Oldini olish va qarshi kurashish. Nosog‘lom xo‘jaliklarda kompleks veterinariya-sanitariya va davolash tadbirlari o‘tkaziladi.
Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: suv havza- larini qo‘zg‘atuvchining kirib qolishidan muhofaza qilish, kasal- likni yo‘qotish, buning uchun, baliqlarni reja asosida gelmint- sizlantirib borish. Gelmintsizlantirish uchun davolovchi oziqa — siprinotsestin (tarkibida 1% fenasal mavjud) preparati guruh usulida beriladi. Baliqlarni bir oziqlantirish uchun davolovchi oziqa miqdorini (dozasini) suvning harorati va baliq yoshiga qarab quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
X=ABC/100;
X — siprinotsestinning zaruriy miqdori, kg; A — bir bosh baliqning o‘rtacha og‘irligi, kg; B — suv havzasidagi baliqlar soni, ekz; C — baliq massasiga nisbatan siprinotsestinning talab qilinadigan miqdori ma’lum suv haroratida, foiz (%) hisobida.
6-jadval
Bir guruh baliqlarga siprinotsestinning taxminiy miqdori
Suvning harorati, °C
|
Baliq massasiga nisbatan siprinotsestinning talab etiladigan miqdori, %
|
Shu yilgi baliqlar
|
2 yoshli baliqlar
|
Naslli va tuzatish guruhi
|
14—16
|
8
|
7
|
6
|
17—18
|
10
|
8
|
7
|
19—20
|
12
|
10
|
8
|
21—25
|
14
|
12
|
10
|
Shu yilgi baliqlar iyul yoki avgust oylarida invaziyaning avj (ko‘tarilayotgan) olinayotgan vaqtida gelmintsizlantiriladi. 7—8 kun o‘tgach qayta gelmintsizlantirilib, 100% li natijaga erishiladi. Ushbu suv hovuzlarida segoletkalarning qayta zararla- nish ehtimoli bor, chunki gelmintsizlantirish jarayonida suvda qo‘zg‘atuvchining bo‘g‘inlari va tuxumlari tushgan, shuning uchun kuzda (sentabr yoki oktabr oylarida) ushbu guruhdagi baliqlarni gelmintsizlantirish o‘tkazilishi shart. Suv harorati 8—10 °C ga tushib qolsa davolovchi oziqa ikki marotaba beriladi. Ikki yoshdagi
zog‘orabaliqlarni bir marotaba yayrovchi suv hovuzlariga o‘t- kazilgandan so‘ng bir oy o‘tgach gelmintsizlantiriladi. Naslli va tuzatish guruhidagi baliqlarga bahorda ikra qo‘yishdan oldin davolovchi oziqa beriladi. Naslli va tuzatish guruhidagi baliqlarni individual tarzda gelmintsizlantirish mumkin. Buning uchun fe- nasalni suv bilan aralashtiriladi, hosil bo‘lgan emulsiyani shprisga tortib olinadi, uchiga rezina shlangcha ulanadi (yoki elastik kateter) va baliqning og‘zi orqali ichagiga yuboriladi. 0,5—1,5 kg og‘irlik- dagi baliqlar uchun 0,3—0,4 g/kg miqdorda beriladi. Òermal va geotermal suvlarda o‘stirilayotgan zog‘orabaliqlarga davolovchi oziqani zararlanish vaqtini inobatga olib har 60—70 kunda berib boriladi. Nosog‘lom suv havzalaridan vegetatsiya davri tugab bo‘lgach, barcha baliqlar ovlanib sotuvga chiqariladi. Hovuzlar- ning suvlari xo‘jalik chegarasidan tashqariga, umumiy suv havzasi tarmog‘iga tushmasligi uchun chiqarib tashlanadi. Hovuz osti- dagi loyqalar quritiladi va suv havzasi qishda suvsiz qoldiriladi, muzlatiladi, so‘ngra xlorli ohak bilan 5—6 s/ga hisobida yoki so‘ndirilmagan ohak bilan 25 s/ga hisobida ishlov beriladi. Ho- vuzlar quritilgach botriosefaloz tuxumlari 15—20 soatdan so‘ng nobud bo‘ladi, muzlatilganda esa 48 soatdan so‘ng o‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |