Jismoniy tarbiya, badantarbiya – sog‘liqni mustahkamlashga, odam organizmini uyg‘un ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyatning ahvolini bildiruvchi ko‘rsatkichlardan biri. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari: jismoniy mashqlar, organizmni chiniqtirish, mehnat va turmush gigiyenasi. Jismoniy tarbiya aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya bilan qo‘shib olib boriladi.
Jismoniy tarbiya bolaning aqlan va jismonan o‘sishiga yordam beradi, uning axloqiy–irodaviy xususiyatlarini takomillashtiradi. Oilada jismoniy tarbiya vositalarining majmuasi: kun tartibini to‘g‘ri tashkil qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, madaniy–gigiyenik ko‘nikmalarni hosil qildirish, sport bilan shug‘ullanish, chiniqtirish va ochiq havoda sayr qilish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |