Vitamin H (biotin) yetishmasligida esa ishtahaning yo‘qo- lishi, o‘sishdan qolish, teri qatlamining qorayishi va zararlanishi, konvulsiya, shilliq moddasining haddan tashqari ajralishi, mu- shaklarning atrofiyasi, anemiya va ichaklarning yallig‘lanishi (ÿçâa) kuzatiladi.
Pantotenova kislotasining yetishmasligi yoki yo‘qligi oqi- batida baliqlarning o‘sishdan qolishi, jabra epiteliysining noto‘g‘ri o‘sishi, jabrasining shishib qolishi, terining zararlanishi hamda yurak muskulaturasining anemiyasi va ommaviy ravishda nobud bo‘lishi sodir bo‘ladi.
Vitamin mezoinozit (inozitol) baliqlarning o‘sishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Uning yetishmasligi oqibatida ba- liqlarning o‘sishi sekinlashadi, ishtahasi yo‘qoladi, anemiya ho- lati vujudga keladi, dum va boshqa suzgichlarning sinuvchanligi oshadi, terida yarachalar paydo bo‘ladi, oshqozonda qon quyi- lishlar, o‘lim darajasi oshadi.
Vikasolning yetishmasligida (sintetik vitamin K) qonning qotib qolishi pasayadi, qon quyilish, anemiya, baliqlarning tanasida va suzgich apparatlarida gemorragiya yuzaga keladi.
Xolin moddasining yetishmasligi oqibatida esa oziqa yomon hazm bo‘ladi, buyrak va ichaklarda qon quyilishi (ketishi), jigarda yog‘ning yig‘ilib qolishi, aminobenzoy kislotasining (vitamin
PABK) yetishmasligi oqibatida esa ishtahaning yo‘qolishi, jabrasining shishishi (oshqozoni ham), konvulsiya va tanasining oqarishi kuzatiladi.
Òashxis. Gipovitaminoz kasalliklarida aniq tashxis qo‘yish juda ham mushkul, chunki ularning klinik belgilari bir-biriga juda o‘xshash, shuning uchun ham oziqani sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha, oziqa ratsionini analiz qilish, klinik belgilar va patana- tomik o‘zgarishlar asosida tashxis qo‘yiladi.
Oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Gipovitami- nozlarning oldini olishda universal vosita — bu baliqlarning ratsioniga tirik tabiiy vitaminga boy oziqalarni kiritishdir. Ba- liqchilik tarmog‘ini intensifikatsiyalashda bunday imkoniyatlar chegaralanganligi sababli, ularning oziqasiga turli xil vitaminli qo‘shimchalar, premikslar, achitqilar, baliq moyi, ko‘k massa, hayvonlarning jigari, quruq sut va boshqalar kiritiladi. Baliqlarni sun’iy oziqlantirishda gipovitaminozlarning oldini olishda ular- ning ratsioni tarkibi, to‘yimliligi va biologik faol moddalar bilan balanslangan bo‘lishi kerak. Karp turidagi baliqlarda vitamin- larning miqdori kunlik ehtiyoji 1 kg oziqa hisobida quyidagicha (mg hisobida): vitamin A — 20—2000 IE, tiamin — 0,15 mg, riboflavin 0,2—10 mg, inozitol 200—300 mg, vitamin C — 20 mg, vitamin E — 70—100 mg.
Do'stlaringiz bilan baham: |