7. Konsultant–maslahat beruvchi, tushuntiruvchi, qo‘shimcha ma’lumot beruvchi.
8.Lektor–nazariy ma’lumotlar bilan tanishtiruvchi.
9. Ekspert – kuzatish, tahlil, tekshirish, xulosa, tavsiya, taklif, mulohaza bildirish.
10. Innovator–yangiliklarni ta’lim mazmuni va mashg‘ulotlar jarayoniga joriy qiluvchi.
11. Menejer–tashkiliy–pedagogik va iqtisodiy masalalarni hal etuvchi.
12. Spekter–kuzatish, tahlil qilish va xulosalarni bayon qilish.
13. Assistent–mashg‘ulot uchun tayyorlangan vositalarni amalda qo‘llashga tayyorlash, mashg‘ulot ishtirokchilariga yordam ko‘rsatib turish.
14. Sekryetar–zarur ma’lumotlarni yozib borish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, o‘rnatilgan tartibda saqlash.
15. Texnolog–pedagogik texnologiya mutaxassisi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etib boradi.
Metodist–ta’lim-tarbiya metodlari bo‘yicha mutaxassis. Dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirish jarayonida metodik masalalarni hal etib boradi.
Xarizmatik o‘qituvchi haqida yana bir foydali fikr shundayki, u kirishimli bo‘ladi. Munosabatga kirishimli o‘qituvchi noma’lim shaxsiyatga emas, oson e’tirof etiluvchi, yengil taqlid qilinuvchi muloqat va taqdimot ko‘nikmalariga asoslanadi. O‘qituvchi nafaqat sinfdagi turli o‘quvchilarni tushuntirishda yyetarlicha jalb qila biladi balki, sinfdagi ehtiyojlardan kelib chiqib, darsdan oldin va keyin ham samarali muloqot strategiyalarida ishlaydi, rejalashtiradi, muhokamadagi mavzu yuzasidan o‘z fikrini va shaxsiy qiziqishlarini ham bayon etishda yyetarlicha o‘z bilimiga ishonchli bo‘ladi. YAna, ular ishlarining bir qismi bo‘lgan “o‘zini tutish” (self-present) ga ham katta ahamiyat beradi:
fizik jihatdan ularning sinfdagi o‘rni;
o‘quvchilar oldida mavzuni tushuntirish jarayonida o‘zini bilimli namoyon qilish;
qachon gapirish, qachon eshitish va qachon savol berishni bilish;
o‘qituvchilar amaliyotda samarali muloqot jarayonini ko‘rsatish jarayonida ham o‘quvchilarga xrezmatik bo‘lishi kerak;
agar yaxshi muloqot, taqdimot va alohidalik xarizmatik ko‘rinishdagi o‘qituvchi tushunchasini mustahkamlaydigan ijobiy tushunchalar hisoblansa, bo‘lishsiz tushunchalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi;
qaysidir o‘qituvchi o‘quvchisining jarayon va rivojlanishidan ko‘ra, boshqa o‘quvchining taqdimotidan yuqori tushuncha hosil qilish;
ma’naviy jamoada qanday qilib o‘zining amaliyotini oshirishda amaliy maslahat.
Do'stlaringiz bilan baham: |