Pedagogik diagnostikaning darajalari:
1-daraja: qismli diagnostika
|
Yaxlit obyektning alohida qismlarini o‘rganib, ularning xossalarini tadqiq etish qismli diagnostikaga misol bo‘la oladi, biroq u to‘liq tasavvurlar hosil qilmaydi va samarasi kamroq hisoblanadi.
|
2-daraja: tuzilmaviy diagnostika
|
Diagnostikaning mazkur darajasida jarayonning tuzilmaviy holati tadqiq etiladi, alohida komponentlar o‘rtasidagi aloqadorlik, ularning bir-biriga bog‘liqlik darajasi o‘rganiladi. Ta’lim jarayonining alohida komponentlari orasidagi aloqadorlikka oid gipotezalar ilgari suriladi. Diagnostikaning bu darajasi amaliyotga tatbiq etishga yaqindir.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |