O‘zbekistn respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat univeriteti matematika-informatika fakulteti



Download 0,55 Mb.
bet1/14
Sana13.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#547411
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
20.O’rinboyev Shohjahon



O‘ZBEKISTN RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERITETI
MATEMATIKA-INFORMATIKA
FAKULTETI
Matematika yo‘nalishi 20.01-guruh talabasi
O‘rinboyev Shohjahon Shuhratjon o‘g‘lining
Algebra va sonlar nazariyasi fanidan
“Ko’phadlar halqasining faktorialligi”
mavzusida
KURS ISHI

|Qabul qildi:


Farg‘ona – 2021
Reja:
Kirish
Asosiy qism.

  1. § Ko’phadlar haqida umumiy tushuncha.

  2. § Ko’phadlarning asosiy xossalari.

  3. § Ildiz chegaralari.

  4. § Ko’phadni ikkihadga bo’lish.

  5. § Ko’phadlar halqasi va uning faktorialligi.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

KIRISH
Tasavvur bilimdan ustun. (Albert Eynşhteyn)
Oʻzbekistonda matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori imzolandi. Oʻzbekistonda matematika 2021-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilandi. Oʻtgan davr ichida matematika ilm-fani va taʼlimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi: birinchidan, ilgʻor ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh matematik olimlarning taklif qilinishi va xalqaro ilmiy-tadqiqotlar olib borilishi uchun zarur shart-sharoit yaratildi; ikkinchidan, xalqaro fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan yoshlarimiz va ularning murabbiy ustozlari mehnatini ragʻbatlantirish tizimi joriy etildi; uchinchidan, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqotlarning oʻzaro integratsiyalashuvini taʼminlash maqsadida Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining (keyingi oʻrinlarda – Institut) yangi va zamonaviy binosi barpo etildi. Matematika sohasidagi fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish hajmi bir yarim barobarga oshirildi, byudjet mablagʻlari hisobidan superkompyuter, zamonaviy texnika va asbob-uskunalar xarid qilindi; toʻrtinchidan, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashning birlamchi bosqichi sifatida stajyor-tadqiqotlik instituti joriy etildi; beshinchidan, ilm-fan sohasidagi ustuvor muammolarni tezkor bartaraf etish, fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalasini Hukumat darajasida belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri raisiligida Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi tashkil etildi. Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar matematika sohasidagi taʼlim sifati va ilmiy-tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini koʻrsatmoqda.
Jumladan: birinchidan, matematika taʼlimotining taʼlim olish bosqichlari oʻrtasidagi uzviylik toʻliq taʼminlanmagan; ikkinchidan, umumtaʼlim maktablarida matematika darsliklari oʻquvchilarning yoshiga nisbatan fanni oʻzlashtirishni qiyinlashtiruvchi murakkab masalalardan iborat va boshqa fanlarda oʻtiladigan mavzular bilan uygʻunlashtirilmagan; uchinchidan, matematikaga qiziquvchan, xalqaro olimpiadalar gʻoliblari boʻlgan aksariyat iqtidorli yoshlarimiz hududlardan boʻlishiga qaramasdan ularning kelgusi rivojlanishi uchun oliy taʼlim va ilm-fan sohasida zarur shart-sharoit yaratib berilmagan; toʻrtinchidan, matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotning amaliyot va ishlab chiqarish bilan bogʻliqligi zaifligicha saqlanib qolmoqda; beshinchidan, sohadagi olimlarning xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalari bilan aloqalari milliy matematikani jahon miqyosiga olib chiqish, xalqaro hamjamiyatda nufuzini oshirish uchun yetarli emas. Taʼlimning barcha bosqichlarida matematika fanini oʻqitish tizimini yana-da takomillashtirish, pedagoglarning samarali mehnatini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlarining koʻlamini kengaytirish va amaliy ahamiyatini oshirish, xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida olib borilmoqda. uning isboti o‘laroq Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy taqdqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorning qabul qilinishini ko‘rsatishimiz mumkin. “Matematika fanining tamal toshini Al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy kabi ulug‘ bobolarimiz qo‘ygan. Bu bizning qonimizda bor. Lekin oxirgi yigirma yilda matematikadan bilim darajasi pasayib ketdi. Chunki o‘qituvchilarga kerakli e’tibor, munosib oylik berolmadik, pirovard maqsad qo‘ya olmadik. Buning oqibati hozir ko‘pdan-ko‘p sohalarda sezilyapti. Bugun bu fanni rivojlantirishdan maqsadimiz — matematika bo‘yicha raqobat muhitini yaratish, sanoat, muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash.Kechagi dars berish uslubi bilan matematikani jadal rivojlantirib bo‘lmaydi. Shu bois avval amalda yaxshi natija bergan xorijiy metodika asosida ta’lim dasturlari yaratib,o‘qituvchilarni qayta tayyorlash zarur. Metodika shunday bo‘lishi kerakki, u bolalarda matematikaga muhabbat uyg‘otsin. Buning uchun o‘quvchilar bu fan hayotda, har bir sohada o‘ziga kerakligini anglashi zarur. Yoshlar imtihondan o‘tish uchun emas, bilimli mutaxassis bo‘lish uchun o‘qishi lozim.Oxirgi besh-o‘n yilda matematika yo‘nalishi bo‘yicha universitetlarni bitirgan yoshlarni topib, xohishiga qarab qayta tayyorlab, maktablarga, fan nomzodlarini esa oliy ta’lim muassasalariga ishga jalb etish muhimligi, matematika kafedra mudirlarini saylash tartibini joriy qilish, kafedra mudirlari kengashi tuzib, doimiy tajriba almashinuvni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. ” — deb ta’kidladi davlat rahbarimiz.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish