O‟zbekist



Download 0,54 Mb.
bet10/18
Sana12.04.2022
Hajmi0,54 Mb.
#546632
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan korxonalar va tashkilotlar ulushi (sonda) (fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari)





Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi malumotlari 8
Iqtisodiy faoliyat turlari boyicha jami fao liyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilot laming 24,3 foiz savdoda, 19,5 foiz sanoatda, 7,3 foiz qurulishda, 7,3 foiz qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida, 4,0 foiz yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda, 3,5 foiz tashish va saqlash, 1,5 foiz axborot va aloqa, 2,2 foiz sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va 30,4 foiz boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘gri keladi.
Mintaqalar iqtisodiy geografik vaziyatini shakllanishi va tadbirkorlik


muxtini rivojlanishida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar faoliyati va
8 http://www.namstat.uz
ularning hududiy tashkil etilishi ham muhim ko‘rsatkichlardan sanaladi.


2017 yilda Namangan viloyatida jami 103 ta Xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar mavjud bo‘lib, ulardan 71 tasi qo‘shma korxonalar toifasiga mansub xisoblanadi.
Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Namangan shahri va Uychi, Namangan, Pop, Chust, Kosonsoy, Chortoq tumanlari hissalariga to‘g‘ri keladi. Eng kam xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan korxonalar esa Mingbuloq, Norin, Uchqo‘rg‘on va Yangiq‘org‘on tumanlari hissalariga tog‘ri keladi (2-jadval). Bu esa mazkur hududlarda xorijiy hamkorlar bilan ishlashni, investitsiyalar jalb etish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni yanada
rivojlantirishni talab etadi.


2-jadval


Namangan viloyatida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning hududlar boyicha taqsimlanishi





Hududlar

Soni

Ulushi

1

Namangan sh

45

43,8

2

Mingbuloq t

1

1,0

3

Kosonsoy t

6

5,8

4

Namangan t

7

6,8

5

Norin t

3

2,9

6

Pop t

7

6,8

7

To‘raqo‘rg‘on t

6

5,8

8

Uychi t

9

8,7

9

Uchqo‘g‘on t

3

2,9

10

Chortoq t

6

5,8

11

Chust t

7

6,8

12

Yangiqo‘rg‘on t

3

2,9




Jami

103

100



Jadaval Namangan viloyati statistika boshqarmasi malumotlari asosida tuzilgan
Viloyatida 2017 yilning o‘zida 17 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar
tashkil etilgan bo‘lib, shulardan asosiy qismi Namangan shahri (7 ta), Kosonsoy (2 ta), Pop (3 ta), To‘raqo‘rg‘on (2 ta) tumanlarida tashkil etilgan. SHuningdek, Uychi, Uchqo‘rg‘on hamda Yangiqo‘rg‘on tumanlarida ham bittadan shunday korxonalar tashkil etilgan.
Viloyatdagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar toifasiga mansub korxonalarning asosiy qismi sanoa tarmoqlarida faoliyat yuritadi. Faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taxlil qilinadigan bo‘lsa eng ko‘p korxonalar sanoat tarmog‘ida tashkil
etilgan (3-rasm )


(3-rasm).


Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi (foizda)


Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi malumotlari 9
Ko‘rinib turibdiki faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Sanoat va savdo faoliyat turiga to‘gri keladi. Shuningdek eng kam ulushi esa sog'liqni saqlash va ijtimoiy xiz matlar hamda
axborot va aloqa faoliyat turlariga togri keladi.
9 http://www.namstat.uz
Tadbirkorlik muxitida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning tarkibida hamkor davlatlarning geografiyasi ham mazkur mintaqa ixtisoslashuviga katta ta‘sir ko‘rsatadi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatadik, viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi 103 ta korxonalarning 69,9 foizi (72 ta) uzoq xorijiy davlatlar hissasiga, 30,1 foizi (31 ta) esa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari hissasiga to‘g'ri keladi. Jumladan, viloyatda MDX davlatlari ishtirokidagi korxonalar sonida Rossiya Federatsiyasi ishtirokidagilar mutloq ustunlikka ega bo‘lib, ularning soni 23 tani tashkil etadi. Ushbu korxonalar Namangan shaxrida 10 tani, Pop va Chustda 3 tadan, Chortoqda
2 tani, To‘raqorg‘on, Norin, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Namangan tumaniarida


1 tadanni tashkil etadi.


Uzoq davlatlar ishtirokidagi korxonalarning 23 tasi Xitoy Xalq Respublikasi,


12 tasi Turkiya Respublikasi, 8 tasi Janubiy Koreya Respublikasi, 5 tasi Buyuk


Britaniya qolganlari esa Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi va boshqa


davlatlar hissasiga togri (4-rasm)


(4 rasm)


Uzoq davlatlar ishtirokidagi korxonalar soni togrisida malumot



Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi malumotlari
Mintaqalar iqtisodiyotini erkinlashtirish, iqtisodiy munosabatlarda demokratik tamoyillarning ustunligini ta‘minlash, erkin iqtisodiy xo‘jalik faoliyatini qaror toptirish va kafolatlash tizimining barpo etilishi bilan bog‘liq ustuvor vazifalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyatini asosiy shakllaridan bo‘lgan kichik biznes va hususiy tadbirkorlikning o‘rni katta sanaladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qo‗llab–quvvatlash va rag‗batlantirish, ularni erkin faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit va muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida Namangan viloyatida kichik biznes sub‘ektlarining soni 16928 tani tashkil qildi. SHundan, dexqon va fermer xo‗jaliklarini xisobga olmaganda 2017 yilda 2353 ta kichik biznes sub‘ektlarini tashkil etildi (2016 yilning shu davriga nisbatan 119,9 foizga ko‗pdir). Tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub‘ektlarining ixtisoslashuv darajasi viloyat huduiy mehnat taqsimotiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi. SHu jihatdan, assoiy kichik biznes sub‘ektlari sanoat tarmog‗ida (34,4 foizi), savdo sohasida (26,0 foiz), qishloq, o‗rmon va baliqchilik xo‗jaligida (12,7 foiz) va qurilishda (5,6
foiz) tashkil etilgan (-rasm).


(5-rasm)


Yangi tashkil etilgan kichik biznes subektlarining iqtisodiy faoliyat turlari boyicha taqsimlanishi

Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi malumotlari
Ustuvor vazifaning muvafaqqiyatli ijrosi o‘z navbatida yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarishda muhim o‘rinni egallaydigan, fuqarolarning muhim daromad manbai va mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosi bo‘lgan kichik biznes sektorining mavqeini yanada oshirish hamda tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni taqozo etadi. 2017 yil viloyat yalpi hududiy mahsulotning 70,6 foizi (2016 yilda 71,0 foiz) kichik biznes sub‘ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan. Ma‘lumotlarga ko‘ra mazkur yilda kichik tadbirkorlik (biznes) sub‘ektlari tomonidan 863,4 ming nafar kishining bandligi ta‘minlangan bo‘lib, jami iqtisodiyotda band bo‗lganlarning 83,4 foiziga to‘g‘ri kelgan. Bu sohada band bo‗lganlarning 601,1 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatida, 137,5
ming nafari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga togri keladi.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish