O’zbekist


Tovar belgilarini himoya qilish to’g’risidagi qonunlar va xalqaro huquq normalari



Download 0,78 Mb.
bet4/9
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418400
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
baxrom shokirov brendning huquqqiy asoslari222 3 555551

1.2 Tovar belgilarini himoya qilish to’g’risidagi qonunlar va xalqaro huquq normalari


Evropa Ittifoqida esa Evropa Ittifoqi kengashining “Tovar belgilari bo’yicha milliy qonunchilikni garmonizatsiya qilish to’g’risida”gi 89/104-sonli Direktivasining 3-moddasi rang, obozlar va xidlar shaklidagi noananaviy tovar belgilarini ro’yxatdan o’tkazishni nazarda tutmaydi. Yani Direktiva ranglar va ranglar birikmasidan iborat bo’lgan tovar belgilarining huquqiy ximoyasi bo’yicha alohida normalarni o’zida aks ettirmagan, biroq Direktiva mazkur belgilarni tovar belgisi sifatida ro’yxatdan o’tkazishni rad etuvchi qoidalar ham mavjud emas.
Shuningdek, 89/104-sonli Direktivaning 3-moddasi ikkinchi qismi ”b” bandiga asosan diniy ramzlar yoki yuqori mazmun-moxiyat kasb etuvchi boshqa belgilar tovar belgisi sifatida ro’yxatdan o’tkazishi mumkin emas.
Shu o’rinda takidlash joizki xalqaro doirada mutloq huquqlarni samarali himoya qilishda TRIPC (Trade-Related Aspect of Intelectual Property Rights, ingl.-TRIPC-intelektual mulkning savdo aspectlari bo’yicha bitim) bitimning o’rni katta. Hozirgi vaqtda butun jahon savdo tashkilotiga azo bo’lishni istagan har bir davlat TRIPC bitimini imzolashi va uning normalariga amal qilishi milliy qonunchilikni uyg’unlashtirmog’i shart.TRIPC bitimining predmeti bo’lib, intelektual mulk egalarining huquqlari mavjud bo’lgan tovarlar bo’lgan tovarlar savdosini tartibga solishdir. Zero, TRIPC bitimning predmeti bo’lib, intelektual mulk egalarining huquqlari mavjud bo’lgan tovarlar savdosini tartibga solishdir.TRIPC bitimida mutloq huquqlarni himoya qilish va uni samarali mexanizmi ochib berildi.
Shuni alohida qayd etish joizki, mamlakatimizning birinchi prezidenti I.A.Karimov 2014-yil 20-21-may Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay bo’lib o’tgan Osiyo hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengashning IV-sammitida qilgan maruzasida ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishi uchun yanada jadallik bilan amalga oshirishni takidlab o’tgan edi. Fikrimizcha mazkur sohada , xususan tovar belgilarini muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to’g’risida ikki tomonlama bitim imzolashi maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Yirik brendlarning qiymati koʼpincha balansdagi real qiymatiga toʼgʼri kelmaydi. Buning sababi kompaniya oʼzining raqobatchi kompaniyalardan ustun boʼlsa, savdo qoʼyilmasi (torgovaya natsenka) qoʼyiladi va bozor qiymatiga toʼgʼirlanadi. Ekspertlar Coca-Cola kompaniyasi 45 mln.doll. teng deb bilishsa, lekin kompaniyaning hisobi-kitobi boʼyicha u 25 mln.doll. teng deb bilinadi. Bu nomoddiy aktivni gudvill deb ham atashadi.
Savdo markasining mukofotlangan narxi:
1. Savdo markasining taniqligi.
2. Iqtisodiy koʼrsatkichlari, moliyaning qaytish koʼrsatkichlari va aktsiyadan olinadigan foyda.
3. Brend assotsiatsiyasi va individualligi.
4. Isteʼmolchilarning soni (unga sodiq boʼlgan).
5. Brendning potentlangan aktivlari (patent, roʼyxatdan oʼtgan belgisi va b.lar).
АSOSIY TАMOYILLАR
Har qanday reklama murojaati huquqiy jihatdan bekamukoʼst, sof, haqqoniy va rostgoʼy boʼlishi kerak. Har qanday reklama murojaati jamiyat oldida maʼsuliyat hissi bilan yaratilishi kerak va tijoratda odatdagi adolatli raqobat tamoyillariga javob berishi kerak. Hech qaysi reklama murojaati reklamaga nisbatan boʼlgan jamoatchilik ishonchiga putur yetkazmasligi kerak.
MEЪYoRLАR
Odoblilik
1-modda. Reklama murojaati jamiyatda qabul qilingan odobaxloq qoidalariga mos kelmaydigan tasdiqlar va koʼrinishlarga ega boʼlmasligi kerak.
Rostgoʼylik
2-modda. Reklama murojaati xaridor ishonchi va uning tajribasizligi va bilimlari yetishmasligini yomon maqsadlarda ishlatmaslikka asoslanishi kerak.
3-modda.
1. Reklama murojaati hech qanday asossiz qoʼrquv hissini oʼygʼotmasliga kerak.
2. Reklama murojaati gʼayrioddiy kuchlarga ishonishga asoslanmasligi kerak.
3. Reklama murojaatida zoʼravonlikni keltirib chiqarish yoki uni qullab-quvvatlashi mumkin boʼlgan hech narsa boʼlmasliga kerak.
4. Reklama murojaati irq, din yoki jins boʼyicha kamsitishni qullab-quvvatlamasligi kerak.
Haqgoʼylik
4-modda. Reklama murojaatida bevosita yoki bilvosita, aytmaslik yoki ikki maʼnolilik yoʼli bilan xaridorni anglashilmovchilikka olib kelishi mumkin boʼlgan hech narsa boʼlmasligi kerak. Аyniqsa quyidagilarga nisbatan:
a) tovarning tabiati, tarkibi, ishlab chiqarish usuli va chiqarish sanasi, shuningdek uning boshqa xususiyatlari;
b) tovarning isteʼmol xususiyatlari va narxlar;
v) toʼlovning boshqa shartlari, shu jumladan, boʼlib toʼlash, lizing, kredit va hokazo;
g) yetkazib berish, almashtirish, qaytarib berish, tuzatish;
d) kafolat shartlari;
ye) mualliflik huquqlari va sanoat mulkiga boʼlgan huquqlar, bular: patentlar, tovar belgilari, dizayn, sanoat namunalari va savdo nomlari;
j) rasmiy tan olish, medal, mukofot va diplomlarga sazovor boʼlish;
z) xayriya maqsadlariga moʼljallangan foydaning miqdori.
Reklama murojaati ilmiy va boshqa tadqiqotlarning natijalarini, shuningdek, ilmiy-texnika nashrlaridan koʼchirmalarni oʼzgartirmasligi kerak. Statistik maʼlumotlarni haqiqatga zid boʼlgan xulosa kelib chiqadigan qilib ishlatish mumkin emas. Ilmiy atamalarni buzishga yoʼl qoʼyilmasligi kerak, shuningdek, tasdiqlarga haqiqatda boʼlmagan ilmiy asoslanganlik koʼrinishini berish maqsadida ilmiy soʼzlarni ishlatish mumkin emas.
5-modda. Reklama murojaati shunday boʼlishi kerakki, taqqoslashlar anglashilmovchiliklarga olib kelmasligi kerak. U rostgoʼy raqobat tamoyillariga muvofiq boʼlishi kerak. Tovar xususiyatlarini taqqoslash rostgoʼy boʼlib, isbotlangan faktlarga asoslanishi kerak.


6-modda. Reklama murojaatida ishonchsiz dalillar va guvohliklar yoki ularni beruvchi shaxsning malakasi va tajribasi bilan bogʼliq boʼlmagan dalillar va guvohliklar boʼlmasligi kerak, shuningdek bunday dalillar va guvohliklarga tayanmasligi ham kerak. Eskirgan dalil va guvohliklar ishlatilmaydi.
Qoralash
7-modda. Reklama murojaati hech qandan firma, sanoat yoki tijorat faoliyati yoki kasbni, shuningdek hech qanday tovarni bevosita yoki bilvosita kamsitish, kulish yoki shunga oʼxshash narsalarni qoʼllagan holda qoralamasligi kerak.
Shaxs huquqlarini himoya qilish
8-modda. Reklama murojaati qandaydir odamlarning shaxsiy hayoti yoki ijtimoiy faoliyatini ularning ruxsatisiz tasvirlamasligi kerak, shuningdek kim tomonidan va nimani tasdiqlashidan qatьiy nazar oldindan olingan ruxsatsiz birovning shaxsiy mulkini tasvirlash mumkin emas.
Yaxshi nom (obroʼ-eʼtibor) dan foydalanish
9-modda.
1. Reklama murojaatida noqonuniy ravishda foydalanadigan firma yoki muassasalarning nomlari yoki abbreviaturalar boʼlmasligi kerak.
2. Reklama murojaatida umuman yaxshi obroʼ-eʼtiborga ega boʼlgan yoki reklama kampaniyalari tufayli unga sazovor boʼlgan odamlarning ism va familiyalari, firmalarning nomlari, firma va tovarlarning belgilarini ishlatish mumkin emas.
Imitatsiya
10-modda.
1. Reklama murojaati boshqa reklama murojaatlarining umumiy kompozitsiya, matnslogan, tasvir, musiqa, ovozli effektlar va hokazolarini anglashilmovchilikka olib kelishi mumkin boʼlgan tarzda foydalanmaslik kerak.
2. Reklama beruvchi bitta yoki bir nechta xorijiy davlatlarda qandaydir reklama kampaniyasini olib borayotgan boʼlsa, boshqa reklama beruvchilar unga oʼxshamaslik va ularning reklama kampaniyasiga xalaqit bermaslik uchun qandaydir vaqt davomida ushbu davlatlarda bunday reklama kampaniyasini olib bormasliklari kerak.
Reklama murojaatini oʼxshatish
11-modda. Reklama murjaati qanday shaklga ega boʼlmasin va qaysi turdagi ommaviy axborot vositasi orqali tarqatilmasin aniq ifodalangan boʼlishi kerak. Reklama murojaatlari, masalan, ommaviy axborot vositalari kanallari orqali axborot koʼrsatuvi vaqtida berilayotgan boʼlsa, yoki tahririy materiallar bilan birgalikda joylashtirilsa, bu — reklama ekanligi tushunarli boʼlgan holda berilishi kerak.
Xavfsizlikni taʼminlash
12-modda. Reklama murojaatida muhim asoslar boʼlmaganda (masalan, pedagogik maqsadlarda yoki jamoat xavfsizligini taʼminlash uchun) xavfsizlik vositalari yoki xavfni unutib qoʼyishni namoyish etuvchi hech qanday xavfli vaziyatlar, xatti-harakatlar, mashqlar, odatlar tasvirlari boʼlmasligi kerak. Bolalar va yoshlarga yoʼnaltiriladigan reklama murojaatlarida bunga alohida eʼtibor berilishi kerak.\
Bolalar va yoshlar
13-modda.
1. Reklama murojaatlari bolalarning ishonuvchanligi yoki yoshlarning hayot tajribasi yetishmasligini, shuningdek ularning sodiqlik tuygʼusidan foydalanmasligi kerak.
2. Bolalar va yoshlarga yunaltirilgan, shuningdek ularga taʼsir koʼrsatishi mumkin bulgan reklama murojaatlarida psixik, maʼnaviy yoki jismoniy shikastlanishlarga olib kelishi mumkin boʼlgan tasdiklar bulmasligi kerak.
Javobgarlik
14-modda.
1. Mazkur Kodeksda bayon etilgan koidalarga rioya etilishi uchun javobgarlik reklama beruvchilar, reklama murojaatlarini ijro etuvchilar, reklama agentliklari, nashriyotlar, ommaviy axborot vositalarining egalari va umuman reklama nashrlariga tegishli bulgan shartnomalarning ishtirokchilariga yuklatiladi.
a) Reklama beruvchi uzining reklama murojaati uchun toʼliq javobgar boʼlishi kerak.
b) Reklama murojaatining ijro etuvchisi yoki reklama agentligi reklama murojaatini tayyorlashda va boshqa xatti-harakatlarda reklama beruvchi oʼz javobgarligini toʼliq taʼminlashi uchun barcha choralarni koʼrishi kerak.
v) Nashriyotchi, ommaviy axborot vositasining egasi yoki shartnomalar tuzuvchi, nashr etuvchi, uzatuvchi yoki boshqa har qanday usul bilan reklama murojaatlarini tarqatuvchi rek¬lama jarayonining boshqa ishtirokchilari ular jamiyatga nima berayotganliklariga jiddiy munosabatda boʼlishi kerak.
2. Firma yoki boshqa tashkilot tomonidan reklama muro¬jaatlarini rejalashtirish, yaratish, nashr etish va uzatish uchun yollangan, yuqorida sanab oʼtilgan toifalardan biriga kiruvchi har qanday kishi oʼz vaziyatiga muvofiq mazkur Kodeksning qoidalariga rioya etilganlik uchun javobgardir va shu qoidalarga muvofiq ish tutishi kerak.
15-modda. Kodeks qoidalariga rioya etilganlik uchun javobgarlikka reklama murojaati, uning toʼliq mazmuni va shakli, shu jumladan boshqa manbalardan olingan matnlar va tasvirlar, tortiladi. Mazmun yoki shakl toʼliq yoki qisman boshqa manbalardan olinganligi Kodeksning mazkur qoidalariga rioya etilmaslik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
16-modda. Kodeksga zid boʼlgan reklama murojaati reklama beruvchi yoki uning nomidan harakat qiluvchi biror kimsa keyinchalik xaridorni aniq maʼlumot bilan taʼminlaganligi asosida oqlanmaydi.
17-modda. Matn va tasvirlar oʼzining haqqoniyligiga qaramay tekshirilishi mumkin boʼlishi kerak. Reklama beruvchilar kerakli isbotlarni taʼminlashi va mazkur Kodek¬sga rioya etilish uchun maʼsul boʼlgan oʼz-oʼzini boshqarish organlariga darhol taqdim etishlari kerak.
18-modda. Reklama beruvchilar, reklama agentlari yoki agentliklari, ommaviy axborot vositalarining egalari, noshirlar yoki reklama murojaatlariga tegishli boʼlgan shart¬nomalarning boshqa ishtirokchilari tegishli oʼz-oʼzini bosh¬qarish organlari tomonidan nomuvofiq deb topilgan rek-lama murojaatlarini tarqatishda ishtirok etmasligi kerak.
Kodeksning qoʼllanilishi
19-modda. Mazkur intizom Kodeksi shu maqsadda tuziladigan milliy organlar, shuningdek Marketing faoliyati boʼyicha Xalkaro Qoʼmita tomonidan zaruriyat tugʼilgan yerda va vaqtda qoʼllanhi kerak.



Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish