O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
«Himoyaga ruxsat etildi»
Tabiiy fanlar fakulteti dekani, g.f.n., dotsent A.A.Nazarov
« » 2018 y.
5140600-geografiya bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi
bitiruvchisi
Abduraximov Shaxboz Abdumalik o‟g‟lining
“Namangan viloyati tadbirkorlik muhitining shakllanishi va rivojlanishini hududiy xususiyatlari”
mavzuidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
«Himoyaga tavsiya etildi»
Geografiya kafedrasi mudiri
g.f.n., dots. X.Mirzaaxmedov
« » 2018 y.
BMI rahbari: g.f.n., dots.
X.Mirzaaxmedov
Namangan – 2018
M U N D A R I J A
KIRISH............................................................................................... ............... 3
1-BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI GEOGRAFIK
O‟RGANISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI .................................. 7
1.1
|
Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyotda tutgan o‘rni .........................
|
7
|
1.2
|
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning xorij tajribasi .......................
|
15
|
1.3
|
O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlari............
|
25
|
2-BOB. NAMANGAN VILOYATIDA TADBIRKORLIK MUXITINI
XUSUSIYATLARI ...........................................................................................
2.1 Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari va tadbirkorlikni
|
37
|
rivojlantirish sharoiti ..............................................................................
|
37
|
2.2 Namangan viloyatida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish xususiyatlari ..........................................................................................
|
46
|
2.3 Istiqbolda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari ...........
|
57
|
Xulosa……………………………………………………………………….
|
63
|
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..
|
65
|
RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI VA O‟ZIGA XOS
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati. Mamlakatda xususiy mulk va tadbirkorlikning yanada rivojlanishi, chet el investitsiyalarining keng jalb qilinishi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlarga chiqishiga va valyuta zahiralarini ko‘payishiga xizmat qiladi. Tadbirkorlik tuzilmalari o‘zlari yangi ish joylari barpo etishlari, ichki bozorda tovarlar tanqisligini kamaytirishlari, narx barqarorligi, raqobat muhitini qaror toptirishda muhim o‘rin egallashlari hamda qishloq xo‘jaligi mutloq ustunlikka ega bo‘lgan ayrim hududiy birliklarda mahalliy byudjetlar daromad qismlarining asosiy manbaalari bo‘lishliklari bilan o‘zining kutilgan sa marasini bermoqda. Bugungi kunda “...tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xususiy mulk daxlsizligini amalda ta‘minlash bundan buyon ham davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, ana shu konstitutsiyaviy qoidaning izchil amalga oshirilishi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini jadal rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan barcha ishlarimizning mazmun-mohiyatini belgilab
beradi‖1.
Bugungi kunda yurtimizda 525 mingdan ortiq tadbirkorlik sub‘ekti faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning 56 foizdan ortig‘i kichik va xususiy biznes sub‘ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan bo‘lib, ular respublikamiz mehnatga layoqatli aholisining 78 foizdan ortig‘ini
ish bilan ta‘minlamoqda2.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, jumladan, biznes sohasi vakillari va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqot va foydali hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, xususiy mulk va tadbirkorlikning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza
qilish kafolatlarini kuchaytirish, viloyatlar va tumanlarda biznes-muhitni
1 Президент Шавкат Мирзиѐевнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 25 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. http://president.uz/uz/lists/view/1328
2https://kun.uz/news/2017/06/20/prezidentning-angi-farmoni-tadbirkorlik-faoliati-rivozlanisini-tubdan-uzgartiradi
takomillashtirish masalalari bo‘yicha, shuningdek, tadbirkorlik sub‘ektlariga, avvalo, viloyatlar, shahar va tumanlarda sifatli davlat xizmatlari taqdim etilishini ta‘minlash davlat organlari va tadbirkorlik tuzilmalarining o‘zaro hamkorligini, ayniqsa, tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini endi boshlagan davrlarda ularni qo‘llab-quvvatlashning yangi samarali tizimini yaratishni taqozo etadi.
Yuqorida ta‘kidlanganidek, iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tuzilmalar xo‘jaligi xususiy tadbirkorlik ta‘sir doirasida oshib boradi. Jahon mamlakatlari tajribasida ham tadbirkorlik faoliyati va ularning jadal rivojlanishi uchun tadbirkorlik muxitini shakllantirishga e‘tibor qaratilishi kuzatiladi . Umuman olganda, mintaqalar xo‘jaligi ishlab chiqarish sub‘ektlari samaradorligida ham tadbirkorlik ijobiy samara beradi. Xolbuki, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omili sifatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi ma‘muriy g‘ov va sun‘iy to‘siqlarni bartaraf etish va iqtisodiyotni yanada jadallik bilan rivojlanishiga asos bo‘lishi shubhasiz. Shundan kelib chiqib, iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, ularning samaradorlik darajasini oshirish shu kunning davr talabi ekanligini inobatga olgan holda hududlar miqyosida tadbirkorlikni rivojlantirish, undagi muammolar va yechimini kutayotgan vazifalarni tadqiq etish dolzarb va amaliy xarakterga ega hisoblanadi.
Ishning masad va vazifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishi oldidagi maqsad Tadbirkorlik faoliyatini geografik o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiqiq qilish orqali Namangan viloyatida tadbirkorlik muxitini rivojlantirish imkoniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlari ni aniqlash va bu bo‘yicha amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishi oldiga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi bir qator vazifalarni amalga oshirish taqozo qilinadi:
- tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish;
- tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning xorij tajribasi ni o‘rganish;
- O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlarini tahlil qilish;
- Namangan viloyatida tadbirkorlik muxitida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari va tadbirkorlikni rivojlantirish sharoitlarini tadqiqi etish;
- Namangan viloyatida tadbirkorlik faoliyatining i stiqbolda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash va bu bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va boshq.
Bitiruv malakaviy ishining obekti. Bugungi kunda Namangan viloyatida yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari yetkazib beradi3. Bundan ko‘rinib turibdiki, Namangan viloyatining yaqin istiqboldagi rivojlanishi tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishi bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra mazkur bitiruv malakaviy ishi ishining ob‘ektini Namangan
viloyati tadbirkorlik muxitida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik tuzilmalari tashkil qiladi.
Mintaqa tadbirkorlik muxitida faoliyat yuritayotgan korxonalarning hududlar va tarmoqlar bo‘yicha rivojlanishidagi qonuniyatlar, xususiyatlar hamda ularning hududlar bo‘yicha samaradorligini o‘rganish, ularning iqtisodiyot birliklaridagi o‘rni va rivojlanishi tahlili bitiruv malakaviy ishida gavdalantirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |