82
Bruyevich, P.P. Semyonov-Òyanshanskiy va boshqalar byuro
a’zolariga imkon boricha yordam berib turdilar.
Mejovdan keyingi davrdagi „Turkiston to‘plami“ jildlarining
nomi o‘zgargan. Mejov bergan „Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê ñî÷è-
íåíèé è ñòàòåé, îòíîñÿùèõñÿ äî Ñðåäíåé Àçèè è Òóðêåñòàí-
ñêîãî êðàÿ â îñîáåííîñòè, ñîñòàâëÿåìûé ïî ïîðó÷åíèþ ã.
Òóðêåñòàíñêîãî âîåííîãî ãåíåðàë-ãóáåðíàòîðྠÂ. È. Ìåæî-
âûì, ÑÏ“ deb berilgan chiqish joyi o‘rniga keyingi 175-
jildning titul varag‘ida „Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê ñòàòåé è çà-
ìåòîê èç ðóññêèõ è èíîñòðàííûõ ãàçåò. Ñáîðíèê ñîñòàâ-
ëÿåòñÿ ïî ïîðó÷åíèþ Òóðêåñòàíñêîãî ãåíåðàë-ãóáåðíàòîðà“
yozuvi bor, pastda chiqish joyi Òoshkent shahri deb ko‘rsatilgan.
Dastlabki 34 tasiga (417 — 450) „Í. Ê. Ãîðîäåíêîãî“ so‘zi va
„1907- yil“ yozilgan. 451- jilddan boshlab general-gubernator
familiyasi qo‘yilmagan, „1906- yil“ 492 jildgacha ko‘rsatiladi.
494- jildga ham shu yil yozilgan, lekin 493, 495- jildlarida negadir
„1907- yil“ yozilgan, 496- jilddan to oxirigacha chiqqan yillari
ko‘rsatilmagan. Bu jildlarning tuzuvchilari imperiya markazidan
uzoq hisoblangan O‘rta Osiyoda, rus madaniyati markazlaridan
uzoqda bo‘lsa-da, gazeta qirqimlari byurosi xizmatidan foyda-
landilar va qirqim materiallari bilan to‘plamning keyingi jildlarini
to‘ldirib bordilar. Òurkiston matbuotidan ham juda ko‘p mate-
riallar olindi. Shuning uchun ham 127 jilddan 81 tasi, ko‘proq
1907 va shunga yaqin yillarda chiqqan gazetalardan olingan
maqolalar bo‘lib, 423, 446, 452 va 467- jildlarga o‘zbek va rus
tilidagi materiallar kiritilgan.
Eng muhim materiallar jurnal maqolalari, risolalar, kitoblar
bo‘lib, 46 ta jildga kiritilgan, ulardan 5 tasi gazetadan olingan. Bu
jildlarning hammasi Mejov to‘plamlariga nisbatan ilmiy jihatdan
ancha bo‘sh ishlangan. N. V. Dmitrovskiy tuzgan „Òurkiston
to‘plami“ning taqdiri og‘ir bo‘ldi, ularning qanchaligi va
qayerdaligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Hozir Navoiy nomli
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida N. V. Dmitrovskiy tuzgan 5 ta
to‘plam saqlanmoqda, bu 1871 — 78- yillarda chiqqan „Òóðêåñ-
òàíñêèå âåäîìîñòè“ gazetasidan olingan o‘lkashunoslik maz-
munidagi maqolalarni o‘z ichiga oluvchi, hajm jihatidan kichik
bo‘lgan to‘plamdir. Ko‘chirmalar bir xil hajmdagi risolalar shaklida
jildlangan. Òo‘plamlar bosmaxona usuli
bilan ishlangan sarvaraqqa
ega: „Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê. Òîì I (äëÿ äâóõ êíèã)“ va
83
„Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê. Òîì II (äëÿ äâóõ êíèã)“ ramkasida
1872- yil ko‘rsatilgan to‘plamlarda mundarijalar yo‘q edi, keyin-
chalik ular Y. K. Betger tomonidan qo‘l bilan yozilgan.
Kutubxonada saqlanayotgan N. Dmitrovskiyning boshqa,
ko‘lami jihatidan har xil bo‘lgan, 17 jildli to‘plamiga ham
gazetalardan qirqib olingan xabarlar kiritilgan. Ular, asosan,
nashr qilingan vaqtiga muvofiq, xronologik tartibda joylashtirilgan,
ba’zi bir vaqtli matbuot nashrlarining nomlari yo‘q, ular
tasodifan qirqilib ketgan bo‘lishi ham mumkin. Lekin tuzuvchi
u ma’lumotlarni qo‘lda yozib qo‘yishni ep ko‘rmagan. Òo‘p-
lamlarning tashqi ko‘rinishi Mejov to‘plamlaridan sodda ish-
langanligi bilan ajralib turadi. Qirqib olingan materiallar qog‘ozga
yelim bilan yopishtirilmay, muqovalangan. Faqat 4 ta jild
„Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê“ sarlavhali sarvaraqqa ega. Yozuvlar
hamma jildlarning tikilgan joyida bosilgan, undan tashqari, 6 ta
jildning muqovalarida raqami ham bosilgan, birortasining
mundarijasi yo‘q. Òo‘plam Y. K.
Betger tomonidan raqamlagan,
hamma
jildlarni bezatib, maqolalarning „Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê
Í. È. Äìèòðîâñêîãî“ nomli alifbo kartotekasini tuzdi.
E. K. Betger „Íîâûå ìàòåðèàëû Òóðêåñòàíñêîãî ñáîð-
íèêà“ maqolasida „N. V. Dmitrovskiyning 17 jildli to‘plami
1840 — 1890- yillarda nashr etilgan 186 maqolani o‘z ichiga
oladi. Materiallarning 72%i V. I. Mejov to‘plamiga kirmagan,
shuning uchun ham N. V. Dmitrovskiy to‘plamlari O‘rta Osiyo
o‘lkasini har tomonlama o‘rganuvchi tadqiqotchilar uchun
qiziqarli ma’lumotlar bera oldi“, deb yozgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: