Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmoniga12 muvofiq qabul qilingan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYasini «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish» deb nomlangan uchinchi yo‘nalishi 3.4.-bandida Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish belgilab qo‘yilgan. Buning uchun xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, tadbirkorlik sub‘ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur uchinchi yo‘nalishadа viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish ko‘rsatib o‘tilgan.
Mamlakatimiz tomonidan amalga oshirish lozim bo‘lgan mazkur vazifalar hamda o‘rganishlardan kelib chiqib mintaqalar tadirkorlik muxitlarini yaxshilash va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlarni amalga oshirish lozim.
Viloyatda hudud iqtisodiyotini mustahkamlanishi, mavjud ichki salohiyatdan
foydalanish imkoniyatlarini kuchaytirish, hudud aholisi daromad darajasini
12 http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=3107036
oshirish va shu orqali aholining turmush darajasini ko‘tarishga oid amaliy tadbirlarni rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyati asosiy omil sanaladi.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishda, mintaqa mahalliy bozorini ichki resurslar hisobiga to‘yintirish hamda hududning eksport salohiyatini oshirishda tadbirkorlik asosiy o‘rin tutuadi.
Albatta, bu boradagi asosiy mas‘ulyat yirik ishlab chiqarish tuzilmalari hissasini va ahamiyatini inkor qilmagan holda ko‘p jihatdan kichik va xususiy tadbirkorlik zimmasiga tushayotganligini alohida ta‘kidlab o‘tish joiz.
Ayniqsa bu borada Namangan viloyati singari iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi sezilarli darajada ustunlikka ega bo‘lgan hududiy birliklar rivojlanishida kichik va xususiy tadbirkorlik muhim mavqega ega sanaladi.
SHu nuqtai nazardan Namangan viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish doimo diqqat e‘tiborda bo‘lmog‘i maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |