84
(hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat
sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo’lishi
sababli kadrlanadi. Insonlar tomonidan ma’lum nafliliklarga ehtiyoj
sezilganligi sababli u yoki bu tovarni ishlab
chiqarishga mehnat sarflari
amalga oshiriladi. Mazkur nazariya tarafdorlari fikrlariga ko’ra, faqat
tovarning nafliligi mehnat sarflariga «ijtimoiy zaruriy» deb nomlanadigan
tavsif berishi mumkin.
Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning
mehnat nazariyasining bir-biriga to’g’ri kelmasligi turli xil iste’mol
qiymatlarini yoki nafliligini hisobga olish muammosi bilan bog’liq.
Chunki, turli ko’rinishdagi ikkita tovarning nafliligini shunchaki umumiy
tarzda o’zaro taqqoslash mumkin emas.
Bu nazariya tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko’rsatish
zarur deb hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya’ni ne’matlar
kishilarning biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu
ne’mat mazkur nusxasi foydaliligining sub’ektiv narxini bildiradi. Bu
sub’ektiv narx ikki omilga bog’liq: mazkur ne’matning mavjud zahirasi va
unga bo’lgan ehtiyojning to’yinganlik darajasi.
Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi muammosini o’rmonda yashovchi
chol ega bo’lgan besh qop don misolida, uning ongida sodir bo’lgan
psixologik xayol orqali tasvirlab ko’rsatadilar. Bu qoplardagi donning
nafliligi kamayib boruvchi tartibda joylashadi:
birinchi qopdagi don eng
zarur, ya’ni cholning oziq-ovkatga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun
iste’mol qilinadi, ikkinchisi ovkatlanishni yaxshilash uchun, uchinchisi -
uy parrandalarini boqish, to’rtinchisi
- pivo tayyorlash, beshinchisi -
cholning o’z uyi atrofida
sayrab yurgan qushlarni boqib, ko’ngilxushlik
qilishi uchun.
Bundan ko’rinadiki, beshinchi qopning nafliligi chol uchun u qadar
ahamiyatli emas, chunki agar bu qopdagi dondan mahrum bo’lsa u
faqatgina ko’ngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos. Biroq,
to’rtinchi qopdagi donning yo’q bo’lishi cholni pivosiz, uchinchisi esa
parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta kopdagi don qolgan taqdirda
chol uchun uning nafliligi eng yuqori darajaga yetadi, ya’ni u ovqatlanish
ehtiyoji bilan tenglashadi.
Shu o’rinda turli qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan,
ularning qaysi biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab beradi,
degan savol tug’iladi. Xolbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi
yo’q ekan, chol uchun ularning nafliligi beshinchi, so’nggi
qopdagi
85
donning nafliligi orqali aniqlanadi. Demak, har bir ne’matning so’nggi
qo’shilgan birligi, ya’ni uncha muhim bo’lmagan ehtiyojni qondiruvchi
birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir.
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo’nalishni boshlab bergan kishi
mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning
qiymatini aniqlashda mehnat nazariyasi ham, qo’shilgan naflilik nazariyasi
ham yetarli asosga ega emas, deb hisoblagan A.Marshall bir nechta
nazariyalarni sintez qilish yo’li bilan aniqlik kiritishga harakat qildi.
Qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlamaligini u qiymatni
faqat naflilik bilan tushuntirishda ko’rdi. A.Marshall keyingi qo’shilgan
miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda ishlab
chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog’lashga harakat qildi.
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan
aniqlanishini bilishda
qo’shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish
(umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Neoklassiklarning
qiymat va narxning bir negizli (monistik) nazariyasini yaratishga
urinishdan chekinish xususan A.Marshall ishlari bilan bog’liq.
Neoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona manbai, narxning yagona
asosi va bozor xo’jaligida jamiyat daromadlarining yagona manbai
topilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, ingliz
klassik
iqtisodiy
maktabi
va
markscha
nazariyalarda
mehnat,
marjinalistlarda qo’shilgan miqdor nafliligi kategoriyasi xisoblanadi.
A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo’shilgan miqdor
nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlari)
tomonida
yotuvchi bozor kuchlari o’zaro ta’siri orqali aniqlanadi.
A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo’shilgan
miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday
qilib, A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni
sintez qilishga o’tildi.
Lekin A.Marshall ushbu sintezni oxirigacha yetkaza olmadi. U
ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni
ekanligini aniq ko’ra olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy naflilik o’rniga
qo’shilgan naflilikni, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o’rniga ishlab
chiqarish xarajatlarini qo’ydi. Natijada tovarning qiymati ham,
nafliligi
ham to’liq hisobga olinmadi. Umuman aytganda uzok tarixiy davrdan
boshlab tortishuvga sabab bo’lgan narsa tovarda gavdalangan ijtimoiy
mehnatning ikki yoqlama tavsifi va shu asosda hosil bo’ladigan tovarning
ikki xil xususiyatiga ega bo’lishini inobatga olmaslikdir. Mehnat
86
nazariyachilari tovarga sarflangan mehnat miqdoriga asosiy e’tiborni
qaratgan bo’lsa, marjinalistlar uning nafliligiga e’tibor berib keladilar.
Ularning biri ko’proq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtai-
nazaridan tahlil qilgan bo’lsa, ikkinchisi iste’molchi (xaridorlar) manfaati
nuqtai-nazaridan qaraydilar. Xolbuki, tovarning qiymatini va binobarin
narxini aniqlashda uning ikki tomoniga va sotuvchilar bilan xaridorlar
manfaati to’qnashgan tugunga e’tibor qaratish zarur (4.2-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: