O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Tekshirish (nazorat) darslari



Download 3,69 Mb.
bet116/258
Sana30.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#419288
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   258
Bog'liq
Мажмуа Умумий педагогика Ибрагимовга

Tekshirish (nazorat) darslari o‘qituvchiga o‘quvchilarning ma’lum sohadagi bilim, malaka va ko‘nikmalari shakllanganlik darajasi, o‘quv materialini egallashdagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarning bajarish yo‘llarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish darslari o‘quvchidan mavzu bo‘yicha mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashini talab etadi. Tekshirish og‘zaki hamda yozma shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.
Yuqorida ifodalangan barcha dars turlarining majburiy elementi tashkiliy va yakuniy bosqich hisoblanadi. Tashkiliy bosqich maqsad qo‘yish va uni o‘quvchilar tomonidan qabul qilish sharoitlarini ta’minlash, ish sharoitini yaratish, o‘quv faoliyati motivlarini dolzarblashtirish va materialni idrok etish, anglash, eslab qolish yuzasidan beriladigan ko‘rsatmalarni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Darsga yakun yasash bosqichida maqsadga erishish qayd etiladi, unga erishishda barchaning yoki yakka o‘quvchilarning alohida ishtiroki belgilanadi, ishlari baholanadi va istiqbollari belgilanadi.
Amerikalik o‘qituvchi va nashriyotchi William Chandler Bagley "Ta’lim jarayoni" (The educative process) kitobida dars turlarini quyidagicha bayon etadi
1. Rivojlantirish darslari (The development lesson);
2. O‘rganish darslari (Study lesson);
3. So‘rov darslari (The recitation lesson);
4. Mashg‘ulot darslari (The drill lesson);
5. Takrorlash ya’ni qayta ko‘rib chiqish darslari (The review lesson);
6. Imtihon ( tekshiruv ) darslari. (The examination).
Hozirgi kunda ularda uchtasi yani rivojlantirish darslari, mashg‘ulot darslari va takrorlash, ya’ni qayta ko‘rib chiqish darslari keng qo‘llaniladi.
1. Rivojlantiruvchi darslar maqsadi shundan iboratki, unda yangi mavzu tushuntiriladi hamda mustahkamlanadi. O‘tilayotgan yangi mavzular turli xil faktlar, tamoyillar, umumiy bayonotlar orqali to‘liq yoritib beriladi. Bu jarayonda o‘quvchining o‘rgatuvchi nazorati ostida mavzu yuzasidan bosqichma – bosqich bilim egallashi talab qilinadi.
Rivojlantirish darslari 2 turga ajratiladi:
– induktiv rivojlantirish darslari;
– deduktiv rivojlantirish darslari;
Deduktiv rivojlantirish darslari 2 xil funksiyani amalga oshiradi:
a) faktlarni tushuntirish;
B) oldindan his qilish.
1. Induktiv rivojlantirish darslarida o‘qituvchi o‘quvchilarga mavzuni misolar, dalillar bilan tushuntiradi, ko‘rsatmali qurollarni namoyish etadi, so‘ngra o‘rganuvchilarning o‘zi xulosa chiqaradilar va qoidalarni yaratadilar.
2. Deduktiv rivojlantirish darslarda esa o‘qituvchi umumiy qoida, faktlarni, ta’riflarni va formulalarni qo‘llash orqali o‘tilayotgan mavzuni yoritib beradi.
Rivojlantirish darslarini olib borish bosqichlari:
1. Tayyorgarlik – bilim va motivatsion tomonlarni o‘z ichiga oladi.
2. Taqdimot – bu jarayonda o‘qituvchi savollar hamda o‘quv qo‘llanmalari asosida, o‘quvchilarni ko‘rib va eshitib tahlil qilish, solishtirish, qiyoslash, kuzatish hukm qilish yoki biror narsa kashf qilishga yo‘naltiradi.
3. Tatbiq qilish – test. Bu orqali mavzu o‘zlashtirilganligini bilib olish mumkin.
Rivojlantirish darslari uchun zarur sharoit yaratilishi o‘qituvchining mahorati o ‘tilgan va yangi mavzuga bog‘liq misollar, ma’lumotlar keltira olish qobilyati, nima tushuntirilishi, namoyish etilishi yoki taraqqiy etilishi kerakligi haqidagi layoqatiga bogliq bo‘ladi .
2. Takrorlash, ya’ni qayta ko‘rib chiqish darslari o‘quvchilarda takrorlash va esga olish orqali o‘tilgan mavzularni boshqa nuqtayi nazardan ko‘rib chiqish imkoniyatini yuzaga keltiradi.
Bu ko‘rinishdagi darsning maqsadi:
1. O‘rganilgan ma’lumotlarni xotirada yaxshilab saqlab qolish.
2. O‘zlashtirilgan materiallarni baholash qobiliyatini rivojlantirish.
3. Keyingi ta’limni yaxshi o‘zlashtirish uchun fundament.
4. O‘quvchilarning zaif tomonlarini diagnoz qilish.
6. Avvalgi (o‘tilgan ) mavzu va materiallarga qiziqish uyg‘otish.
7. Chuqurroq fikrlashga va ijodkorlikka turtki berish.
8. Oldin o‘zlashtirilgan materiallarni yangi qirallarda tahlil qilish va boshqalar.
Takrorlash, ya’ni qayta ko‘rib chiqish darslarining turlari:
– dars oldidan har kunlik (3minutlik) qisqa takrorlash – bunday yondashuv yangi mavzuni yahshiroq tushunishga yordam beradi;
– har bir o‘tilgan bob yuzasidan takrorlash – bu jarayon bitta dars mobaynida davom etadi;
– o‘tilgan barcha boblar bo‘yicha takrorlash – bu mashg‘ulot semestr oxiri yoki o‘quv yili oxirida bo‘lib otadi.
Takrorlash, ya’ni qayta ko‘rib chiqish darsining tamoyillari:
– o‘quvchi mavzularni takrorlash uchun ehtiyoj sezishi yoki takrorlash darslari maqsadini tushunib yetishi kerak;
– qayta ko‘rib chiqish darslari o‘quvchilar uchun qiziq tarzda o‘tishi kerak, oddiy takrorlash shaklida emas;
– o‘quvchi o‘zining qanday yutuqlarga erishayotganligidan xabardor bo‘lishi, bunda psixologik tamoyillarga ham e’tibor qaratishi lozim.
Takrorlash, ya’ni qayta ko‘rib chiqish darslarining qulay sharoitda olib borilishi o‘qituvchining qobiliyatiga, oldingi mavzularning qay darajada o‘zlashtirilganiga, o‘quvchiga mavzular bo‘yicha to‘g‘ri xulosaga kelishiga yordam berishiga hamda uni yanada yaxshiroq tushuntirib berishiga bog‘liq bo‘ladi.
3. Mashg‘ulot darslari o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va ularni amalda qo‘llash, tegishli ko‘nikma va malaka hosil bo‘lishga sharoit yaratib beradi.
Har bir fan mashg‘ulot darslarini talab qiladi, chunki bu dars davomida o‘quvchilar organilgan materiallarni yanada chuqur o‘zlashtiradi va amaliyotda qollay oladi hamda to‘g‘ri yozish, talaffuz qilish, kerakli atamalarni tog‘ri qo‘llash qobilyatlariga ham ega bo‘lib boradi.
Mashg‘ulot darslarini o‘tishda quyidagilar muhim:
– motivatsiya – o‘quvchilarda maksimal va barqaror harakat uchun zaruriyat uyg‘otish.
– e’tiborni tortish (fokalizatsiya) mashqlar konsentratsiyani talab qiladi. Shuning uchun o‘quvchilarlaning fikri aniq faktlarga qaratilgan bo‘lishi kerak;
– e’tiborli takrorlash – oddiy takrorlashlar. Agar butun diqqat mashgu’lotga qaratilmasa o‘z samarasini bermaydi;
– tatbiq qilish – bilimlarini tekshirish.
Mashg‘ulot darslarini o‘tish tamoyillari:
– mashgulotlarni bajartirish yo‘llari – o‘qituvchi mashg‘ulotlarni tizimli yo‘l orqali tez, shoshilmagan holda, dinamik hamda qiziqarli tarzda olib borishi kerak;
– ta’lim tamoyillaridan foydalanish – o‘quvchilar doimo mashg‘ulotlarga tayyor bo‘lishlari kerak. (Mukofot va maqtov metodlaridan ish faoliyatini yaxshilash uchun foydalanish mumkin);
– standartlar – samarali mashg‘ulotga erishishning standartlarini o‘rnatish lozim (aniqlik, tezlik, sifat va miqdor)
– individuallashtirish – bolalar ichida zaif jihatlarini topib, sinfini ajratish va o‘qituvchi bilan yana bir marta o‘tilgan materiallarni o‘rgatish.
Mashg‘ulot darslarini o‘tishda o‘qituvchi faqatgina o‘quvchida qandaydir ko‘nikma hosil qilish bilan cheklanmasdan, balki bilimni mustahkamlash hamda amaliyotda qo‘llashga undashdir.

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish