O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

davlat bibliografiyasida 1- guruh nashrlarini hisobga ola boshladi.
Ammo  bu  doim  ham  keng  imkoniyat  bera  olmaydi,  shuning
uchun 2- guruh nashrlari ham hisobga olinadi. Levinning fikricha,
bibliografiyalash obyekti bo‘lib elektron nashrlar, videomahsulot-
lar, fotomateriallar kabilar ham xizmat qila oladi, demak, bosma
mahsulotlar  bilan  birga  bu  hujjatlarni  ham  hisobga  olish  zarur.
Davlat bibliografiyasi uchun nashrlarni tanlayotganda quyidagi
belgilarga asoslaniladi:
1. Hududiy  belgisiga  ko‘ra:  shu  davlat  egallagan  hududda
nashr etilgan yoki uning fuqarolari tomonidan, qayerda yashashi-


96
dan qat’i nazar, nashr etilgan asarlar; (hozir qayerda yashashidan
qat’i nazar) shu hududda tug‘ilgan va yashayotgan mualliflarning
asarlari;  boshqa  hududda  shu  mamlakat  uchun  nashr  etilgan
hujjatlar;
2. Òil belgisiga ko‘ra: qayerda nashr etilishidan qat’i nazar,
shu xalq tilida nashr etilgan hujjatlar; qayerda yashashidan qat’i
nazar,  shu  xalq  vakillari — mualliflar  yaratgan  adabiyotlar;
3.  Etnik  belgisiga  ko‘ra:  qayerda  tug‘ilgani  va  yashashidan
qat’i  nazar,  shu  xalq  vakillari  nashr  etgan  asarlar;  qayerda
tug‘ilgani  va  yashashidan  qat’i  nazar,  shu  xalqqa  mansub
mualliflar;
4. Xalqchillik belgisiga ko‘ra: qayerda nashr etilganidan qat’i
nazar,  shu  xalq  haqidagi  hujjatlar;  qaysi  xalq  vakili  yozishidan
qat’i  nazar,  xalq  haqida  yaratilgan  asarlar.
Demak,  milliy  bibliografiyaga  tanlangan,  xalqqa  mansub
mualliflar va asarlar olinadi. Davlat bibliografiyasi uchun davlat
haqidagi  emas,  balki  aynan  shu  davlat  hududida  nashr  etilgan
asarlar  olinadi,  chunki  ba’zi  xalqlar  o‘z  davlatiga  ega  emas.
Davlat  bibliografik  axboroti  boshqa  turdagi  bibliografik  faoliyat
rivojiga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Axborot  olamida  axborotlashtirish
muhim  belgi  bo‘lib  qoldi.  Bu  ilmiy-texnik  taraqqiyotning
yutuqlari  bilan  belgilanadi  va  jamiyatning  axborot  bibliografiya
tuzilmasida bibliografiyaning o‘rni va rolining yangicha tushun-
chasiga  sabab  bo‘ladi.  Bu  axborotlashgan  faoliyatga  asoslangan
dunyo  axborot  bozorida  axborot  mahsulotlarining  ko‘payishiga
olib kelmoqda. Bu esa ijtimoiy va axborotlashgan tizimda davlat
bibliografiyasining o‘rnini belgilashni talab etadi. Davlat biblio-
grafiyasi  axborot  faoliyatining  bir  qismidir.  Jamiyat  axborot
qimmatini ko‘tardi, axborot mahsulotlari esa kengayib bormoqda.
Bu,  ayniqsa,  bosma  mahsulotlardan  elektron  ko‘rinishdagi
mahsulotlarga o‘tib borishda ko‘rinadi. Axborotlashuvning asosiy
vositasi  kompyuter  texnikasi  va  aloqa  vositalaridir.  Buning
natijasida  davlat  bibliografiyasi  ham  kompyuterlashib,  axborot
sanoatining  bir  qismiga  aylandi.  Uning  qay  darajada  ekanligi
mamlakatda  axborotlashuvning  qay  darajada  tashkil  etilganiga
bog‘liq.  Bunda  davlat  bibliografiyasiga  davlatning  qo‘llab-
quvvatlashi zarur ekanligini nazarda tutish lozim. Butun dunyo
va davlatlar o‘rtasida davlat bibliografiyasining rivojlanishi uzviy
bog‘liqlikda amalga oshadi. Bu Universal bibliografik hisobga olish
dasturida va „Yevropa iqtisodiy hamkorligini“ tashkil etishda ham


97
nazarda  tutilgan.  Òurli  mamlakatlar  davlat  bibliografiyasining
avtomatlashgan  tizimini  dasturiy  ta’minlash  nashriyotlarga  va
kitob  savdosi  tashkilotlariga  topshirilgan.  Bu  bibliografiya,
nashriyot va kitob savdosi ishining birikib ketishiga olib keladi.
Xalqaro miqyosda olib borilsa, dunyo axborot bozoriga chiqishni
osonlashtiradi.
Davlat bibliografiyasi tizimida iste’molchilar quyidagi imkoni-
yatlarga ega bo‘ladi:
1. Davlat bibliografiyasi taraqqiyotini aniqlashda iste’molchilar
talablari  asosiy  omil  bo‘ladi.
2. Iste’molchilar  qarorlarni  hal  etishda  ishtirok  etadilar.
3. Davlat bibliografiyasi markazi muntazam iste’molchilarning
axborotga bo‘lgan talablarini o‘rganadi va undan tijorat xizmatini
tashkil etishda foydalanadi.
4. Kutubxonalar davlat bibliografiyasi mahsulotlarining asosiy
iste’molchilari bo‘lib qolaveradi, buning uchun axborot olamidagi
yangi  axborot  manbalaridan,  tijorat  ma’lumotlari  bankidan,
ma’lumotlar bazasidan, axborot tarmoqlaridan foydalanish kerak.
Davlat bibliografiyasi markazi davlat bibliografik axborotining
to‘g‘riligi va to‘laligi uchun javob beradi. Uning standart sifatida
tasdiqlanishiga erishadi. Davlat bibliografik axborotni ilmiy tadqiqot
ishlarini  o‘tkazish  va  uslubiy  hujjatlarni  tayyorlash  yo‘li  bilan
unifikatsiya qilishni ta’minlaydi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish