MASHQ QILDIRISH
Yaxshi mashq ildirish, qo‘llab-quvvatlash, batafsil firk-mulohazalar,
malakalarning samarali amaliyotini modellashtirish, xatolarni tuzatish va
xatolarning oqibatlarini tushuntirish yo‘naltirilgan malaka oshirish imkonini
beradi. Mashq.qildirish bilimi past o‘quvchilarni kursni davom ettirishi uchun
zaruriy malakalarga ega bo‘lishiga va itidorli o‘quvchilarga kursda yanada chuqur
yoki keng miqyosda bilim olishiga yordam beradi.
Yuzma-yuz o‘qitish ko‘pincha bilimi sust o‘quvchilarga qo‘shimcha yordam
berish bilan birga ―o‘rtacha bilimli o‘quvchiga‖ yo‘naltiriladi. Masofadan
o‘qitishda ko‘maklashish kursni individual o‘quvchilarga moslashtirishni o‘z
ichiga olishi mumkin. Tayyorlangan kurslar va o‘quv manbalari asosiy bilimlari
past o‘quvchilar yoki yanada chuqur o‘rganishni xohlagan kuchliroq o‘quvchilarga
qo‘shimcha manbalarni taqdim yetmasligi mumkin. T‘yutorlar o‘quvchilarga
qo‘shimcha fikr-mulohazalar va yordam berish, ularni mos manbalarga yo‘naltirish
yoki qo‘shimcha materiallarni ishlab chiqish orqali ularning o‘ziga xos
ehtiyojlariga e‘tibor qaratishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |