Bog'liq baxrom shokirov brendning huquqqiy asoslari222 3 555551
Reklamani yopish Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, tovar belgisidan ruxsatsiz foydlanish orqali ayrim uddaburonlar boshqa tadbirkorlarga moddiy zarar yetkazadi, ko‘p hollarda imijlari, to‘plagan obro‘siga putur yetkazadi. Vaholanki, ‘Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida’gi qonunga binoan tovar belgisidan litsenziya shartnomasiga asosan foydalanish qoidalari to‘g‘risida batafsil yozilgan. Shunday ekan tadbirkorlardan o‘z brendlarini yaratishni yoki o‘zgalar tovar belgisidan shartnoma asosida foydalanishlarini so‘rab qolamiz”, — deydi Intellektual mulk huquqlari sohasida monitoring bo‘l imi boshlig‘i Begzod Ro‘ziyev. Avvalroq O‘zbekistonda Red Bull saqichini ishlab chiqaruvchilar 2,4 million so‘m jarimaga tortilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 3. Qashqadaryo viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan Dehqonobod tumanida joylashgan savdo do'konida “korzinka.uz” brendidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanayotganlik holati aniqlandi. Markaz xabarida yozilishicha, mazkur holatda tovar belgisidan huquq egasidan hech qanday ruxsat olmasdan va litsenziya shartnomasi tuzmasdan foydalanilgani uchun huquqbuzarga taqdimnoma kiritildi. Natijada tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanish holatiga chek qo'yilib, o'z xatosidan to'g'ri xulosa chiqargan tadbirkorlik sub'ekti savdo do'koni peshtoqidan xizmat ko'rsatish belgisini olib tashladi.
4. Intellektual mulk agentligi tomonidan “Mareven Food Holdings Limited” kompaniyasi ishonchli vakilining murojaati bo'yicha o'tkazilgan o'rganishlar natijasiga ko'ra, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro M.X tomonidan ushbu kompaniyaga tegishli bo'lgan jamlama ko'rinishdagi “Rollton” tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik holati aniqlandi. Agentlik tomonidan mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan belgilangan tartibda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo'yicha Uchtepa tuman sudiga taqdim etildi. Sud tomonidan huquqbuzar M.X o'zganing tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o'xshash bo'lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanib, O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 177- moddasining 1-qismida ko'rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, M.X ga nisbatan ma'muriy jarima jazosi tayinlandi. Ayni kunlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar huquqbuzar M.X tomonidan qalbakilashtirilgan “Rollton” mahsulotining inson salomatligiga zararli tomonlarini o'rganish maqsadida tekshiruv ishlarini olib borishmoqda, deb xabar bermoqda Intellektual mulk agentligi. 5. Bir qancha vaqt muqaddam Buxoro va Andijon viloyatlarida soxta guvohnoma bilan o'zlarini Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xodimi sifatida tanishtirib, ta'magirlik qilgan shaxslar aniqlangani haqida ma'lum qilingan edi. 2021 yilning 4 iyun kuni Agentlik nomidan noqonuniy foydalanganlik bilan bog'liq yana bir holat aniqlandi. Ma'lum bo'lishicha, Buxoro viloyati Olot tumani hokimligi matbuot kotibiga 2 nafar fuqaro (I.H. va S.M.) o'zlarini Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi koshidagi «Xalq irodasi» gazetasi muxbiri degan guvohnomani (davlat bayrog'i fonida «Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mintaqaviy ijtimoiy-siyosiy nashr «Xalq irodasi» gazetasi muxbiri» yozuvlari kiritilgan 09-sonli xizmat guvohnomasi) ko'rsatib, tumandagi turli sohalarda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni yoritishni ro'kach qilib, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va fermerlar bilan uchrashuv belgilab berishni so'ragan. Shuningdek, ular o'zlarining bu xizmati pullik (bir sahifasi 1 200 000 so'm, yarim sahifasi 600 000 so'm) ekanini aytishgan. Guvohnomadagi muhrda «Xalq demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashi» degan yozuvlar borligi tuman hokimligi matbuot kotibida shubha uyg'otib, u ushbu holat bo'yicha tuman IIBga murojaat qilgan. Ichki ishlar bo'limi xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv davomida ularning yonidan soxta yozuv kiritilgan, davlat ramzlari (gerb va bayroq)dan foydalanilgan xizmat guvohnomasi xolislar ishtirokida belgilangan tartibda hujjatlashtirib olingan. Ayni paytda ushbu shaxslarning harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida Olot tumani IIB tomonidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Aniqlanishicha, «Xalq irodasi» gazetasi muqaddam O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashi muassisligida ochilgan bo'lib, 2020 yil oktyabr oyida tugatilgan va 2020 yil 27 oktyabr kuni «Xalq irodasi» MChJ muassisligidagi «Xalq irodasi» jurnali sifatida qayta ro'yxatdan o'tgan. Shunday bo'lsa-da, I.H. tugatilgan gazetaning muhri va AOKAning nomi kiritilgan xizmat guvohnomasidan qonunga zid ravishda foydalanib kelgan. Shuningdek, “Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi” degan soxta yozuv aks etgan qalbaki guvohnomadan g'arazli maqsadlarda foydalanib, mahalliy davlat hokimiyati vakillari, tadbirkorlik sub'yektlari, tashkilot va muassasalar rahbarlaridan asossiz ravishda ma'lumotlar yig'ib, ta'magirlik qilib kelgan. Xulosa o'rnida eslatib o'tamiz, xizmat guvohnomalarini tayyorlashda davlat ramzlari fonida foydalanish maqsadida muayyan huquq beradigan soxta (noto'g'ri) ma'lumotlar kiritish, uning qalbaki ekanini bila turib, undan foydalanish amaldagi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) hamda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 203 prim-1 moddasi (davlat ramzlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish) talablariga zid hisoblanadi.
XULOS Bu mavzudagi asosiy g’oya brendning huquqini muhofaza qilishdir.Tovar belgilarini muhofaza qilmasdan turib madaniy bozor munosabatlarini o’rnatish mumkin emas.Entelektual mulk obyekti sifatida tovar belgisini o’ziga xos xususiyati uzing tovar va xizmatlar bozoridagi bajaradigan roli bilan tushuntiriladi.
Tadqiqot jarayonida tovar belgilari huquqiy muhofazasi sohasidagi munosabatlarni fuqarolik huquqiy tartibga solinishi ximoya etilishi va tovar belgilari himoyasining qonunchilik asoslari bilan bog’liq qator mavzular,xususan, shaxsiylashtirishvositalarining huquqiy ximoyasiga doir milliy qonun hujjatlari normalari va boshqa xorijiy davlatlarning anologik qonun hujjatlari normalari tovar belgilarining noqonuniy foydalanganlik oqibatida kelib chiqadigan huquqiy javobgarlikning o’ziga jixatlari va tasnifi,mazkur obyektlarini himoya qilishning huquqiy usullari ,shuningdek ushbu obyektlarga nisbatan huquq egalarining buzilgan huquqlarini tiklash taxliliy o’rganib chiqildi.
Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun fuqorolik xuquqiy ,mamuriy va jinoiy javobgarlikning o’zaro bog’liqligi va farqli jihatlari mavjud. Xususan, tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun mamuriy va jinoiy javobgarlikning qo’llanishi tovar belgisining fuqorlik xuquqidagi tushuncha va kategoriyalaridan kelib chiqib belgilnadi. Ko’rsatib o’tilgan javobgarlik turlari xuquqbuzarlik subektlari, xuquqbuzarlikni subektiv tomoni va qo’llanilivchi xuquqiy ta’sir chorasi bilan o’zaro farqlanishi belgilab o’tilgan.