Guruh maqsadlarini diqqat bilan o‘ylab chiqishni talab qiladi.
Guruh uchun maxsus topshiriqlar va javob berish uchun savollar tayyor bo‘lishi kerak.
Talabalar ko‘pincha kichik jamoalarda erkin bo‘ladilar.
Guruhlar mavzudan chiqib ketishi mumkin.
Sahna ko‘rinishi Sahna ko‘rinishi bu to‘liq shakllanmagan drama sifatida qabul qilinadi (Dallman Jones, 1994). Bu mashqlarda talabalar mavzu yuzasidan ta’sirlanadigan va ta’sir ko‘rsatadigan xarakterlar nuqtayi nazaridan yondashadilar. Vaziyat va xarakterlar o‘qituvchi tomonidan ta’minlanadi, lekin talabalar xarakter turini (yo‘nalishini ) o‘zlari tanlaydilar.
Sahna ko‘rinishi mashqlari orqali sinfdan tashqarida o‘zlashtiriladigan mahoratlarni va ilmiy ko‘nikmalardan amalda qanday foydalanish kerakligini o‘rganiladi. Bu mashq talabalardan tasavvur qobilyatini va sahnalashtirilayotgan xarakterga mos asosiy bilimlardan va axborot almashish mahoratini talab qiladi
Sahna ko‘rinishlaridan foydalanishning sababilari
Sahna ko‘rinishi o‘z-o‘zidan qiziq va foydalidir, chunki u real dunyoga urg‘u beradi. Bu ularni hech qanday “to‘g‘ri ” javoblarsiz murakkab muammolarni yechishga undaydi. Aniqrog‘I, sahna ko‘rinishi namoyishi talabalarga nafaqat mavzu yuzasidan, balki turli sohalarga oid ma’lumotlarni o‘rganish imkonini yaratadi.
Sahna ko‘rinishidan foydalanishni o‘qitish
O‘qituvchi bu jarayonda matn va talabalar ijro etadigan rollarni tanlashi zarur. Agar talabalar inson rolini ijro etsalar, vaziyat yer yuzining isishi yoki faol bo‘lgan vulqonlar bilan bog‘lanadi. Darslar talabalarning ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun to‘liq tushuntirishlar va nazorat asosida bo‘lishi talab qilinadi. Shunga qaramasdan yaxshi tayyorlangan senariy kutilgan natijaga olib kelmasligi, odatda o‘rganadigan narsalariga zid kelishi va kulgini keltirib chiqarishi mumkin