71
Ko’rsatkich
lar
1995
1996
1997
1998
1999
2000
2001
2002
2003
2004
2005
Xususiylash-
tirishtiril-gan
korxonalar soni ,
birlik
8537
1915
1231
451
448
374
1449
1912
1519
1228
980
Xususiylash-
tirish
natijasida
tashkil etilgan
nodavlat
mulkidagi
korxonalar
soni
8537
1915
899
266
373
372
1238
1800
1452
1228
980
AktsiYadorlik
jamiyatlari
1026
1257
456
110
141
152
227
223
75
28
3
Xususiy
korxonalar
6036
420
260
103
156
103
827
1252
981
1038
902
Boshqa
shakldagi
korxonalar
1475
238
183
53
76
117
184
325
396
162
75
Xususiylasht
irishdan
tushgan
mablag’,
mild .so’m
2.4
5.3
4.4
8.9
9.1
14.3
23.2
43.6
56.1
78.4
80.5
Respublikada xususiylashtirishning maqsadli yo’naltirilganligi uning
navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur
jarayonda
aniqroq
va
natijaliroq
qatnashishi
imkonini
beradi.
Xususiylashtirishning maqsadli yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z
egalariga imtiyozli
yoki bepul berilishida, aholining ko’proq muhtoj va
zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet
mablag’lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi
uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi.
O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi
uning navbatdagi
muhim xususiyatidir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va
ob’ektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog’liq
salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish
imkoniyati
yaratiladi.
Bulardan
asosiysi
avvalo,
tadbirkorlikni,
xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning
Moliyaviy manbalari paydo bo’ladi, bozor infrastrukturasini
barpo etish
72
uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini
ro’yobga chiqarish uchun mablag’lar jamlanadi.
Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularning
mulkchilikning
boshqa
shakllariga
aylantirilishi
bilan
birga
xususiylashtirishdan olinadigan mablag’lar shu korxonaning o’zini
qo’llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga
ham sarflanadi.
Navbatdagi muhim xususiyat —
respublikada mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish chog’ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar
yaratildi va ta’minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi
orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan
korxona mehnat jamoasiga
aktsiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan
asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini bepul topshirish,
davlat
korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog’lar va shu kabilarni
imtiyozli shartlar
asosida xususiylashtirish, hamda soliq to’lashda ayrim
imtiyozlar berish kabilardir.
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o’ziga xos boshqa
jihatlari Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi.
Bular
quyidagilar:
a)
davlat
mulkini
xususiylashtirish
respublikada
amalga
oshirilayotgan islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysindiriladi va ularning
asosini tashkil qiladi;
b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;
v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda
qonunlarga rioya etiladi.
Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat
sektori bozor sharoitida ham sezilarli rol o’ynashini inkor qilmaydi.
Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo’lgan
sohalari ham mavjud. Bunday korxonalar
uchun ularning bozor
sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish
mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: