O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Bosma  mahsulotlarni  klassifikatsiya  qilish



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Bosma  mahsulotlarni  klassifikatsiya  qilish
Nashrlar  qurilishiga  ko‘ra  kitob,  jurnal,  gazeta,  varaqaga,
belgisiga ko‘ra matnli, notali, kartografik va izonashrga bo‘linadi.
Eng  muhim  belgisi  nashrning  davomiyligi  yoki  chiqishining
xarakteridir. Bunga ko‘ra nodavriy (bir martalik), vaqtli va davomli
nashrga bo‘linadi. Bir marta nashr etilgan asar nodavriy deyiladi,
zarur bo‘lgan holda qayta nashr etilishi mumkin, bunda, albatta,
qayta nashr etilgani haqidagi ma’lumot ko‘rsatiladi. Qayta nashrda
u  muallif  tomonidan  to‘ldirilishi,  qisqartirilishi,  tuzatilishi,
o‘zgartirishlar  kiritilishi  mumkin  va  bu,  albatta,  ko‘rsatiladi.
Bunga kitob, risola, varaqalar kiradi. Kitob — 48 sahifadan ortiq


28
bo‘lgan matnli nashr. Risola esa 48 sahifagacha bo‘lgan matnli
nashr. Varaqalar 1 sahifadan 4 sahifagacha hajmda bo‘ladi. Vaqtli
bo‘lmagan  nashr  bir  jildlik  yoki  bir  necha  jildlik  bo‘ladi.  Ko‘p
jildlik  nashr  bir  maqsadga,  bir  mavzuga  yoki  bir  yo‘nalishga,
bir xil poligrafik bezatilishga ega bo‘lgan bir necha kitobdan iborat
bo‘ladi. Vaqtli nashrlar — gazeta, jurnal, to‘plam va bulletenlar
bo‘lib, ularning xususiyati nashrdan chiqishda ma’lum bir tartibda
ketma-ketlikka egaligidir. „Periodika“ — vaqtli so‘zi grekchadan
olingan  bo‘lib,  yana  boshlangan,  qaytayotgan  degan  ma’noni
anglatadi.  Davomli  nashrlar — to‘plangan  materialning  hajmiga
ko‘ra muntazam bo‘lmagan tartib raqamiga ega bo‘ladi.  Unda
biror- bir tashkilot yoki muassasaning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga
oid ma’ruzalar, xabarlar, maqola va boshqa materiallar beriladi.
Davomli  nashrlar,  asosan,  „Ilmiy  ishlar“,  „Ishlar“,  „Ilmiy
xabarlar“,  „Xabarlar“  kabi  umumiy  nomlar  bilan  chiqariladi.
Har biri alohida tartib raqamiga ega bo‘ladi. Masalan, Madaniyat
instituti ilmiy  ishlar to‘plami  har yili nashr  etiladi va  ular soni
30 taga yetdi. Davriy nashrlar ma’lum bir davrda chiqish raqami
bilan chiqariladi. Ana shunday nashrlardan biri — „Qizil kitob“
yo‘qolib borayotgan yoki yo‘qolish xavfida bo‘lgan noyob o‘simlik
va hayvon turlarini qayd etib boruvchi va ular haqida ma’lumot
beruvchi ma’lumotnoma xarakteridagi davlat hujjati. Unda avval
o‘simlik yoki hayvon haqida ma’lumot beriladi, yo‘qolib borishiga
sabab  va  omillar  haqida,  yo‘qolishining  oldini  olish  uchun
tavsiyalar  beriladi.
1948- yil  tashkil  topgan  Òabiat  va  tabiiy  resurslarni  mu-
hofaza qilish Xalqaro ittifoqi kamyob va yo‘qolib ketish xavfida
bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarining ro‘yxatini tuzish g‘oyasini
bajarishga  kirishdi.  Òurlarni  saqlab  qolish  bo‘yicha  maxsus
komissiya  tuzilib,  1966- yildan  tabiatni  muhofaza  qilish  tashki-
lotlari bilan hamkorlikda Xalqaro qizil kitobning dunyo va alohida
mintaqalar  florasiga  bag‘ishlangan  nashrlari  bosila  boshlandi.
O‘zbekistonning noyob o‘simlik va hayvonlari to‘g‘risidagi dast-
labki  ma’lumotlar  1974-  yil  ta’sis  etilgan  qizil  kitobda  berila
boshlandi. O‘zbekistonning „Qizil kitob“i 1978- yili ta’sis etildi.
Birinchi marta  O‘zbekiston  „Qizil  kitob“ining  faunaga  bag‘ish-
langan  qismi  1983-yil  nashrdan  chiqdi.  Unga  umurtqali
hayvonlar — baliqlar,  sudralib  yuruvchilar,  qushlar,  sut
emizuvchilarning 63 ta turi kiritilgan. 1984- yili ilk marta o‘simliklar
olamining  kamyob,  yo‘qolib  ketayotgan  163  turi  haqida


29
mukammal ma’lumotlar berildi. Kitobga kiritiladigan o‘simlik va
hayvon  turlari  Òabiatni  muhofaza  qilish  xalqaro  ittifoqi  taklif
etgan tasnifga ko‘ra 4 ta guruhga ajratiladi:
1. Yo‘qolgan yoki yo‘qolish arafasida turgan jiddiy muhofaza
talab  etuvchi  turlar;
2. Yo‘qolib  borayotgan  areali  va  kun  sayin  soni  kamayib
borayotgan,  maxsus  muhofazaga  muhtoj  turlar;
3. Kamyob,  bevosita  yo‘qolish  xavfi  bo‘lmasa-da,  kichik
maydonlarda kamdan-kam uchraydigan muhofazaga muhtoj turlar;
4. Muayyan  vaqt  davomida  soni  va  tarqalgan  maydonlari
tabiiy  sababga  ko‘ra  yoki  inson  ta’sirida  qisqarib  borayotganini
nazorat  qilib  turishni  talab  qiladigan  turlar.
1998- yilda O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida
turgan 301 ta turining hozirgi holatini tavsiflaydigan nashri qayta
bosmadan chiqqan. 2003- yildan keyin O‘zbekiston faunasi turlari
maqomini  baholashga  imkon  beruvchi  ma’lumotlar  to‘planib,
yangi  soni  nashrdan  chiqarildi.  So‘nggi  nashrda  sut  emizuv-
chilarning  24,  qushlarning  51,  sudralib  yuruvchilarning  16,
baliqlarning  18,  halqali  chuvalchanglarning  3,  moluskalarning
15, bo‘g‘imoyoqlilarning 62 turi va kenja turi kiritilgan. O‘zbe-
kiston  faunasi  va  florasining  ba’zi  turlari  Xalqaro  qizil  kitobga
ham  kiritilgan.  Unda  ajratilgan  alohida  sahifalarda  ularning
o‘zbekcha,  ruscha,  lotincha  ilmiy  nomlari,  ularning  sistematik
o‘rni,  qisqacha  morfologik  tavsifi,  tarqalishi,  yashash  muhiti,
tabiatdagi soni, ko‘payishi, areali va sonining o‘zgarish sabablari,
muhofaza  qilish  choralari  va  boshqalar  bayon  etilgan.  O‘simlik
yoki hayvon turini qizil kitobga kiritishni tavsiya etish huquqiga
muassasalar,  davlat  va  jamoat  tashkilotlari,  ayrim  olimlar  ega.
Agar  muhofaza  qilish  natijasida  yo‘qolib  ketish  xavfining  oldi
olingan  bo‘lsa  va  qayta  bunday  muammo  sodir  bo‘lmasa,  ular
qizil  kitobdan  chiqariladi.  Unga  kiritilgan  turlar  davlat  qonuni
bilan himoya qilinadi va uni buzgan shaxslar jinoiy javobgarlikka
tortiladi.
Nashrlarning  yana  bir  turi  ruknli  nashrlar  bo‘lib,  ular
umumiy  mazmunga,  yo‘nalishga,  kitobxonlar  guruhiga,
maqsadga ega va umumiy rukn nomi bilan chiqariladi. Ammo har
biri  alohida  muallif,  alohida  nom,  chiqish  ma’lumotlariga  ega
bo‘ladi. Masalan, „XX asr o‘zbek romani“ rukni ostida A. Qo-
diriyning  „O‘tkan  kunlar“,  „Mehrobdan  chayon“,  A.  Qah-
horning  „Sarob“,  „Qo‘shchinor  chiroqlari“,  Sh.  Rashidovning


30
„G‘oliblar“,  Cho‘lponning  „Kecha  va  kunduz“,  Oybekning
„Navoiy“  va  boshqa  romanlar  nashr  etildi.  Har  bir  nashr  o‘z
kitobxoniga, maqsadiga ega bo‘ladi, aniq masala yoki muammoni
hal  etishga  yordam  beradi,  ilmiy  tadqiqotlar  natijasi  haqida,
davrning  ijtimoiy,  siyosiy,  madaniy-ma’rifiy  hayoti,  ishlab
chiqarish masalalari, kashfiyotlar, ixtirolar, yangiliklar to‘g‘risida
axborot beradi. Maqsadiga ko‘ra nashr hajmi, xarakteri, tuzilishi,
nashrning  bezatilishi  belgilanadi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish