Qo‘zg‘atuvchisi. Jinsiy voyaga yetgan filometroideslar och qizil tusda bo‘lib, ayrim jinsli, urg‘ochilarning uzunligi 80—125 mm,
eni 0,8—1 mm, kutikulasi oq tusdagi so‘rg‘ichlar bilan qoplangan. Bosh tomoni konussimon shaklda, 4 ta tepachasi mavjud bo‘lib, ular orasida parazitning og‘iz teshigi joylashgan, undan og‘iz kap- sulasiga, kalta qizilo‘ngach va ichakka o‘tib tugaydi. Ichakning uchi berk holatda. Parazitning dum tomonida 4 ta jinsiy so‘rg‘ichi bor. Òana bo‘shlig‘i xaltasimon shakldagi bachadon bilan to‘lib turadi. Parazit tuxumlari ovalsimon shaklda — 0,032—0,042 mm. Òuxumdon uzunchoq-ovalsimon shaklda bo‘lib, tananing ol- dingi va orqa qismida joylashgan. Urg‘ochi nematodalar tirik li- chinka tug‘adi. Erkaklarning uzunligi 2,9—5,5 mm, eni esa 0,035— 0,046 mm. Suzgich pufagining devorida, kamroq esa buyrak va ichki yog‘da (jinsiy yog‘) parazitlik qiladi, oq tusda bo‘lib, ku- tikulasi silliq. Parazitning dum qismida kloaka joylashgan bo‘lib, undan 2 ta bir-biriga teng, uzunligi 1,17—0,25 mm keladigan
spikula chiqib turadi.
Qo‘zg‘atuvchining biologik rivojlanishi. Parazit biogelmint, oraliq xo‘jayin ishtirokida rivojlanadi, oraliq xo‘jayin vazifasini qisqichbaqa — sikloplar bajaradi. Jinsiy voyaga yetgan urg‘ochi nematodalar mushak to‘qimasida, teri tangachalari orasidagi kissachalarda joylashib olib bahorda, suv harorati 16—18 °C ga ko‘tarilganida tirik lichinka tug‘a boshlaydi va suv havzalarini zararlantiradi. Barcha lichinkalarni tug‘ib bo‘lgach, o‘ladi.
Lichinkalari bigizsimon shaklda bo‘lib, uzunligi 0,3—0,5 mm. Suv havzalarida ular 8—10 kun davomida o‘zining hayotchanligini saqlab qoladi. Lichinkalarning kelgusidagi rivojlanishi qisqich- baqa organizmida kechadi. Qisqichbaqa, sikloplar lichinkalarni iste’mol qilganlarida, ularning organizmida lichinkalar ikki marta tullab (3—4 va 7—8-kunlari), 9—10-kunlarga kelib invazion bos- qichga yetadi. Baliqlar qisqichbaqalarni iste’mol qilganlarida filometroidoz kasalligiga chalinadilar. Ichakda qisqichbaqalar hazm bo‘lib, uning ichidan chiqqan lichinkalar ichak devorini teshib qorin bo‘shlig‘iga tushadi va ichki organlarga migratsiya qi- ladi, 13—15-kunlari uchinchi marotaba tullaydi, so‘ngra suzgich pufagining devoriga kirib oladi, 18—21-kunlari to‘rtinchi maro- taba tullaydi. 35—40-kunlarda kelib yosh urg‘ochi va erkak
nematodalar shakllanadi va urg‘ochi nematodalarning otalanishi kuzatiladi. Otalangan urg‘ochi nematodalar suzgich pufagidan mushak to‘qimasiga, teri tangachalardagi kissachalarga migratsiya qilib, kelgusi yili bahorgacha shu joyda qolib jinsiy voyaga yetadi. Urg‘ochi filometroideslarning to‘liq hayotiy davri 11—12 oy,
erkaklari esa 13—14 oydan so‘ng yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |