O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Mavzuning maqsadi — bibliografik faoliyatning natijasi sifatida
hujjatlar haqida bibliografik axborot berishning mohiyati, hujjatlar
va ularning turlari, davomli va vaqtli matbuot nashrlari, mamlaka-
timizdagi yirik nashriyotlar haqida axborot berish.
Asosiy  tushunchalar — hujjat,  axborot  iste’molchisi,  bosma
mahsulot, vaqtli matbuot nashri, davomli nashr, rasmiy nashr, ilmiy-
ommabop nashr, o‘quv nashri, ma’lumotnoma nashrlari.
Umumiy  tushuncha
Bibliografik faoliyatning natijasi — hujjatlar haqidagi ma’lu-
motlar  yig‘indisi — bibliografik  axborot  deyiladi.  Bibliogra-
fiyaning  asosiy  obyekti  hujjatdir.
Hujjatlardagi  asosiy  xususiyat  unda  berilayotgan  axborot-
ning ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligida, bu uning yaratilayotgan
tarixiy  davr,  shart-sharoit  bilan  uzviy  bog‘liqligida  ko‘rinadi.
1964- yil  „hujjat“  so‘zi  axborotning  moddiy  tashuvchisi
sifatida belgilab berildi. Hozirgi paytda „hujjat“ deganda axborot
bilan  bog‘liq,  kishilar  tomonidan  ularni  to‘plash,  foydalanish,
uzatish,  saqlash  va  hisobga  olish  bilan  bog‘liq  moddiy  obyekt
tushuniladi.  „Hujjat“  so‘zi  ahamiyatiga  ko‘ra  keng  tushuncha.
Hujjatlarda real hayot voqeliklari, faktlari va barcha ma’lumotlar
o‘z  aksini  topadi,  hujjatda  u  yaratilayotgan  davrning  ma’lum
bir  qirrasi  haqidagi  axborot  to‘planadi.
„Hujjat“  termini  qog‘oz,  kinolenta,  turli  xil  ko‘rinishdagi
tasmalar,  elektron  disklar  ko‘rinishidagi  axborot  tashuvchi
materialni  anglatadi.  Davr  o‘tishi  bilan,  taraqqiyot  natijasida
yangi-yangi  axborot  eltuvchilar  qo‘shilib  boraveradi.  Har  bir
axborot eltuvchi yoki axborot resurslari o‘ziga xos xarakterga va


27
xususiyatga  ega  va  u  axborotni  tayyorlashda  hisobga  olinadi.
Shunga  ko‘ra  belgilari,  ahamiyati,  mazmuni  va  shakliga  ko‘ra
turlanadi.
Axborot  iste’molchisi — inson.  Uning  maqsadi  mustaqil
bilim olish, o‘quv malakasini oshirish, ilmiy bilim olish va ilmiy
salohiyatini  oshirish,  ishlab  chiqarish  malakasini  oshirish  va
boshqalar.  Yuqori  darajada  axborot-kutubxona  va  bibliografik
xizmat  ko‘rsatish  uchun  kitobxonlar  ilmiy  asoslangan  holda
klassifikatsiya  qilinishi  lozim.  Klassifikatsiya  asosiga  insonning
professional  ishlab  chiqarish  faoliyati,  egallab  turgan  lavozimi,
ma’lumot  darajasi,  yoshi,  jinsi,  oilaviy  ahvoli,  o‘qish  madani-
yati  darajasi,  bibliografik  qo‘llanmalardan  foydalana  olish
qobiliyati, ruhiy va boshqa xususiyatlari olinadi. Chunki inson —
kitobxon  ham  bibliografiyaning  obyektidir.  Hujjat  va  axborot
iste’molchisi  mazmun  mohiyatiga  ko‘ra  matbuot  asari  (kitob,
nashr)  va  kitobxon  (bibliografik  axborot  iste’molchisi)  tushun-
chalaridan farqlanadi. Ilmiy axborot faoliyati faqatgina matbuot
asari  bilan  emas,  balki  barcha  ko‘rinishdagi  axborot  resurslari
(elektron  resurslar)  bilan  bog‘liq.  Bibliografiya  esa,  matbuot
asari  (kitob,  gazeta,  jurnal)  bilan  ishlaydi.  Kitob,  gazeta  va
jurnallar  tarixan  insoniyat  bilimining  manbayi,  uning  bilim-
larini aks ettiruvchi, to‘plovchi va saqlovchi vosita hamda inson
bilimini oshirish va ruhiy ta’sir vositasi bo‘lib kelgan. Kitobning
o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Ammo keyingi paytda boshqa
axborot  tashuvchi  resurslar  ham  bibliografik  faoliyat  doirasiga
singib bormoqda. Demak, kitob-kitobxon tizimi ham bibliogra-
fiyaning  obyektidir.  Bu  keyingi  paytda  hujjat-axborot  iste’mol-
chisi  tizimi  bilan  boyidi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish