O’zbekist



Download 0,78 Mb.
bet3/9
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418400
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
baxrom shokirov brendning huquqqiy asoslari222 3 555551

Tadqiqot obekti: “Mareven Food Holdings Limited” ,’’korzinka.uz’’ ,’’subway’’ masulyati cheklangan jamiyat tashkilotlari misolida
Tadqiqot predmeti: Brendning huquqiy asoslari “Mareven Food Holdings Limited” ,’’korzinka.uz’’ ,’’subway’’ MCHJ korxonalari tasnifida.
Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tarkib topgan. 12 ta foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati,2 ta rasmlardan iborat. Kurs ishining umumiy hajmi 39 bet.

1-BOB. Brendning huquqiy asoslari nazariyasi.


1.1 Tovar belgilarini ro’yhatdan o’tkazish

Tovar va xizmat ko’rsatish belgisi tadbirkorlik bilan mashg’ul yuridik yoki jismoniy shaxsiy maxsulotlari yoki xizmatlarini individuallashtirish (markazlash) hamda ularni boshqa raqobatchilar taklif etayotgan aynan shu xildaki yoki shu turdagi tovar (xizmat)lardan ajrata olish imkonini beradi. Muayyan nishon-tamg’a ostidagi mahsulot (xizmat)larning sifati istemolchilarni qoniqtirsa , kelajakda ular shu belgilarga qarab o’sha tovarlarni sotib olishga yoki o’sha xizmatlardan foydalanishga odatlanadilar. Qolaversa, ro’yxatdan o’tkazilgan tovar yoki xizmat belgisi boshqa tadbirkor va ishbilarmonlarning undan foydalanish uchun litsenziya so’rab murojaat qilishlariga, ikki o’rtada o’zaro hamkorlik shartnomasi tuzilishiga turtki berishi mumkin. Bundan ruhlangan belgi egasi esa tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirishga, o’z mahsuloti, ishi va xizmati sifatini yanada yaxshilashga, ular haqida reklamalar berib, jamoatchilik nazariga tushishga, bozordan mustahkam o’rin egallashga intiladi. Pirovardida uning hamkorlari, xaridorlari va mijozlari ko’payadi, daromadida daromad qo’shilib, obro’ etibori oshadi.
Aksariyat mamlakatlarda bo’lgani kabi mamlakatimizda ham qonunan tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan, tovar belgisidan foydalanish yoki undan foydalanish huquqini uchinchi shaxslarga berish niyatida bo’lgan har qanday jismoniy va yuridik shaxs uni ro’yxatdan o’tkazishga xaqli. Buning uchun u intelektual mulk agentligiga talabnoma topshirishi kerak. Agentlik shu asosda ekspertiza o’tkazib, muhofaza hujjati beradi.
O’zbekistonda umumiy qoidadan istisno bor: agar ancha avvalgi belgi egasi rozilik bersa, keyingi belgi ro’yxatdan o’tkazilishi mumkin. Lekin bu istisno aynan bir xil belgilarga emas, balki faqat aralashtirib yuborish darajasidagi o’xshash belgilaega nisbatan tadbiq etiladi.
2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “ Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to’grisida” gi qonunga va O’zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi bosh derektorining 2009- yil 24- iyundagi 72-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan tovar belgisi va xizmat ko’rsatish belgisini ro’yxatdan o’tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko’rib chiqish qoidalariga asosan tovar belgisini , tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro’yxatdan o’tkazish uchun talabnoma yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan (talabnoma beruvchi) O’zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligiga beriladi. Agentlikning faoliyati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010- yil 25-maydagi
PK-1536-sonli “O’zbekiston Respublikasining Intelektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasining Intelektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida”gi 2011-yilning 8-iyunida qabul qilingan 166-qarori bilan tartibga solinadi.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi ro’yxatdan o’tkazish uchun talabnoma berilgan sana mazkur talabnoma Intelektual mulk agentligiga kelib tushgan sanaga qarab belgilanadi.
Tovar belgisini ro’yxatdan o’tkazish uchun talabnoma, agar unda bir necha tovar ko’rsatilgan bo’lsa, talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko’ra dastlabki talabnoma berilgan sana saqlangan holda ikki yoki bir necha talabnomaga ajratilishi mumkin.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro’yxatdan o’tkazish uchun beriladigan talabnoma bir tovar belgisiga yoki tovar kelib chiqqan bir joy nomiga taaluqli bo’lishi lozim.
Talabnomada quyidagilar bo’lishi kerak:
Tovar belgisi sifatida belgini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi ariza;
Talabnomada ko’rsatilgan belgining tasviri;
Belgilarni ro’yxatdan o’tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro’yxatdan o’tkazish so’ralayotgan tovarlar ro’yxati;
Quyidagilar tovar belgisi sifatida ro’yxatdan o’tkazilmaydi:

  1. Davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;

  2. Davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki to’liq nomlari;

  3. Rasmiy nazorat, kafolat tamg’lari va namuna yo’sinidagi tamg’alar, muxrlar;

  4. Davlat xizmatlarining O’zbekiston Respublikasida qo’llaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari;

  5. Farqlash xususiyatiga ega bo’lmagan belgilar;

  6. Muayyan turdagi tavarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda bo’lgan belgilar;

  7. Umum etirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar;

  8. Tovarlarni shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga mo’ljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki o’tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar;

  9. Tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolg’on yoki istemolchini chalg’tishi mumkin bo’lgan belgilar;

  10. Tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko’rsatuvchi, lekin tovar boshqa xududda chiqarilayotganligi xaqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;

  11. Jamiyat manfaatlariga , odamiylik va axloq qoidalariga zid bo’gan belgilar;

Va boshqalar.
Tovar belgisi - bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarining boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan belgidir. Yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasining ular tomonidan ishlab chiqariladigan va (yoki) realizatsiya qilinadigan bir xil sifatga yoki boshqa umumiy tavsiflarga ega bo'lgan tovarlarini belgilash uchun mo'ljallangan tovar belgisi jamoaviy belgi hisoblanadi.
“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ–111-son Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 37-38-son, 379-modda) muvofiq :
1. Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2002-yil 11-oktabrdagi 51-sonli “Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1184, 2002-yil 1-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 21-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
3. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilmay ham muhofaza qilinadigan yoki shu turdagi tovarlarga nisbatan ancha ilgariroq ustuvorlikka ega bo‘lgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar;
har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaxslarning belgilangan tartibda umum e’tirof etilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar;
Qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan tovar kelib chiqqan joy nomi bo‘lgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday nomdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkaziladigan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno;
“n” Ushbu “n” kichik bandning ikkinchi, uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga tovar belgisi egasining bu belgini ro‘yxatga olish uchun roziligi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bu holda rozilik xatining asli taqdim qilinadi. Rozilik xati “katta” belgi egasi bo‘lgan korxonaning firma blankasida rasmiylashtiriladi va quyidagi bandlardan iborat bo‘ladi:
rozilik bergan tovar belgisi egasining to‘liq nomi va manzilgohi;
rozilik olgan shaxsning to‘liq nomi va manzilgohi;
o‘xshash tovar belgisi egasining imzosi, lavozimi va familiyasi;
egasi rozilik bergan tovar belgisining tasviri;
rozilik olib talabnoma topshirilayotgan belgining tasviri;
rozilik berilgan tovarlar va/yoki xizmatlar ro‘yxati;
rozilik xati berilgan sana, ushbu sanasiz xat haqiqiy emas deb hisoblanadi;
o) quyidagi belgilar:
o‘zga shaxslarga tegishli va O‘zbekiston Respublikasi hududida taniqli bo‘lgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga bo‘lgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar belgisiga doir talabnoma kelib tushish sanasidan avvalroq olingan bo‘lsa, takrorlovchi belgilar;
sanoat namunalarini takrorlovchi belgilar, agar ularga bo‘lgan huquq O‘zbekiston Respublikasida o‘zga shaxslarga tegishli bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan ilmiy asarlar, adabiyot va san’at asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, san’at asarlarini yoki ulardan ko‘rinishlarni mualliflik huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxo‘rlari) roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar;
atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslari va ulardan yasalgan so‘zlarini, bunday shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini, basharti bular O‘zbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy boyligi bo‘lsa, ana shu atoqli shaxslar, ularning merosxo‘rlari yoki davlat organi roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar.
Ushbu bandning “o” kichik bandida ko‘rsatilgan ma’lum va mashhurlik tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etilgan belgining ustuvorlik sanasiga nisbatan aniqlanadi.
5. Qonunning 9-moddasi birinchi qismiga muvofiq tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun beriladigan talabnoma bir tovar belgisiga taalluqli bo‘lishi lozim.
6. Talabnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:
a) tovar belgisi sifatida belgini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma beruvchining uning joylashgan joyi yoki yashash manzili ko‘rsatilgan arizasi (bundan keyingi o‘rinlarda ariza deb yuritiladi);
b) talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;
v) belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va (yoki) xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati.
7. Talabnomaga talabnomani topshirish uchun belgilangan tartibda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.
8. Agar talabnoma jamoaviy belgiga oid bo‘lsa, bunday holda talabnomaga huquqiy va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasi qatnashchilarining jamoaviy belgidan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuvi (bundan keyingi o‘rinlarda Kelishuv deb yuritiladi) ilova qilinadi.
Kelishuvda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
a) jamoaviy belgini o‘zining nomiga ro‘yxatdan o‘tkazishga vakolat berilgan shaxsning nomi;
b) ushbu belgidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati (to‘liq rasmiy nomi va manzilgohini ko‘rsatgan holda);
v) jamoaviy belgini ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadi;
g) jamoaviy belgi bilan belgilanadigan tovarlarning ro‘yxati va yagona sifat yoki boshqa umumiy ko‘rsatkichlari;
d) jamoaviy belgidan foydalanish shartlari;
e) jamoaviy belgidan foydalanishni nazorat qilish tartibi haqidagi nizom;
j) kelishuvni buzganlik uchun javobgarlik haqidagi nizom.
Kelishuv ushbu belgidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan imzolanadi (huquqiy shaxslar uchun muhr bilan tasdiqlanadi). Imzo chekkan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Talabnoma patent vakili orqali berilgan bo‘lsa, qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan va uning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtning o‘zida yoki talabnoma topshirilgan sanadan ikki oydan kechiktirilmay topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Konvensiya ustuvorligi so‘rab berilgan talabnomaga (bundan buyon matnda — konvensiya talabnomasi deb yuritiladi) talabnoma beruvchi tomonidan sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasi qatnashchisi bo‘lgan davlatda berilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusxasi va uning o‘zbek yoki rus tiliga qilingan tarjimasi ilova qilinadi, ular konvensiya talabnomasi Agentlikka kelib tushgan sanadan boshlab uch oy muddatdan kechiktirilmay topshiriladi. Birinchi talabnoma nusxasining tarjimasi talabnoma beruvchi yoki patent vakili tomonidan imzolanadi.
(10-bandning birinchi hatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 35-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988-1, 30.09.2011y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 417-modda)
Konvensiya ustuvorligini belgilash to‘g‘risidagi iltimosnoma, talabnoma berish paytida (guvohnoma berish to‘g‘risidagi arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki Patent idorasiga talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat davomida topshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ko‘rgazmaga oid ustuvorlik so‘rab berilgan talabnomaga, bunday ustuvorlik so‘rashning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat ilova etiladi, u Agentlikka talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab uch oydan kechiktirilmay topshiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 35-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988-1, 30.09.2011y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 417-modda)
Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjat, sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining qatnashchisi bo‘lgan davlatlardan birining hududida tashkil etilgan ko‘rgazmaning maqomini, ya’ni rasmiy xalqaro ko‘rgazma yoki xalqaro deb rasman tan olingan ko‘rgazmaligini tasdiqlashi va tovarlarni namoyish etgan shaxsning nomini, belgini, shu belgi qo‘yilgan tovarlar ro‘yxatini, shuningdek eksponatlarni ochiq namoyish etish boshlangan sanani o‘z ichiga olishi lozim. Hujjat tegishli ko‘rgazma ma’muriyatining vakolatli shaxsi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.




Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish