O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


Epizootologik ma’lumotlar



Download 9,61 Mb.
bet100/134
Sana02.07.2022
Hajmi9,61 Mb.
#730325
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   134
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus

Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik karpchilik xo‘jaliklarida keng tarqalgan bo‘lib, ham hovuzli xo‘jaliklarda va ham tabiiy suv havzalarida qayd etilgan. Faqat zog‘orabaliq, sazan va ular- ning gibridlari kasallanadi. Chavoqlar 7—8 kunligidan zoo- planktonlar bilan oziqlanishga o‘tish vaqtidan boshlab zararla- nadi. Invaziyaning ekstensivligi va intensivligi may oyidan iyul oyigacha oshib boradi. Iyul oyining oxirida kelib invaziyaning ekstensivligi 80—90% ga yetib, har bir baliq organizmida 7—12 ta va undan ham ko‘p lichinkalar bo‘lishi mumkin. 2—3 haftalik chavoqlar orasida ommaviy ravishda o‘lim kuzatiladi.
Ekstens va intensinvaziyaning eng yuqori bosqichi 2 va 3 yoshli baliqlarda namoyon bo‘ladi. Kuz va qish fasllarida zararlanish kuzatilmaydi. Yozda zararlangan baliqlar kelgusi yili bahorgacha qoladi.
Invaziyaning manbayi — bu zararlanib qishlagan baliqlar, invaziyalangan qisqichbaqalar hisoblanadi.
Kasallik belgilari. Kasallik o‘tkir va surunkali oqimlarda ke- chadi. Kasallikning o‘tkir oqimi 2—3 haftalik chavoqlar orasida bahor-yoz oylarida kuzatiladi. Chavoq organizmiga tushgan qo‘z- g‘atuvchining lichinkalari turli ichki organlarga migratsiya qiladi. Natijada jigar, suzgich pufagi, buyraklar va boshqa organlarning funksiyasi buziladi. Hali unchalik chidamli bo‘lmagan chavoq organizmi lichinkalarning ta’siriga ancha sezuvchan bo‘ladi. Ka- sallikning boshlang‘ich davrida baliqlarning harakat koordi- natsiyasining buzilishi xarakterlidir. Chavoqlar tez va tartibsiz aylanma harakat qiladi. Bunday harakat tartibsiz yonboshiga su- zish, suvdan otilib chiqish kabi harakatlar bilan almashib turadi. Yaqqol klinik belgilar bilan kasallikning kechishi 1—3 kun davom etib, chavoqlarning nobud bo‘lishi bilan yakunlanadi.
O‘lgan chavoqlarni yorib ko‘rilganda 7—12 filometroides lichinkalari topiladi, suzgich pufagining devori yorilib ketgan bo‘ladi. Ushbu yilgilarning nobud bo‘lishi 40—75% gacha yetib borishi mumkin.
Agarda zararlangan baliqlar o‘lmay qolsa, kasallik uzoq davom etuvchi surunkali oqimga o‘tib oladi. Baliqlar oriqlanadi, hol- sizlangan harakat qiladi, jabrasi oqaradi (anemiya). Suv betiga ko‘proq suzib yuradi, ishtahasi pasayadi. Ikki va uch yoshli zog‘orabaliqlarda kasallik surunkali kechib, oriqlanish bilan xa- rakterlanadi. Lichinkalar teri tangachalaridagi kissachalarga kirib qolsa, tanada tugunchalar, shishlar, qizargan joylar paydo bo‘lib, tangachalarning to‘kilishi, xiralashuvi kuzatiladi. Parazitlar teri va qon tomirlarni jarohatlaydi. Ular parazitlik qilayotgan joylarda qonli dog‘lar hosil bo‘ladi. Òangachalarning pigmenti o‘zgaradi, mozaik (aralash-quralash) chiziqlar paydo bo‘ladi. Baliqlarning tashqi ko‘rinishi o‘zgarib, tovarlik qiymati yo‘qoladi. Zararlan- gan baliqlarning tana og‘irligi bir xil sharoitda o‘stirilayotgan sog‘- lom baliqlarga nisbatan 15—25 % kamayadi.

Download 9,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish