73
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
- bu kishilar uchun zarur bo’lgan
hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol
qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli
-
mehnat vositalari,
materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil
etish majmui.
Mulkchilik munosabatlari
- mulkka egalik qilish,
undan
foydalanish, uni o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga
keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish
- mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi
yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita
iste’mol qilinishi. Mulkni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal
qilish.
Mulkka egalik qilish
- mulkdorlik huquqining uning egasi qo’lida
saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy
shakli.
Mulk ob’ektlari
- mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk sub’ektlari
- mulk ob’ektini o’zlashtirishda
qatnashuvchilar,
mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Xususiy
lashtirish
- mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy
shaxslarga o’tishi.
Davlat tassarrufidan chiqarish
- davlat
mulki hisobidan boshqa
nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Ishlab chiqarish usuli nima va uning tarkibiy qismlari nimalardan
iborat?
2. Ishlab chiqarish usullarining eng muhim o’ziga xos belgilarini
ajratib ko’rsating. Bir ishlab chiqarish usulining
boshqasiga almashinishi
sabablari haqida mulohaza bildiring.
3. Ishlab chiqarish texnologik usulining tarkibiy qismlarini sanab
ko’rsating. Fan-texnika taraqqiyotining ishlab chiqarish texnologik usuliga
ta’siri qanday? Ishlab chiqarish texnologik usullarining bosqichlari bir-
biridan nima bilan farqlanadi?
4. Iqtisodiy tizim nusxalarini farqlantiradigan asosiy belgilarini sanab
ko’rsating.
74
5. Mulkchilikning mohiyatiga ta’rif bering va uning turli shakllarining
iqtisodiy mazmunini tushuntiring. Mulkchilikning
iqtisodiy va huquqiy
mazmunini ajratib ko’rsating.
6. Mulk sub’ektlarining ko’p darajali bo’lishiga sabab nima?
Mulkchilik shakllarining farqlanishi asosida nima yotadi?
7. Bozor iqtisodiyotiga o’tish nima uchun mulkchilikning turli
shakllarini taqozo qiladi? Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish nima uchun hozirgi bosqichda ob’ektiv
zaruriyat
hisoblanadi? Xususiylashtirish bosqichlari va shakllariga tavsif bering.
8. Xususiylashtirishning qanday usullarini bilasiz? Bu usullardan
birini tanlab olishga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: