Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish. Baliqlarning yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan kompleks veterinariya- sanitariya va baliqchilik-meliorativ tadbirlar o‘tkaziladi. Kasallikni yo‘qotish va oldini olishda qo‘llanilib kelinayotgan usul — bu hovuzlarni yoz oylarida quritishdan iborat. Agarda hovuzdagi suv va tuprog‘ida yetarli miqdorda kalsiy elementi yetishmasa, sis- tematik ravishda hovuzlarga so‘ndirilmagan ohak solinadi, ba- liqlarning oziqasiga esa qo‘shimcha bo‘r (sutkalik ratsioniga 50 % gacha) qo‘shiladi. Oziqa bazasining yetishmasligi va baliqlar zich saqlanganida oziqa aralashmasiga vitaminlarga boy komponent- lar, o‘tloqzor va suv o‘tlaridan tayyorlangan ko‘k pasta (ratsionga 20 % gacha) gidrolizli achitqich (ratsionning 3—4 % gacha) kiritiladi. Seleksiya-naslchilik ishlarini yaxshilash lozim. Siste- matik ravishda kasal baliqlarni, ayniqsa, ona baliqlar to‘dasidan (galasidan) yo‘qotish zarur. Nosog‘lom xo‘jaliklarda chetlash, cheragalash o‘rnatiladi. Kuchli zararlangan baliqlarni
odamlarning iste’mol qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, uni qaynatish yo‘li bilan zararsizlantirilib hayvonlarga beriladi. Xom holatda uni hayvonlarga berishga ruxsat etilmaydi.
Suzgich pufagining yallig‘lanishi yoki aerotsistit — bu chuchuk suvdagi baliqlarning yuqumli kasalligi bo‘lib, kasallik suzgich pufagi yallig‘lanishining o‘ziga xosligi va parenximatoz organlarida chuqur patologik jarayonlarning kechishi bilan xarakterlanadi.
Bu kasallik baliqlarning ommaviy kasalligi sifatida 1962-yilda ma’lum bo‘ldi va G‘arbiy va Sharqiy Yevropa davlatlarida (Avstriya, Vengriya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Germaniya) va Rossiyada qayd etilgan. Kasallik sun’iy suv havzalarida baliq yetishtira- yotgan baliqchilik xo‘jaliklariga katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Bir yoshgacha bo‘lgan kasal baliqlarning o‘limi 39—40 % ga, ba’zan esa 90% gacha (ko‘pincha qish oylarida) yetadi. Òovarlik baliqlarning esa 50 % i nobud bo‘ladi. Bundan tashqari, kasal baliqlarning tana og‘irligi keskin pasayadi, iste’molga yaroqsizligi tufayli brak qilinadi.
Etiologiyasi. Kasallikning etiologiyasi hanuzgacha aniq emas. Bir qancha fikr-mulohaza, teoriyalar mavjud. Ayrim mualliflar- ning bildirishicha, kasallikning kelib chiqish sababi ularni to‘- yimsiz oziqalar bilan boqishi, karp turidagi baliqlar o‘stirish biotexnologiyasining buzilishi va bakterial mikrofloraning turli- tumanligidandir.
Nemis tadqiqotchilari (R.A. Bachman, W.Ahne) karp turidagi kasal baliqlarning suzgich pufagi va bosh miyasidan (o‘tkir oqimida) virusni ajratib olganliklari to‘g‘risida ma’lumot bera- dilar. Biroq tajribada tabiiy ravishda suzgich pufagining yal- lig‘lanishida kuzatiladigan manzara qayd etilmagan. Shuning uchun ham bu kasallikni virus tabiatli kasalliklar qatoriga kiritish mum- kin emas. Lekin bir vaqtning o‘zida epizootologik tajribalarda uning (VPP) yuqumli kasallik ekanligi isbotlangan. Chunki bu kasallik baliqlarni tashish, ko‘chirish jarayonida, sog‘lom baliq- larning kasallikka nosog‘lom bo‘lgan suv hovuzlarida yoki sog‘lom baliqlar kasallari bilan birgalikda saqlanganida, shuningdek, no- sog‘lom suv havzalarining suvlari orqali o‘tishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |