O’zbеkiston aloqa va axborotlashtirish



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/292
Sana18.02.2022
Hajmi2,51 Mb.
#456589
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   292
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

 
2. Tovar va uning 
xususiy
atlari 
Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning 
xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta’rif berishda 
ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, 
Ye.F.Borisov ta’rifiga ko’ra «Tovar - bu bozorda boshqa tovarga 
ekvivalent asosida ayirboshlashga mo’ljallangan, mehnat orqali yaratilgan 
ijtimoiy naflikdir».Bundan ko’rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli 
sifatida qaraydi. 
V.I.VidYapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda 
«ne’mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar 
iqtisodiy ne’matning maxsus shakli bo’lib hisoblanishi ko’rsatib berilgan: 
«Tovar — bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy 
ne’mat». Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash 


79 
mumkinki, 
tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan 
ayirboshlash uchun
yarat
ilgan mehnat mahsuli.
Tovar ikki xususiyatga ega: 
birinchidan, 
u kishilarning qandaydir 
ehtiyojini qondiradi; 
ikkinchidan, u 
boshqa buyumga ayirboshlana 
oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar iste’mol va almashuv 
qiymatlariga ega. 
Buyumning iste’mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun 
foydali, naflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish 
vositalari sifatida kishilarning biron-bir ehtiyojini qondiradi. 
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, 
marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham 
tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi 
psixologik yondashuv bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo’lmagan 
o’rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o’zi qolib ketgan 
Robinzonning xayoli bilan aniqlash usulini qo’llaydilar. Xolbuki, tovar 
ayirboshlash jamiyat a’zolari o’rtasida, gavjum bozor qatnashchilari 
o’rtasida sodir bo’ladi. Ular naflilikning negizida ob’ektiv iqtisodiy 
jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi 
natijasida, to’g’rirog’i, naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining 
xususiyatlari o’zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o’ylab ham 
o’tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bo’lgan yoki inson mehnati bilan 
yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bo’lavermaydi. 
Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan 
tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan 
oladi. 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish