Fizik xossalari Spirtlarning C10 gacha bo’lganlari suyuqlik va undan yuqorilari qattiq moddalardir. Dastlabki vakillari suv bilan istalgan nisbatta aralashadi. O’ziga xos xidga ega. Ularning molekulyar massalari ortib borishi bilan suvda eruvchanligi kamayib hidi yoqimsiz bo’lib boradi, qaynash harorati ham ortib boradi. Normal tuzilishga ega bo’lgan spirtlar izomerlariga qaraganda yuqori haroratda qaynaydilar. Spirtlar vodorod bog’lanishi hosil qilagnligi sababli yuqori haroratda qaynaydilar: Spirtlar orasida metil spirti o’ta zaharli hisoblanadi, uning 10 ml inson ko’rish qobilyatini yo’qotishiga, 30 ml esa o’limiga sabab bo’ladi. spirtlarning kimyoviy xossalari Bir atomli spirtlar kimyoviy jihatdan nisbatan faol birikmalar bo’lib, ular OH – guruhdagi vodorod atomi, hamda OH - guruh bog’langan uglevodoroddagi vodorodlar hisobidan kimyoviy jarayonlarga kirisha oladilar. Bir atomli spirtlar neytral xarakterga egadirlar. Ammo ular juda kam darajada amfoterlik hususiyatini namoyon qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |