Iogann Genrix Pestalotsi (1746–1827) tarbiyaning maqsadi bolalarda “haqiqiy insoniylikni” namoyon ettirishdan iboratligini aytadi. Pestalotsining ta’kidlashicha, tarbiya uyg‘un tarzda, ya’ni bolaning tabiati, ruhiyatiga muvofiq holda amalga oshirilishi kerak. Ko‘z, – deydi Pestalotssi, – ko‘rishni, quloq eshitishni, oyoq yurishni, qo‘l ushlashni istaydi. Shuningdek, qalb ham ishonishni va sevishni istaydi. Aql fikrlashni istaydi. Olim ta’lim aniq hayotiy kuzatishlarga asoslanishini tavsiya qiladi, ko‘rgazmalilikni ta’limning oliy sharti hisoblaydi. U “Lingard va Gertruda” (1781 – 1787) nomli ijtimoiy – pedagogik roman yozib, bu romanda xo‘jalikni oqilona usulda olib borish va bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash vositasi bilan dehqonlarning turmushini yaxshilash to‘g‘risidagi o‘z g‘oyalarini olg‘a suradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |