududlari O‘rta Osiyo chegaralarigacha cho‘zilgan edi. 


 
34 
 
Mil. avv. VI asrning o‘rtalarida Midiya podsholigi o‘rnida Ahmoniylar davlati paydo 
bo‘ladi.  Ko‘pchilik  tarixiy  adabiyotlarda  Kir  II  ahmoniylar  davlatining  asoschisi  sifatida 
e’tirof etiladi. Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi fors podsholari qadimgi Sharqdagi juda 
ko‘plab  mamlakatlar  ustidan  o‘z  hokimiyatini  o‘rnatishni  rejalashtirganlar  va  shunday 
siyosat olib borganlar. 
 
Mil. avv. VI asrning o‘rtalarida Kir II o‘zining sodiq lashkarboshlaridan biri bo‘lgan 
Garpagga Kichik Osiyodagi shahar-davlatlarni bosib olishni buyuradi. O‘zi esa O‘rta Osiyo 
hududidagi  viloyatlarni  (Baqtriya,  Xorazm,  So‘g‘diyona,  Marg‘iyona  va  boshq.)  bosib 
olishiga  tayyorgarlik  ko‘ra  boshlaydi.  Gerodot  Kir  II  ning  massagetlarga  qarshi  yurishi 
haqida  so‘zlar  ekan,  bu  yurishlarning  ko‘pchiligi  haqida  to‘xtalmasdan,  faqat  forslarni 
tashvishga solgan yurishlar haqida eslatib o‘tadi. Tarixchining ma’lumot berishicha, Garpag 
Kichik  Osiyo  shaharlarini  birin-ketin  bosib  olguncha  Kir  II  butun  Osiyo  xalqlarini 
bo‘ysundiradi va shundan keyingina Bobilga yurish boshlaydi. 
 
Qadimgi  dunyo  mualliflari  Gerodot,  Ksenofont,  Ktesiy,  Yustin  kabilarning 
ma’lumotlaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Kir II mil. avv. 545-539 yillarda Sharqiy Eron 
va O‘rta Osiyo viloyatlarini bosib oladi. Doro I davrida (mil. avv. 522-486-yy.) Ahmoniylar 
sulolasi  Hind  vodiysidan  O‘rta  Yer  dengiziga  qadar  bo‘lgan  keng  hududda  o‘z 
hukmronligini  o‘rnatgan.  Juda  ko‘p  sonli  davlatlar,  viloyatlar,  shaharlar  va  xalqlarni 
birlashtirgan ahmoniylar saltanati tarixda birinchi yirik dunyo davlati hisoblanadi. 
 
Tarixiy  manbalarning  ma’lumot  berishicha,  O‘rta  Osiyo  xalqlari  ahmoniylar 
bosqiniga qarshi qattiq kurash olib borganlar. Xususan, massaget qabilalari malika To‘maris 
(Tomiris)  boshchiligida  forslarning  turli  hiyla-nayranglar  ishlatishiga  qaramasdan  ularning 
katta  qo‘shinini  tor-mor  etadilar.  Malika  To‘maris  va  massagetlarning  harbiy  mahorati 
tufayli bu jangda ahmoniylar hukmdori Kir II ham halok bo‘ladi. Gerodot xabar berishicha, 
“Bu jang varvarlar (massagetlar) ishtirok etgan janglar orasida eng dahshatlisi edi... Kamon 
o‘qlari  tugagach,  qo‘l  jangi  boshlanib  nayza  va  qilich  bilan  kurashdilar.  Qo‘shinlar  jangi 
uzoq  vaqt  davom  etdi.  Nihoyat  massagetlar  g‘alaba  qozondilar.”  Kir  II  qo‘shinlarining 
massagetlar tomonidan tor-mor etilishi mil. avv. 530 yilga to‘g‘ri keladi. 
 
Tarixchi  Poliyen  forslarga  qarshi  kurashgan  Shiroq  qahramonligi  haqidagi  afsona 
to‘g‘risida xabar beradi. Uning xabariga ko‘ra, sak qabilalarining vakili bo‘lgan Shiroq ismli 
cho‘pon  hiyla  yo‘li  bilan  forslarning  katta  qo‘shinlarini  suvsiz  sahro  ichkarisiga  adashtirib 
qo‘yadi. Shiroq ham, fors qo‘shinlari ham ochlik va tashnalikdan halok bo‘ladilar. 
 
Mil.  avv.  522-yilda  ahmoniylar  taxtiga  Doro  I  o‘tiradi.  U  taxtga  o‘tirishi  bilanoq 
Parfiya,  Marg‘iyona  va  “saklar  o‘lkasi”da  forslarga  qarshi  qo‘zg‘olonlar  ko‘tariladi. 
Behistun yozuvlariga qaraganda, 522-yilning oxirida Marg‘iyonada ko‘tarilgan qo‘zg‘olonga 
Frada  ismli  kishi  boshchilik  qiladi.  Doro  I  Baqtriya  satrapi  Dadarshish  boshchiligidagi 
qo‘shinlarni  qo‘zg‘olonchilarga  qarshi  jo‘natadi.  Qo‘zg‘olon  shavqatsizlarcha  bostirilib  55 
ming marg‘iyonalik halok bo‘ladi. Frada ham qo‘lga olinib qatl ettiriladi. 
 
“Saklar  o‘lkasi”dagi  forslarga  qarshi  kurashga  Skunha  boshchilik  qiladi.  519-518-
yillarda  bo‘lib  o‘tgan  bu  kurashda  saklar  forslar  tomonidan  mag‘lubiyatga  uchraydi. 
Saklarning ko‘pchiligi o‘ldirilib, ko‘pchiligi asir olinadi. Ularning yo‘lboshchisi Skunha asir 
olinib,  o‘rniga  boshqa  yo‘lboshchi  tayinlanadi.  Xullas,  forslar  O‘rta  Osiyodagi  mahalliy 
aholining qahramonona qarshiligini qiyinchilik bilan sindirganidan keyingina bu hududlarni 
batamom o‘zlariga bo‘ysundirdilar. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish