O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Mas’ul muharrir: M.M. ZUFAROVA — Y. Rajabiy nomli TTT Kolleji
   direktori;
 
Ò a q r i z c h i l a r :  M. M. ÒUROPOV — pedagogika fanlari nomzodi,
      dotsent;
      V. Ò. SOBIROVA — „Òuron“ nomidagi Òoshkent
      viloyat  Axborot  kutubxona  markazi  direktori,
      O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
©  „O‘qituvchi“  NMIU,  2007
©  „O‘qituvchi“  NMIU,  2013
UO‘K: 011/019
KBK 78.5ya 122
B 56
ISBN 978-9943-02-690-2


3
KIRISH
O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishganidan  so‘ng
jamiyat  taraqqiyotining  barcha  bo‘g‘inlarida — siyosatda,  iqti-
sodda,  shuningdek,  ma’naviyatda  va  madaniyatda  ham  tub
o‘zgarishlar yuz berdi. Mustaqillik yillarida to‘plangan tajribalar,
dunyo jamoatchiligi tomonidan o‘zbek modeli deb tan olingan
o‘zimizga xos va o‘zimizga mos bo‘lgan taraqqiyot yo‘li — kelajagi
buyuk davlatni barpo etish yo‘lidagi amalga oshirilayotgan barcha
tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimizning qalbi va
ongiga hamda shuuriga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ma’naviy qadriyatlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari
bilan  boyitib  borish,  o‘zligimizni  chuqurroq  anglash,  milliy
g‘oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini xalqimiz ongiga sing-
dirish asosiy vazifalarimizdandir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan vazifa-
larimizni izchil davom ettirish, ta’lim-tarbiya tizimini zamon
talablari asosida takomillashtirib borish davlatimiz qudrati va
mamlakatimiz  kelajagi  bo‘lgan  bilimli,  dono  va  ma’naviy
barkamol kadrlarga bog‘liq.
Bu  har  bir  kishidan  ana  shunday  ulkan  axborot  olamiga
kirib  borishda,  undan  o‘ziga  zarur  va  eng  qimmatli  axborotni
ola  bilish  ko‘nikmasini,  mahoratini,  san’atini  egallashni  talab
etmoqda.  Internet  tizimi  ham  juda  kengaydi.  Endi  kitobxon
dunyo  miqyosida  o‘zi  istagan  davlatning  kutubxonasi  fondidagi
adabiyotlar  haqida  ham,  dunyo  ma’naviyatidagi  o‘zgarishlar
haqida  ham  bemalol  o‘z  kutubxonasida  o‘tirib  ma’lumot  olish
imkoniga  ega.  Bu  esa  axborot  manbalari  bilan  axborot  iste’-
molchilari o‘rtasida qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lmoqda. Endi
iste’molchi  tobora  axborot  qidirishda,  uni  tanlashda,  undan
unumli  foydalanishda,  uni  qayta  ishlab  chiqishda  yordamga
muhtojlik  sezmoqda.  2006- yil  20- iyunda  qabul  qilingan
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I. A. Karimovning
„Respublika  aholisini  axborot-kutubxona  bilan  ta’minlash
to‘g‘risidagi qarori“da aholiga axborot-kutubxonachilik xizmati
ko‘rsatishni  yaxshilash,  axborot-resurs  markazlari  sifatida
kutubxonalarni  qayta  tashkil  etish,  buning  uchun  chora-tad-
birlar  belgilash,  ularda  o‘sib  kelayotgan  yosh  avlodning  intel-


4
lektual  salohiyatini  o‘stirishga  e’tiborni  qaratish,  aholining
olamshumul  axborotga  bo‘lgan  ehtiyojini  qondirish  uchun
shart-sharoitlar  yaratish,  zamonaviy  axborot  texnologiya-
larining  ham  imkoniyatlaridan  foydalanish  vazifasi  qo‘yildi.
2011-yil  23-fevralda  qabul  qilingan  bu  qaror  „2011—2015-
yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-
kutubxona  va  axborot-resurs  xizmatini  yanada  sifatli  tako-
millashtirishning  chora-tadbirlari  to‘g‘risida“  deb  nomlandi  va
2015-yilga  qadar  mamlakatimiz  kutubxonalari  qoshida  1815  ta
elektron  kutubxona  va  ular  uchun  400  mingdan  oshiq  elektron
shakldagi  axborot-kutubxona  resurslarini  yaratish  vazifasi
belgilab berildi. Ana shu vazifalarni amalga oshirishda bibliografiya
yordamga  keladi.  Bibliografiya  va  bibliografiyashunoslik  maxsus
predmetlardan  bo‘lib,  kutubxonachi  kadrlar  tayyorlovchi  fa-
kultetlarda,  madaniyat,  san’at  va  pedagogika  kollejlarining
kutubxonachilik  bo‘limlarida  o‘tiladi.  Bibliografiya  kursini
o‘rganish  nazariy  masalalar,  amaliy  mashg‘ulotlar,  tajriba
darslari, mustaqil ishlar yordamida olib boriladi. Kutubxonalarda
olib  boriladigan  ishlab  chiqarish  amaliyotlari  davomida  ma’ruza
matnlarida  berilayotgan  nazariy  masalalar  amaliy  mashg‘ulotlar
va mustaqil ish orqali mustahkamlanib boriladi. Òalaba o‘zini o‘zi
muntazam  tekshirib  borish,  nazorat  qilish  imkoniga  ega  bo‘ladi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma birmuncha murakkab, ammo juda
qiziqarli  bo‘lib,  kutubxona  ish  faoliyatida  foydali  bo‘lgan
bibliografik  va  axborot  jarayonlarini  o‘rganishda  sizga  yordam
beradi.  Chunki  barcha  mutaxassislikka  oid  fanlar  bu  fan  bilan
bog‘liq holda o‘rganiladi, kutubxona ish jarayonlarining barcha
sohalarida  ana  shu  fan  yordamida  olingan  bilim  zarur  bo‘ladi,
kitobxonlarga  o‘ziga  mos  axborotni  topish  va  yetkazib  berish,
o‘z vaqtida axborot berish ham  shu fan yordamida o‘rganiladi.
Bibliografiya  predmeti  o‘quvchilarni  kitobni  bilish,  uning
sirlarini  anglash,  axborot  tanlash,  uni  kitobxonga  yetkazib
berish  ilmi  bilan  qurollantiradi.
Bibliografiya  milliy  g‘oyaning  asosiy  tushuncha  va  tamo-
yillarini  targ‘ib  etishda,  Prezident  I.  A.  Karimov  asarlaridan,
ko‘rsatma  va  farmonlaridan  foydalangan  holda  o‘quvchilarga
amaliyotda  bibliografik  sharhlashni,  adabiyotlarning  turli  xil
ro‘yxatlarini  tuzishni, ko‘rsatkich  va bibliografik  qo‘llanmalarni
tuzish  metodikasini,  kerakli  ma’lumotlarni  qayerdan,  qaysi


5
yo‘l  bilan,  qaysi  vositalar  yordamida  olish  kerakligini,  kutub-
xonada  kartotekalar  tuzish,  kitobni  targ‘ib  qilish  metodikasini
o‘rgatadi.
Bibliografiya kursi 3 yil davomida o‘qitilib, 2 ta asosiy qismga
bo‘linadi:
1. Umumiy  bibliografiya.
2. Soha bibliografiyasi.
Bibliografiyaning umumiy qismida bibliografiya nazariyasi va
tashkil  qilinishi,  uning  ijtimoiy  roli,  turlari,  bibliografiyaning
obyektlari,  bibliografik  faoliyat  turlari,  uning  asosiy  jara-
yonlari,  axborot-bibliografik  resurslar,  bibliografiyalash  meto-
dikasi,  O‘rta  Osiyoda  bibliografiya  tarixi,  O‘zbekistonda  retro-
spektiv, tavsiya va ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar va
boshqa masalalar o‘rganiladi.
Ushbu o‘quv adabiyoti bibliografiya kursi bo‘yicha madani-
yat  kollejlari  o‘quvchilari  uchun,  umuman,  mazkur  kurs
bo‘yicha  tayyorlangan  birinchi  adabiyotdir.  Biz  o‘quv  qo‘llan-
mada  iloji  boricha,  mamlakatimiz  bibliografiyasi  tajribalaridan
foydalanishga,  uni  keng  va  atroflicha  yoritib  berishga,  nazariy
masalalarni  amaliy  va  tajriba  mashg‘ulotlari  bilan  mustah-
kamlashga harakat qildik.
O‘quv  qo‘llanmada  har  bir  mavzuni  izchil  ketma-ketlikda
joylashtirishga,  mavzu  nomidan  so‘ng  uning  maqsadini,  oxirida
esa  xulosalar  va  tekshirish  uchun  savol  va  topshiriqlarni  berib
bordik.
Darslikning  V  va  VI  bobini  yoritishda  pedagogika  fanlari
nomzodi,  Òoshkent  davlat  madaniyat  instituti  „Bibliografiya  va
hujjatshunoslik“  kafedrasi  dotsenti  Muso  Mamatovich  Òuropov-
ning qo‘lyozma materiallaridan foydalandik.
Bibliografiya  kursini  o‘rganish  ta’lim  jarayonida  o‘rga-
niladigan  barcha  mutaxassislik  fanlari — „Kutubxonashunoslik“,
„Hujjatlar  fondi  va  elektron  katalog“,  „Kutubxona  menej-
menti“, „Axborot-kutubxona texnologiyasi“, „Internet tizimidan
foydalanish“,  „Kutubxona  ishini  avtomatlashtirish“,  „Elektron
kutubxona“,  „Axborot-kutubxona  dizayni“  umumta’lim  fanlari,
nutq  madaniyati,  pedagogika,  psixologiya  fanlarida  o‘rganila-
digan bilimlar juda kerak bo‘ladi.
Bibliografiya  ishi  bilimli,  sabr-toqatli,  sinchkov  va  ziyrak
kishining  ishi  ekanligini  unutmang.


6
I BOB. BIBLIOGRAFIYANING JAMIYAT

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish