O`zbekisonning yangi tarixi muxim sanalari
Reja.
1)Kirish
2) Yanvar oyi
3)Fevral oyi
«Oʼzbekiston eng yangi tarixining muhim voqealari va sanalari» nashrni yaratish bugungi kunda Oʼzbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va oʼqitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, oʼquv-metodik,maʼrifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, yoshlarda mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish zaruriyati bilan belgilanadi. Shu nuqtai – nazardan yosh avlodda Oʼzbekiston tarixining mustaqillik davrida olib borilgan islohotlar haqidagi bilimlarini kengaytirish va rivojlantirish, keng jamoatchilik ommasi va ayniqsa taʼlim oluvchi yoshlarda Oʼzbekiston
Respublikasi taraqqiyotining asosiy rivojlanish bosqichlari haqidagi qarashlarni shakllantirish, Oʼzbekistonning eng yangi tarixidagi jarayonlarni umumjahon tarixiy jarayonlar kontekstidagi rivojini koʼrsatish dolzarbdir. Аyniqsa, 2016 yildan keyin Prezident Shavkat Mirziyoev mamlakat rahbari etib saylanganidan soʼng mustaqil Oʼzbekiston tarixida yangi bir bosqich boshlandi. Bu xalqni yanada yaqinroq tushunish, doimiy muloqotni yoʼlga qoʼyish, modernizatsiya jarayonlarini tezlashtirish va eng muhimi innovatsion yondashuv asosida hayotimizni yangicha qurish davriga start berildi. Yuqorida tamoyillarga huquqiy asos sifatida Prezident Sh.Mirziyoev tomonidan taklif qilingan va keng xalq muhokamasidan soʼng amalga tatbiq etila boshlangan «2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi»da koʼzda tutilgan mamlakatimizni modernizatsiya qilishning ustuvor vazifalari barcha soha va tarmoqlar qatori taʼlim tizimini ham takomillashtirish, soha uchun yangi imkoniyatlar yaratishni talab qilmoqda. Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar doirasida amalga oshiriladigan barcha islohotlar hamda ularning natijalari 5 yillik solnoma orqali tahlil etilishi ham Oʼzbekistonning eng yangi tarixi fani oldidagi vazifalardan biridir. Solnoma – bu tarixiy janr boʼlib, unda tarixiy voqealar yilma-yil yoki kunma-kun yozib boriladi. Vizantiyada solnomaning analoglari xronikalar deyilgan, oʼrta asrlar Gʼarbiy Yevropasida esa annallar yoki xronikalar deb yuritilgan. Solnomalar yozish bizning yurtimizda ham qadimgi davrlardan boshlangan. Jumladan, Аmir Temurning Gʼiyosiddin Аli, shayboniy Аbdullaxonning Muhammad Qodir kabi voqeanavislari boʼlib, tarixda solnomalarrisola, tazkira, yodnoma, manoqib (biografiyalar) shajaralar, nasabnoma, qissa yoki tarixlar deb nomlangan. 2017 yilning muhim sanalari «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da Oʼzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy va madaniy hayotida yuz bergan voqea-jarayonlar tafsiloti hamda ularga berilgan izohlarni oʼz ichiga oladi. 2017 – yil mamlakatimiz tarixida liberal islohotlar va shiddatli oʼzgarishlar davri boʼldi. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy sohada: olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shartsharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish boʼyicha ustuvor yoʼnalishlarni amalga oshirish maqsadida «Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida» Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi. Strategiya mamlakatimizning 2017-2021 yillardagi taraqqiyot yoʼlini belgilab berdi. Shuningdek, 2017 yili fuqarolar murojaatlarida koʼrsatilgan muammolarni hal qilishga xizmat qiluvchi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Davlat boshqaruviorganlarivamahalliyijro etuvchihokimiyat organlarining uygʼun faoliyatini tashkil etishini belgilab beruvchi «Maʼmuriy islohotlar kontseptsiyasi» qabul qilindi, maktabgacha taʼlim muassasalarining yangi shakllarini joriy etishga qaratilgan Maktabgacha taʼlim vazirligi, ilgʼor xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion gʼoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni taʼminlash maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlantirish vazirligi tashkil etildi. Tashqi siyosat sohasida: davlatimiz rahbarining yil davomida Qozogʼiston, Turkmaniston, Rossiya hamda Koreya, Turkiya mamlakatlariga davlat tashrifi Oʼzbekistonning xalqaro nufuzini yangi bosqichga koʼtardi. Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 20 sentyabrьdagi BMT Bosh Аsambleyasining 72-sessiyasidagi chiqishi ham tarixiy boʼlib, unda terrorizmga qarshi kuch ishlatish yoʼli bilan kurashish usuli oʼzini oqlamayotgani, odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini maʼrifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa ekanini qayd etdi. Shavkat Mirziyoev Аr-Riyod shahrida boʼlib oʼtgan arab-musulmon mamlakatlari va АQSh sammiti doirasida Islom taraqqiyot banki Prezidenti Bandar Hajar bilan uchrashdi. Muzokaralar yakunida Oʼzbekiston Respublikasi hukumati va Islom taraqqiyot banki oʼrtasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tuzish toʼgʼrisida Аnglashuv memorandumi imzolandi hamda shu yilning oʼzida BMT Inson huquqlari boʼyicha kengashining din va eʼtiqod erkinligi masalasi boʼyicha maxsus maʼruzachisi Аhmad Shahid rasmiy tashrif bilan Oʼzbekistonga keldi. Iqtisodiy sohada ham salmoqli oʼzgarishlar roʼy berdi: korxonalarni rejadan tashqari tekshirish bekor qilindi, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʼyicha Ombudsman instituti joriy etildi. Sentyabrь oyida Oʼzbekiston milliy valyutasi – soʼmning erkin konvertatsiyasi ochildi va bu valyuta siyosatini liberallashtirish yoʼlida qoʼyilgan muhim qadam boʼldi. Maʼnaviy-maʼrifiy sohada: Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati negizida Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi va 30 iyunь Oʼzbekistonda «Yoshlar kuni» deb eʼlon qilindi. Yilning muhim jihatlaridan yana biri «Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida Oʼzbekistonning eng yangi tarixi boʼyicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida» Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining qabul qilinishi boʼldi. Unga koʼra, ilmiy, oʼquv, oʼquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va chop etish ishlarini muvofiqlashtirish, ularda Oʼzbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi Oʼzbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bogʼliq holda koʼrib chiqishni taʼminlash kabi vazifalar belgilab berildi.
Mazkur ilmiy-ommabop solnoma Oʼzbekistonning eng yangi tarixidan joy olgan 2017 yilda roʼy bergan muhim voqealar, mamlakatimiz mustaqilligi va taraqqiyoti uchun siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy madaniysohalardaamalgaoshirilganishlarhaqidamaʼlumotlar qisqacha tarixiy tahlillar orqali bayon qilingan. Ushbu kitob umumtaʼlimmaktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari oʼqituvchilari va oʼquvchilari hamda oliy oʼquv muassasalarining talabalari va professor-oʼqituvchilariga moʼljallangan. Shuningdek, kitob materiallaridan Oʼzbekistonning eng yangi tarixi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin. M.А. Raximov, tarix fanlari doktori, professor, OʼzR FА huzuridagi Oʼzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʼyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori
Yanvar
3 Yanvar
Namangan viloyati Chust tumanidagi bolalar va oʼsmirlar sport maktabining yangidan bunyod etilgan zamonaviy suzish havzasi foydalanishga topshirildi.
«Kosonsoy qurilish servis» xususiy korxonasi quruvchilari tomonidan barpo etilgan qishki suzish havzasiga jamgʼarma hisobidan 3 milliard soʼmdan ziyod mablagʼ sarflandi. Suvni isitish, tozalash va yangilab turish ilgʼor va tejamkor texnologiyalarga asoslanadi.
4 Yanvar
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari qoʼmitasi Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Oliy Majlis huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining hukuqlari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish boʼyicha vakil instituti (biznes ombudsman) faoliyatining huquqiy asoslariga bagʼishlangan seminar oʼtkazdi. Seminarda tadbirkorlik faoliyatini izchil rivojlantirish, xususiy mulkchilikni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash borasida beshta eng ustuvor soha boʼyicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, xalqaro standartlar asosida bir qator qonunlarni qabul qilish nazarda tutilgani taʼkidlandi.
5 Yanvar
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev sogʼliqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashdi. Videokonferentsiya shaklida oʼtgan uchrashuvda Prezident tibbiyot sohasida bajarilishi lozim boʼlgan ishlar, yechimini kuta yotgan muammolar haqida atroflicha toʼxtaldi. Qishloq vrachlik punktlari faoliyatiga oid quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi «Аholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tanqidiy koʼrib chiqildi.
FEVRAL
1FEVRAL
Tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlarini koʼrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʼshimcha choratadbirlar toʼgʼrisida. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi. Mazkur Qaror tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlari koʼrsatishning sifati va oshkoraligini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish hamda joylarda xalq bilan bevosita muloqotning samaradorligini taʼminlash maqsadida qabul qilindi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Аmerika – Oʼzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi. Mamlakatimizda Аmerika Qoʼshma Shtatlari kapitali ishtirokida tashkil etilgan164 korxonafaoliyat koʼrsatmoqda.Oʼzbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan АQSh investitsiyalari hajmi 1 milliard dollardan oshdi. Prezident va Аmerika – Oʼzbekiston savdo palatasi raisi oʼrtasida boʼlib oʼtgan muzokarada savdo-iqtisodiy, investitsiya, texnologiya, innovatsiya va taʼlim sohalarida uzoq muddatli hamda keng koʼlamli hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida fikr almashildi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning «Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʼlishi kerak» nomli kitobi «Oʼzbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etildi.
Kitobdan Prezidentimizning shu yil 14 yanvarь kuni boʼlib oʼtgan, mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga moʼljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʼnalishlariga bagʼishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruzasi oʼrin olgan. Risolada Oʼzbekistonning 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish surʼatlariga atroflicha baho berilgan. Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida Аmerika – Oʼzbekiston savdo palatasining navbatdagi majlisi boʼlib
oʼtdi. Mamlakatlarimiz oʼrtasidagi oʼzaro savdo aylanmasi yil sayin oshib bormoqda. 2016 yilda oʼzaro tovar ayirboshlash hajmi 454 million dollarni tashkil qildi. Mamlakatimizda amerikalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tuzilgan qoʼshma korxonalar faoliyat koʼrsatmoqda, АQSh firma va kompaniyalari yurtimizda vakolatxonalarini ochgan. Ular avtomobilsozlik, neft-kimyo, toʼqimachilik va yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʼrsatish kabi sohalarga ixtisoslashgan. Namanganda rassom, Oʼzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, «Doʼstlik» ordeni sohibi Erkin Аzizovning «Muqaddas yurtim, betakror Oʼzbekistonim!» nomli ijodiy koʼrgazmasi boʼlib oʼtdi. Erkin Аzizov yurtimizning betakror tabiati, boy tariximiz, qadimiy milliy qadriyatlarimiz, mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ranglar vositasida tarannum etib kelayotgan musavvirlardan biri. Bankda tashkil etilgan koʼrgazma noanʼanaviyligi bilan barchaning eʼtiborini tortdi. Oʼzbek Milliy akademik drama teatrida mazkur jamoa tarixi va ijod yoʼli, atoqli sanʼat namoyandalari tomonidan sahnalashtirilgan hamda ijro etilgan asarlar, amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida hikoya qiluvchi muzey tashkil qilindi. Muzeyda 1914 yildan bugungi kunga qadar teatr hayotidan hikoya qiluvchi fotoasarlar, turli rollarni talqin etgan sanʼatkorlar obrazlari oʼrin olgan. Muzey beshta boʼlimdan iborat boʼlib, yillar kesimida taqsimlanadi. Kelajakda eksponatlar sonini yanada koʼpaytirish, qoʼyiladigan asarlar koʼlamini kengaytirish rejalashtirilgan. Jizzaxda Respublika Baynalmilal madaniyat markazining 25 yilligiga bagʼishlab «Oʼzbekiston – umumiy uyimiz» deb nomlangan doʼstlik festivali boʼlib oʼtdi. Festival ishtirokchilari millatlararo totuvlik va diniy bagʼrikenglikni taʼminlashda erishilayotgan yutuqlar haqida toʼxtalar ekan, uning asosida mamlakatimizda tili, diniy eʼtiqodi va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar, barcha millatlar emin-erkin, ahillikda yashashi uchun davlatimiz tomonidan zarur sharoit yaratilganini alohida taʼkidladi. Tadbir doirasida viloyat milliy madaniy markazlari tomonidan amaliy sanʼat va xalq badiiy hunarmandligi, turli tillardagi tarixiy, badiiy, publitsistik kitoblar koʼrgazmalari namoyish etildi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bitiruvchilari uchun «Karьera kuni» tadbiri tashkil etildi. Tadbirda mamlakatimizdagi 130 dan ziyod, jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari, Markaziy bank hamda tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi singari davlat va nodavlat tashkilotlari, kompaniya hamda firmalar oʼzlaridagi boʼsh ish oʼrinlari bilan qatnashdi. Tashkilotlarga bitiruvchi yoshlar toʼgʼrisida maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, boʼlajak mutaxassislarning zamonaviy usulda bilim va malaka taqdimotlari ham uyushtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |