Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik sobiq Ittifoqning o‘rta va janubiy mintaqalaridagi suv havzalarida qayd etilgan. Ayrim suv havzalarida baliqlarning zararlanish darajasi 37—48% gacha yetadi. Ayniqsa, Simlyanskiy suv omboridagi leshch turidagi baliqlar digrammoz bo‘yicha nosog‘lom hisoblanadi. Bahorda baliqlar ikra qo‘yishidan oldin qirg‘oqlarda invaziyalangan leshch turi- dagi baliqlarning to‘planib, yig‘ilib qolishi kuzatiladi. Zararla- nish ko‘proq 3—4 yoshli baliqlarda kuzatiladi, oq amur va ola peshanado‘ng baliqlar bir vaqtning o‘zida ham ligula va ham
digrammalar bilan zararlanishi mumkin. Baliqlarning zararlanishi bahor-yoz oylarida sodir bo‘ladi. Invaziyaning yuqish yo‘llari, manbayi, kasallikning klinik belgilari kasalligiga o‘xshashdir.
Òashxis patogenezi, patologoanatomik o‘zgarishlari xuddi liguloz kasalligining klinik belgilariga qarab va invaziyalangan baliqlarni parazitologik yorib ko‘rib, digrammalarni topish asosida qo‘yiladi.
Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish chora-tadbirlari
ham xuddi liguloz kasalligiga o‘xshashdir.
Botriosefaloz — bu baliqlarning gelmintoz kasalligi bo‘lib, ichaklarning zararlanishi bilan xarakterlanadi. Bothriocephalidae oilasiga mansub Bothriocephalus acheilognathi deb ataluvchi lentasimon gelmint tomonidan qo‘zg‘atiladi. Kasallikka zo- g‘orabaliq, sazan, tovonbaliq, leshch, oq amur, peshanado‘ng, plotva, ko‘kbo‘yin, so‘zanbaliq, laqqabaliq va boshqa turdagi baliqlar moyil, biroq zog‘orabaliq, sazan, oq amur baliqlarining lichinkalari ko‘proq sezuvchan bo‘lib, ularning zararlanishi ayrim paytlarda 80—100% gacha borib yetadi, natijada baliqlarning ommaviy ravishda nobud bo‘lishi kuzatiladi.
Qo‘zg‘atuvchisi Bothriocephalus acheilognathi oq tusdagi ses- toda (yoki krem tusida) uzunchoq, lentasimon shaklda, uzunligi 15—25 sm, eni 1—4 mm ga teng. Parazit boshchasi (skoleksi) yuraksimon shaklda bo‘lib, unda ikkita botriyasi (chuqurchasi) mavjud, uning yordamida parazit ichakning shilliq pardasiga yopishib turadi. Strobilasi (tanasi) bir qancha bo‘g‘inlardan iborat, bo‘g‘inlarning shakli kvadratsimon (chorburchak) bo‘lib, ularning har birida ham erkaklik va ham urg‘ochilik jinsiy sistemasi joy- lashgan. Urug‘donlar bo‘g‘inning ikki yon tomonida joylashgan. Sirrus va vagina bitta umumiy jinsiy teshik bilan bo‘g‘inning dorsal yuzasiga ochiladi. Òuxumdon ikki bo‘lmali bo‘lib, bo‘g‘inning pastki qismida joylashgan. Sariqlik tana bo‘g‘inning ikki yon tomonida joylashgan. Bachadoni egri-bugri naycha shaklida bo‘lib, bo‘g‘inning ikki yon tomonidan noto‘g‘ri almashib keladi. Parazit tuxumlari ovalsimon shaklda, bir tomonida qopqoqchasi bor, uzunligi 0,045—0,055 ml, eni 0,034—0,038 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |