Ixtiosporidioz (ixtifonoz) yoki baliqlarning «mastlik» kasalligi.
Bu ko‘p turdagi chuchuk suv va dengiz baliqlarining mikozli
infeksion kasalligi bo‘lib, ichki parenximatoz organlar, mushak va boshqa to‘qimalarning Ichthyosporidium hoferi turiga mansub zamburug‘lar bilan zararlanishi tufayli qo‘zg‘atiladi.
Kasallik ilk marotaba XIX asrning oxirida Germaniyada, sun’iy suv havzalarida o‘stirilayotgan gulmohi turidagi baliq- larda qayd etilgan. Keyinchalik bu kasallik ko‘pgina chuchuk suv va dengiz baliqlari hamda akvariumli baliqlarda tarqaldi va kuzatildi. Hozirda bu kasallik bizning baliqchilik xo‘jaliklari- mizda uchramasa-da, lekin boshqa mamlakatlardan kelib qo- lish xavfi mavjud.
Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi Ichthyosporidium hoferi zam- burug‘ining tuzilishi juda ham oddiy. U baliq organizmida para- zitlik qilayotgan davrda turli to‘qimalarda sharsimon shakldagi plazmodiylarning sista (tuganakcha) ko‘rinishida uchraydi. Plaz- modiylarning yoki zamburug‘larning tana uzunligi 6—20 mkm gacha, kattalarida diametri 200 mkm gacha.
Epizootologik ma’lumotlar. Ixtiosporidiozga ko‘pgina tur- dagi (seld, losos, treska, qalqonbaliq va akvarium) baliqlar moyil. Biroq kasallikning epizootiya va enzootiya ko‘rinishi fa- qat gulmohi turidagi baliqlarni o‘stirish va ko‘paytirish bilan shug‘ullanuvchi baliqchilik xo‘jaliklarida (ayniqsa, zamburug‘ bilan soy va rangdor gulmohi turlari intensiv ravishda zararlanadi) kuzatiladi.
Òabiiy sharoitda ixtiosporidioz surunkali oqimda kechib, yillar davom etishi mumkin. Kasallikka barcha yoshdagi ba- liqlar chalinadi, biroq bir yoshgacha bo‘lganlarida xavfli ke- chib, o‘lim bilan tugaydi. Kasallik manbayi — bu kasal baliqlar, kasallikdan o‘lgan baliqlarning jasadlari hamda zamburug‘ning sporalari bilan ifloslangan suvlar hisoblanadi.
Klinik belgilari. Kasallikning klinik belgilari turli-tuman bo‘lib, u yoki bu organ-to‘qimalarning hamda butun organizmning xususiyati va zararlanish darajasiga bog‘liq. Masalan, MNSning intensiv ravishda zararlanishi oqibatida baliqlarda harakat koor- dinatsiyasining buzilishi kabi xarakterli belgilar kuzatiladi. Kasal baliqlarda normal harakatlanish qobiliyati yo‘qoladi, ularda
ishonchsizlik kuzatiladi, holsizlanib sohillarda suzib yuradi, mast- likka o‘xshash qaltiroq harakat namoyon bo‘ladi. Kasallikning dastlabki nomi ham shundan kelib chiqqan.
Jabra apparatining zamburug‘lar bilan kuchli zararlanishi oqibatida baliqlarning tashqi ko‘rinishi sog‘lomlarnikidan farq qilmasa-da, bexosdan, birdan o‘lib, nobud bo‘lib qoladi (kislo- rod yetishmasligi natijasida). Buyrak va jigarda ko‘p miqdorda plazmodiylarning bo‘lishi esa baliqlarda ko‘r bo‘lish, tana tangachalarning quruqlashib qolishi va ajralishi hamda tana bo‘sh- liqlarida ekssudatlarning yig‘ilib qolishiga olib keladi. Suzgich pufagining zararlanishi oqibatida esa gidrostatik muvozanat buziladi, baliqlar suv havzalarining ostiga yotib qoladi. Zamburug‘larning mushaklarda va teri qatlamida parazitlik qilishi natijasida esa umu- miy kuchsizlanish kuzatilib, tananing turli qismlarida yaralar hosil bo‘ladi, ularda saprofit mikrob va zamburug‘larning rivojlanishi natijasida jarayon avj olib murakkablashadi. Kasallikning klinik ko‘rinishidan qat’i nazar baliqlar oziqa qabul qilmaydi, oriq- lanadi, ikkilamchi infeksiyalarga beriluvchan bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |