Dimetilsulfat (CH3)2SO4 kuchli metillovchi agent, ammo u o’ta zaharli bo’lganligi uchun kam ishlatiladi. Spirtalar bilan organik karbon kislotalar orasida boruvchi jarayonning ahamiyati g’oyat kattadir. Chunki bu jarayon natijasida hosil bo’ladigan birikmalar oziq-ovqat sanoatida. Plastmasslalar olishda, erituvchi sifatida va boshqa sohalarda keng ko’lamda ishlatiladi Bu jarayon qayta xarakterga ega bo’lib, muvozanat kislota katalizatorligida o’ngga, ishqor (asos) katalizatorligida esa chapga siljiydi. Chapga boruvchi jarayonni sovunlanish deyiladi, chunki bu jarayon natijasida sovun (va unga o’xshash moddalar) hosil bo’ladi. Spirtlardan suvning ajralish jarayoni (degidrotatsiya) ikki xil yo’nalishda sodir bo’lishi mumkin: jarayon suvni tortib oluvchi vositalar sulfat, ortafosfat kislotalar, alyuminiy oksidli va boshqalar ishtirokida boradi. Suv bir molekula spirtdan (ichki molekulyar degidratlanish) yoki har xil molekula spirtdan ajralib chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |